Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə16/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

7
.2.Avesto taqvimi.
Avesto yil hisobi - Eron va Markaziy Osiyo xalqlari qo‘llagan eng qadimgi yil hisobi, taqvim. Bu taqvim zardusht ta’limoti bilan birga vujudga kelganligi uchun zardusht taqvimi, oy nomlari va boshqa hamma atamalari "Avesto" kitobidan olinganligi uchun avesto taqvimi ham deyiladi. Eronda qo‘llangan eng qadimgi taqvim bo‘lganligi uchun hozirgi ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron taqvimi nomi ham ishlatiladi.Zardusht yil hisobi quyosh yiliga asoslangan bo‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo‘shimcha 5 kun bor. Bu 5 kun alohida oy hisoblanadi. Taqvimdagi 12 oyning nomi "Avesto"dagi ma’budalarning nomiga borib taqaladi. Oy nomlaridan tashqari oy tarkibiga kirgan kunlar (30 kun) ning ham alohida-alohida nomlari bor. "Avesto"ning milodiy VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to‘liq nomi ro‘yxati keltirilgan. Biroq ba’zi taqvim atamalari "Avesto"ning eng azaliy qismlari deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda tarkib topgan. "Gotlar"da ham uchraydi. Zardusht taqvimi qachon va qaerda tuzilganligi to‘g‘risida fanda hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Olimlarning taxmin qilishicha bu taqvim Sharqiy Eron yoki Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan. Dastlab, g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilingan (ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron yil hisobi deb atalishining sababi ham shu). Bu holat Ahmoniylar davrida zardusht dinining keng yoyilishi bilan izohlanadi Zardusht taqvimi Hindistonda hozirgi vaqtda istiqomat qilayotgan zardusht jamoalarining taqvimi bilan qiyoslab ko‘rilganda mazkur taqvim g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida miloddan avvalgi 505, 490, 484, 481, va 441 sanalarning biridan boshlangan deb hisoblash mumkin. Abu Rayhon Beruniy o‘zining "Xronologiya" asarida yuqoridagi yillarning eng oxirgisi-miloddan avvalgi 441-yilni eng to‘g‘ri sana deb oladi va zardusht taqvimi shu yildan boshlangan deb ko‘rsatadi. Zardusht taqvimi 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to‘rt yilda yana 1 kun orttirilgan. Demak, har to‘rt yilda (kabisa yilida) 12-oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo‘shilgan. Zardusht yil hisobi qadimgi eron manbalarida - Behstun va Naqshi Rustam kitobalarida hamda boshqa yozma yodgorliklar va hujjatlarda tez-tez tilga olinadi. Shunday qilib zardusht taqvimi Ahmoniylar davridan boshlab davlatning ish yuritish bo‘yicha rasmiy taqvimi bo‘lib qoladi. Shu bilan birga bu taqvim zardusht dini bayramlari, rasm-rusumlarini olib borishda diniy taqvim ham bo‘lib qolaveradi.
Zardusht oylarining nomlari:
1. Farvardinmoh,
2. Ordi - behishtmoh,
3. Xurdodmoh,
4. Tirmoh,
5. Murdodmoh,
6. Shahrivarmoh,
7. Mehrmoh,
8. Obonmoh,
9. Ozarmoh,
10. Daymoh,
11. Bahmanmoh,
12. Isfandarmazmoh.
Har bir oyda 30 kunning maxsus nomi ham bo‘lgan ular quyidagilar:
1. Xurmuz, 2. Bahman, 3. Urdubehisht. 4. Shahrivar, 5. Isfandarmaz, 6. Xurdod, 7. Murdod, 8. Dayba ozar, 9. Ozar, 10. Obon, 11. Xur, 12. Moh, 13. Tir, 14. Jo‘sh, 15. Dayba mehr, 16. Mehr, 17. Sarush, 18. Rashn, 19. Farvardin, 20, Bahrom, 21.Rom, 22. Bod, 23. Daybadin, 24. Din, 25. Ard, 26. Ashtoz, 27. Asmon, 28. Zomyoz, 29. Morasfand, 30. Aniron. O’ttiz kunga atab qo‘yilgan mazkur nomlar yilning o‘n ikki oyidagi hamma kunlarga taalluqli bo‘lgan.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin