Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Kurs ishi mavzusining predmeti



Yüklə 94,89 Kb.
səhifə4/10
tarix04.06.2023
ölçüsü94,89 Kb.
#124775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tim kurs ishi

Kurs ishi mavzusining predmeti boʻlajak oʻqituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yoʻllari hamda bilim, koʻnikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Kurs ishi mavzuning obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
 Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi boʻlajak oʻqituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va tadbirlarning mazmunli boʻlishini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta’sirga ega boʻlgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
 Kurs ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ta’lim muassalaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik darajasi koʻp jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bogʻliq. Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan boy boʻlishi, umumiy maqsad va oʻquvchilar imkoniyatlariga mos boʻlishi kerak.
 Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bogʻlangandir.
 Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab boʻlgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta’sir koʻrsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar tizimini toʻgʻri tashkil etib va ba’zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta’minlashdir.
 Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning oʻz vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. Oʻqish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita oʻquv jarayoni bilan bogʻlangandir.

Yüklə 94,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin