OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI 5111700-BOSHLANG‘ICH TA’LIM YOʻNALISHI 9-12BTUS-19 GURUH TALABASI
SHUKUROVA SHABNAMNING
“TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN
“SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARLARINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASI” MAVZUSIDAGI
KURS ISHI Ilmiy rahbar: D.N.Xayrullayeva
BUXORO - 2023
REJA I. Bob. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLAR
1.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari hamda maqsad, vazifalari.
1.2. Sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va
muammolari.
II. Bob. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARLARINING ISH METODIKASI
2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosarining ish metodikasi va bu jarayonda foydalaniladigan yangi pedtexnologiyalar.
2.2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni bajarish samaradorligini oshirish usullari va bu jarayonda qo’llash mumkin bo’lgan interfaol metodlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
K I RI SH O‘zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qaytadan ko‘rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarirniz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlami oladilar. Maktab yoshlaming dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxtsaodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi. 0‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog'langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bolmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlaming kundalik ehtiyojlari, intilishlari. talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinffaoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. Yoshlarning g’oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish - vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo'lmog‘i lozim.
"Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz.
Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta'limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin", - dedi davlatimiz rahbari yig'ilish avvalida.
"Besh yillik yangi Taraqqiyot strategiyamizni e'lon qildik. Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ulkan marralarni oldik. Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar.
Umuman, respublika bo'yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o'quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.
Shu bois, bizga sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak.
Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta'limi bilan bog'liq", -dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.
Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.
Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.
Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.
– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.