Tarbiyaviy soat


-mavzu: Orzular og‘ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə40/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Tarbiyaviy soat

16-mavzu: Orzular og‘ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir(14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
20-mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).(2 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
21-mavzu: Maktab va kelajak (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
22-mavzu: Kasbim – faxrim.
O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin