Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik-fayllar.org
1.2. Boshlang’ich sinflarda tarbiyavish ishlarni tashkil etish Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir.
Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari saqlanadi. Boshlang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini
rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini: sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa, ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.