Kurs ishi mavzusiningning maqsadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar boyicha direktor o’rinbosarlarining faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi vazifalari quyidagilardan iborat:
- oʻquvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini oʻrganib, unga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish mahoratiga ega boʻlish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur boʻlgan metodlarni tanlab, koʻzlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini koʻra bilish ;
- ilgʻor tajribalarni tahlil qilish va uni oʻz faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning oʻquvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda oʻz bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim oʻrin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur boʻladi. Shuning uchun oʻqituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda mahoratlilikka, metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Har bir fanning predmeti, oʻrganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud boʻlganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, oʻrganish obyekti va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yoʻnalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.