Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 94,89 Kb.
səhifə2/10
tarix04.06.2023
ölçüsü94,89 Kb.
#124775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tim kurs ishi

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar metodikasi ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish bilan shugʻullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni oʻqitish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan gʻalq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bogʻliq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bogʻliq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
 Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi oʻzgacha boʻladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning oʻzi yaratgan tarbiyachilik sa’natiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim toʻgʻrisidagi” Qonunning yaratilishi ta’limni tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
 Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib, har xil tarzda izohlanib kelindi.
 Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bogʻliqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini oʻrganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
 Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega boʻladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega boʻlgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini oʻzlashtiradigan, ma’lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini oʻrganadi. Shaxsga kasb-hunar oʻrgatish, kishining ma’naviy va gʻoyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya oʻquvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega boʻladi va bunda shaxs xohlagan soha boʻyicha ta’lim-tarbiya koʻrib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi boʻlishini taqozo etadi.

Yüklə 94,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin