Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va muammolari



Yüklə 94,89 Kb.
səhifə7/10
tarix04.06.2023
ölçüsü94,89 Kb.
#124775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tim kurs ishi

1.2. Sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va muammolari.
Jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badantarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil shaklda: ommaviy, to‘garak va individual shakllarda tashkil qilinadi. Ommaviy shakllar: ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf va maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari va hokazolar. To‘garak shakllari: maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bo‘lishi lozim. To‘garakda qat’iy intizom bo‘lishi: to‘garak a’zolari mashg‘ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to‘garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to‘garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak. Sinfdan tashqari individual shakllar: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat. Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, o‘simliklar o‘stirish, gullar, sabzavotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga yordam beradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar guruh yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishadi. Maktabdan tashqari ishlar. Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ixtiyoriy ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi. Maktabdan tashqari ishlarda bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning 1 - 4- sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan. Maktabdan tashqari ishlarda o‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishlarni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga jalb qiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi maktabda tarbiyaviy ishning umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. 2. O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarini o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish. 3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish. 4. Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish. 5. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligining uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular, ko‘pincha, o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. 3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash. 4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud: Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishlari kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilarga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak: 1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi; 2. Estetik ta’lim; 3. Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga qatnashish; 4. Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar; 5. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi bo‘yicha; 6. Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha; 7. Texnik ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha; 8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar; 9. Iqtisodiy ta’lim. O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhim, albatta. Bu esa, ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim o‘quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o‘quvchilarning o‘zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo‘llarini ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir. O‘quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o‘z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog‘liq qilib qo‘ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo‘ladi. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular, ko‘pincha, sinf rahbarining yordamini so‘rab murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo‘llab-quvvatlash bo‘lmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o‘quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘- lib qolsa, u o‘quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’- naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning birbiriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomalasiga ta’sir qilish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak. O‘quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o‘qituvchi talabiga ham javob berishi lozim. O‘qituvchi talablari: 1. Darslarga to‘liq qatnashish. 2. O‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi. 3. O‘qituvchini diqqat bilan eshitish. 4. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish. 5. Tashkiliy ishlarda faol qatnashish. 6. Sinf intizomiga rioya qilish. 7. Tozalikka rioya qilish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o‘quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda o‘quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo‘ladi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faolligini yo‘qqa chiqaradi. Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o‘quvchilarning xatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo‘yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda. Maktab o‘quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilishi kerakki, u o‘quvchilarni charchatib qo‘ymasin, doim bir xil tusda bo‘lmasin yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuchg‘ayratni sarflashni talab qilmaydigan bo‘lmasin. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiyachining eng muhim vazifasi o‘quvchilarni o‘quv vazifalarini hal etishga o‘rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to‘g‘ri tanlashdan, o‘z xatti-harakatlariga rahbarlik faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko‘nikmalarini boshqa muhim hayotiy vaziyatlarga o‘tkazishni nazarda tutish lozim. Bunda fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi to‘rtta tarkibiy qismni hisobga olish muhimdir. Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o‘qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o‘quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O‘qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo‘lgan shakllarni nazorat qilishning bir necha usullarini qo‘llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o‘quvchilarga xomaki yozuv bilan ishlash huquqi beriladi. Unda qoida ko‘rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o‘quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo‘ladi, lekin u o‘quvchining fikrlashi qanday ekanligini ko‘rsatadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘quvchilarni ayrim ko‘nikmalarga o‘rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O‘z-o‘zini tekshirish, o‘zaro tekshirish usullariga o‘rgatish o‘qituvchining o‘quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘zlari harakatni taklif etadilar va shu bilan pedagogga muayyan ma’lumot beradilar. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to‘la ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish, faollarni tarbiyalash, o‘quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy 158 an’analarni yaratish va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. O‘rta umumta’lim maktablarida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bo‘ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o‘quvchilar jamoadagi ishlarini o‘rganadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat qiladi. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Unda bolalarning yosh xususiyatlari, maktabning joylashgan shartsharoiti, ijodiy birlashmalari, ilmiy markazlar bilan o‘zaro aloqasi kabi ishlar inobatga olinadi. Ijodkor rahbar hamda ilg‘or o‘qituvchi, tarbiyachilar o‘z faoliyatlari ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asos qilib oladilar: — tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish; — ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi; — tarbiya jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko‘rsatish; — tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilar jamoasini jiðslashtiruvchi omillar bilan boyitib, tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’- minlash; — tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o‘stirish; — bola shaxsiga hurmat va talabchanlik; — bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish; — tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg‘or narsalarni amalda samarali qo‘llay bilish maktab o‘quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish prinsiðlaridan biridir. Samarali rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq etishning namunasi bo‘lgan jamoaviy va yakka rahbarlikning birga qo‘shib olib borilishi bolalar taqdiri, ularning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi. Rejalilik direktorga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi. Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o‘qituvchilar, maktab kutubxonasi, o‘quvchiyoshlar tashkiloti, o‘quvchilar uyushmasi, ota-onalar qo‘mitasi hamda to‘garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig‘ilishida muhokamadan o‘tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir. Direktor o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o‘quvchilarga nisbatan tutgan tizimida birlik 168 bo‘lishiga erishadi, maktabning oila, kattalarning mehnat jamoalari, jamoat tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishiga intiladi. Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang‘ich va o‘quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham, Shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik tamoyillarini amalga oshiradi. Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi — bu majburiy pedagogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim yillik va bir yillik tuzilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning ko‘rsatishiga binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda. Rejalashtirishda quyidagilar nazarda tutilsa, uning samarasi ancha oshadi: 1. Reja mahalliy sharoitga qarab, maktabning joylashgan o‘rni, albatta, o‘quvchilarninrg saviyasi, yoshiga qarab mumkin qadar mos tuzilishi kerak. 2. Reja muayyan maqsadga qaratilishi va real (aniq) bo‘lishi zarur. 3. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi bilan kelishilishi lozim. 4. Rejada o‘quvchilarning kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi ta’tillarida qiladigan ishlari aks etishi kerak. 5. O‘tkaziladigan tadbirlarning bajaruvchi shaxslari, muddati va bajarilishi, turi aniq ko‘rsatilishi lozim. 6. Reja maktab direktori o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib, direktor tomonidan tasdiqlanishi shart. Rejalashtirishda sinf rahbarining pedagogik tayyorgarligi, tajriba va shaxsiy xususiyatlari juda katta ahamiyat kasb etadi. Sinfga tavsifnoma berish: Sinfda ... o‘quvchi bo‘lib, ...tasi qizlar va ...tasi o‘g‘il bolalar. Shulardan ...tasi „Bolalar va o‘smirlar“ uyushmasi a’zosi. O‘quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reyting tizimiga ko‘ra a’lochi va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar soni ... . Sinf o‘quvchilari darslarda ongli intizomga erishgan va sinfdan tashqari ishlarning ko‘pgina masalalarini mustaqil hal etadilar. O‘quvchilar faol, mehnatsevar va do‘stona jamoadir. Sinf rahbari o‘quvchilar haqidagi quyidagi ma’lumotlarni shu bo‘limga kiritishi mumkin: 1. Bola qayerda yashaydi? 2. Uning ota-onasi qayerda va kim bo‘lib ishlaydi? 3. Oila tarkibi, oilaning madaniy darajasi. 4. Oiladagi o‘zaro munosabat. 5. Oiladagi bolaga tarbiya berishning o‘ziga xosligi. 6. Bolaning uydagi kun tartibi va maishiy ahvoli. 7. Bolaning uy va jamoat ishlariga ishtirok etishi. 8. Fan to‘garaklariga qatnashishi (maktab va maktabdan tashqaridagi). 9. Bolaning maktabdan tashqaridagi do‘stlari va tanishlari. 10. O‘quvchi yozda qayerda dam oladi? 11. Bola hayotidagi eng muhim voqea-hodisalar. 12. Gazeta va jurnallarga obuna bo‘lganmi? 13. O‘quvchi salomatligining ahvoli (kasallik varaqasidagi ma’lumotlarga ko‘ra). Tarbiyaviy vazifalar: 1. O‘quvchilarning mehnatda va o‘zbek xalqining mustaqil davlat qurishdagi bunyodkorlik ishlarida ishtirokini ta’minlash. 2. Yoshlarni baynalmilal va boshqa xalqlarning qardoshlarcha do‘stligi ruhida tarbiyalash. 3. O‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini belgilash. 4. O‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’limdan keyingi bosqichga tayyorlash. 5. Yuksak ma’naviyat, iymon va e’tiqodli bo‘lish, istiqlol g‘oyalarini singdirish. 6. Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga erishish. 7. O‘quvchilarning ongli intizomi uchun o‘qishga va mehnatga to‘g‘ri munosabati uchun kurash olib borish. 8. O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda ularning mustaqilligi va tashabbuskorligini oshirib borish. 9. „Bolalar va o‘smirlar uyushmasi“ga kirish uchun tayyorlash.
Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosa-batlari jarayoni natijasi va jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs–katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi. Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas.Jamiyat – bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ularbir-birlarigaqarama-qarshi turishlari mumkin.Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya – doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisob-langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya – ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy ten-densiyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rga-nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika – tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad-larida, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi.Shunday qilib, tarbiya – ijtimoiy hodisa – jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir. U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko‘pincha to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi. Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik – insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘tasida yuzaga keladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir.
Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari saqlanadi. Boshlang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.O‘qituvchi va sinf rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo‘naltirib boradilar.Kichik yoshli o‘quvchilar juda faol va harakatchan bo‘ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo‘r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko‘pincha kichik yoshdagi o‘quvchilar, yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.Bolalarning o‘sishi, ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikmalarining shakllanib borishi o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o‘zgartirib boradi.O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o‘rganadilar.Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalaribilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.



Yüklə 94,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin