Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari


Mayya kalendari oy kunlarining nomlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə13/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Mayya kalendari oy kunlarining nomlari:

(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
Mayyalar bir vaqtning o'zida sanalarni uzviy bog'lab, bir nechta kalendardan foydalanishgan. Ularda 260 kunli yil (uning shartli nomi solkin), 360 kunli yil («tun») va 365 kunli yil («xaab») bo'lgan. 260 kunli solkin yilida yigirma kunli haftalar bo'lgan. Shuning uchun bunday yilda oy nomlari va hafta sanalari ma'lum bir qoida asosida tugallangan oraliq davrini hosil qilib qaytarilaveradi. Bir imish kuni (13 kunli haftaning birinchi kuni, yigirma kunli oyning birinchi nomi) yerga ishlov berishning boshlanish davri sifatida bayram qilingan.
Tun yili 18 ta 20 kunli oydan iborat edi (18-20 = 360). Qadimgi Mayyalar quyoshli yil davrini shunday tasavvur qilgan bo'lishi istisnodan xoli emas. Lekin vaqt o'tishi bilan Mayyalar bunday emasligiga ishonch hosil qilsa ham «tun» vaqtini aniqlash bo'yicha, yagona qulay usul sifatida undan voz kecha olmagan. Aksincha, bu yil Mayyalarning boshlang'ich sanadan boshlab kunlar sanasi asosi, xronologik birlik asoslari boiib qolganini biz quyida ko'rishimiz mumkin. Mayyalarning kalendarlari oylari nomida yerga ishlov berishning aniq davri, shu davri mobaynida bajarilishi lozim bo’lgan u yoki bu ishlar aniq berilgan. Shunday qilib, Mayyalar kalendarida Pop - «hukmdor bo'yrasi», Vo -«qurbaqa», Sip - «gunoh» (ovda qon to'kilishi), Sos -«ko'rshapalak», Sek - «jo'xori», Shul - «tamom», Yashkin - «yangi quyosh», Mol - «hosilni yig'ish», Chen - «quduq», Yash -«yangi» (yangi ekinlarga tayyorgarlik), Sak - «oq kiyim» (ov davri), Kex - «kiyik ovi davri», Mak - «to'xtatish» (yangi maydonlarda daraxtlarni yondirish), Kankin - «Sariq quyosh», Muan - «ochiq havo», Pash - «baraban», Kayyab - «katta yomg'ir», Kumxu - «momaqaldiroq shovqini» oylari bo'lgan.
Achinarlisi shundaki, Mayyalar kalendarida yangi yilning qachon boshlanganligini bizning kalendarimiz bo'yicha aniqlash mushkul. Diego de Landa o'zining kitobida oy nomlarini ieroglif belgilar bilan tasvirlab, Yukatanni ispanlar bosib olgunga qadar Mayyalarda yangi yil 16-iyulga to'g'ri keladi deb ma'lum qiladi. Albatta, 360 kunli tun yilidan quyosh yili uzunroq. Bundan kelib chiqadiki, oy nomlari 360 kunli yilda emas, 365 kunli yilda to'g'ri ishlatilsa, tabiatdagi o'zgarishlarni to'g'ri tasvirlashi mumkin. Mayyalar, ayniqsa, shunday xaab yilidan o'zining kundalik hayotida foydalangan. Shu maqsadda ular yilning oxirida 20 kunli 18 ta oyga yana 5 kun qo'shgan. Bu kunlar «Vaayueb xaab», ya'ni «yil ruhi» yoki «Ishma kaba kin» - nomsiz kunlar deb atalgan. Bu bayram kunlarida hukmdor almashishi ro'y berardi va mayyalar diniga ko'ra osmonda ham hukumat bir yilga boshqa xudoga o'tardi.
Xaab yilining har to'rt yilida (ya'ni har 365-4=1460 kunda) oy kunlari qaytarilardi, ya'ni o'sha oyning kunlariga to'g'ri kelardi. Shuning uchun xaab yangi yili Kan, Muluk, Ish yoki Kavak, to'rt kunlarining birida boshlanardi, undan so'ng to'rt yillik davr yana boshdan qaytarilardi.
Mayyalar kalendarida yana boshqa muhim 52 yillik davriylik bo'lgan. Haqiqatda esa 365·2 = 18980 kun. Bu vaqt oralig'iga 73·260=18980kunli 73 solkin ham to'g'ri keladi. Shunday qilib, 52 yil o'tgandan so'ng xaab yillari, oyning kun va sanalari singari o'n uch kunli haftaning sanalari ham qaytariladi. Bu abadiy Mayyalar kalendarini o'ziga xos «kalendar aylanasi»dir. Bu kalendarda 13 kunli haftaning sanalari tepadan pastga qarab sanaladi, 1 dan 13 gacha bo'lgan ustunlar solkin yilining 20 kunli oyining 13 tasiga to'g'ri keladi. Avvalambor, bu yerda mayya sanalarini tasvirlash uchun uchta belgidan bir soni uchun - nuqta; besh soni uchun - tire va nol sonini tasvirlash uchun - chig'anoqdan foydalanilgan. Yevropaliklar singari, Mayyalar ham sonlarni tasvirlash uchun pozitsion sistemasidan foydalanishgan. Ammo yigirmatalik asosda va pastdan tepaga qarab yozilgan. Vaqtning katta oralig'ini hisoblash uchun, 860 kunli tun yilidan va yuqori tartib davridan foydalanilgan:
1 katun = 20 tunga = 7200 kunga
1 baktun = 20 katunga = 144000 kunga
1 piktun = 20 baktun = 2880000 kunga.
«Baktun», «Piktun» nomlari (keyingi kalabtun, kinchiltun va aluatun birliklari singari) Mayya madaniyati tadqiqotchilari tomonidan shartli ravishda berilgan.
Mayyalar tomonidan ustun va bino devorlarida qilingan yozuvlar, odatga ko'ra, sanani yozish bilan boshlanadi. Y.V. Knozorovning fikricha, bu sanalar quyidagi tarkibda bo'lgan:
1) ma'nosi hozirgi vaqtgacha noma'lum qolgan kirish bloki;
2) kirish blokining o'rtasiga yozib kiritilgan («oy himoyachisi» deb nomlanuvchi) blok;
3) Boshlang'ich sanadan o'tgan 360 kunii yil (tun) va kunlar soni;
4) 260 kunli davr sanasi: 13 kunligining soni va 20 kunligining kun nomi;
5) 9 kunligining kun nomi va «to'qqiz kunli» blok;
6) 365 kunli yilning sanasi: 20 kunli oyning 18 tasidan birining yoki qo'shimcha besh kunning nomi va soni.
Namuna sifatida Yashchilandagi eshik tepasidagi yozuvni ko'rib chiqamiz. Kirish bloki va «Yash oyining himoyachisi»dan so'ng sana keladi, uni yozish vaqtida yuqori tartib davri kunlarining sanog'i uchun nuqta bilan ajratish qabul qilingan: 9.0.12.2.4.2. kan - to'qqiz kunligining 2 kuni, 2 yash - 27 kundan iborat bo'lgan 3 - oy oyining 27-sanasi. Bu boshlang'ich 0.0.0.0.0. sanadan 9 baktun 19 tun 2 vinal va 4 kun yoki 9·144,000 + 0·7200 + 19·360 + 2·20 + 4 = 1302884 kun o'tdi degani. Mayyalarning boshlang'ich sanasi sifatida quyidagilar qabul qilingan: 260 kunli davr bo'yicha - 4 Axav; to'qqiz kunli bo'yicha - 1,365 kun yil bo'yicha - 8 kumxu. Shunday qilib, boshlang'ich sana bizning eramizgacha bo'lgan 3113-yilga mos keluvchi 0.0.0.0.0. 4 Axav 8 kumxu tariqasida yoziladi.
52 yillik davrning boshlang'ich sanasi to'g'ri yozilganligini tekshirib ko'ramiz. Buning uchun avvalambor topilgan kun sonini 260 ga bo'lamiz: 1302884:260 = 5011, qoldiq 24; jadvaldagi 10 ustundan ko'rinib turganidek, 4 Axaudan 24 kun o'tgach 2 Kan keladi. 1302884 sonini 365 ga bo'lib, 3569 ni chiqaramiz va 9·20=19=199 qoldig'i to'liq 9 oy va yana 19 kun bo'ladi. Kumxu oyining to'liq bo'linishi uchun bu qoldiqqa 12 kunni qo'shish kerak, kelgusida Vaayib besh kunligiga 5 kunni; shunday qilib, yilning keyingi oylariga to'liq 9 oy va 2 kun qoldi. Agar chiqarilgan 1302884 kunlar sonini 9 ga bo'lib va qoldig'ini 1 bilan qo'shsak, 9 kunligining kuniga hosil qilamiz. Oyli sanani esa aniqlashning iloji yo'q, chunki har bir Mayyalar shahrining o'z maxsus kalendari mavjud edi. Jumladan, 1302884 sonini 365,25 ga bo'lganimizdan so'ng 3567 sonini hosil qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida ko'rib chiqilgan yozuv bizning eramizning 3567-3112=455-yilida qilingan. Steladagi eng erta yozuvlardan bizga ma'lum bo'lgan sana bizning eramizning 292-yiIi deb yoziladi.
Mayyalar kalendari aniq ekanligi haqidagi masala yuzasidan Y.V. Knorozov shunday deydi: «Quyosh yilining haqiqiy uzunligi to'rtdan bir sutkaga yaqinroq ekanligini Mayya astranomlari bilishgan (shunga ko'ra zamonaviy Grigoriy kalendarida har to'rt yilda ortiqcha 1 kun qo'shiladi). Ammo kalendarda qo'shimcha kunlar nazarda tutilmagan. 365 kunli yil tuzatishlarsiz quyosh yili olib o'tishi va davrga qarab asta surilishi kerak edi. Shunday qilib, Mayyalar sanasiga ko'ra necha kun o'tgani aniq, ammo necha quyoshli yil o'tgani noaniq». Agar shunday bo'lsa, unda har 40 yilda yangi yil boshi 10 kun orqaga surilgan, 400 yil davomida esa aniq astronomik vaqtga nisbatan (masalan, bahorgi tengkunlikka) 97 kunga surilgan. Shu masala bo'yicha Amerika astronomi Robert Nyuton «Klavdiy Ptolemey jinoyati» asarida (- M.: «Nauka». 1985. 94 b) shunday yozadi: «Meni bilishimcha, yilning davomiyligini birinchi bo'lib islom davlatlari astronomlari aniq topishgan. Xuddi shu vaqtning o'zida Mayya hindularida Grigoriy kalendari bilanmusobaqalasha oladigan kalendar mavjud edi. Bunday fikrning asosida ba'zi bir yozuvlar xuddi kalendar yozuvlari deb o'qilishi mumkin. Agar men to'g'ri tushungan bo'lsam, Tompson bu yozuvlar kalendarga taalluqli emasligiga ishonadi. Uning fikricha, bu yozuvlar fuqaro hayotidagi hukumatga yangi hukmdorlar kelish davri hodisalariga tegishli».
Shunday qilib, Mayyalar kalendarining aniqligi masalasi yuzasidan kitobning kirish qismida aytib o'tilganidek, Mayyalar astronomlari tropik yilning uzunligi 365,2429 sutkaga teng deb aniqlay olishdi, u haqiqiy vaqtdan atigi 0,0002 sutkaga qisqaroq va 5000 yil davomida bir sutka xatolik kelib chiqadi. Shuning uchun Mayya kalendari eng aniq kalendarlardan biri hisoblanadi. Y.V. Knorozov va D. Tompsonning so'zlaridan ko'rinib turibdiki, Mayya astronomlari tropik yilining uzunligini aniqlashda bu yerda ko'rsatilgan xatolarga yo'l qo'yganligi haqida aniq dalillar yo'q. Ammo, eng asosiysi shundaki, u yoki bu astronomik kalendarning davomiyligini bilish kamlik qiladi. Bu eng asosiysi bo’lishga qaramay, ishning faqatgina yarmi. Ishning boshqa yarmi bu bilimlarni amaliyotda qay darajada qo'llashdadir. Mayyalar kalendarining yuqori darajada aniqligi haqida xulosa qilish uchun tropik yilning kasrli qismi hisobi uchun qo'shimcha kunlarni qanday kiritganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz keraKalendar Ammo bu haqda hech qanday ma'lumotlar saqlanib qolmagan.

Mayya kalendari Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lib, ularning “Quyosh toshi” yoxud mashhur kalendari Meksika antrapologiya muzeyida saqlanmoqda. Bazaltdan qilingan bu yirik monolitning diametri 3,6 metr va og’irligi 24,5 tonnani tashkil etib, tosh markazida Quyosh xudosi tasvirlangan.
Ularning Benera sayyorasining harakati borasidagi hisoblari hozirgi zamon astranomik ma’lumotlaridan bor-yo’g’i 1 sekundga farq qilgan. Mayyalar kalendari o’zining aniqligi bilan hozirgi zamon ilm-fanni lol qoldirmoqda. Ular ham piramidalar barpo etishgan. Mayya hindulari qo‘l va oyoqlaridagi barmoqlarining soniga qarab yigirmalik hisobini o‘ylab topishgan.Diniy marosimlar ham tabiiy va astranomik sikllar bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Diniy odatlarni bajarishda 260 kundan iborat "qisqa" yildan foydalanishgan. Yil 13 oy bo'yicha 20 kun, haftalar esa bir yilda 13 kundan belgilangan. Aholi hayoti uchun mayyalar 365 kunlik ikki "uzun" kalendardan foydalanib, ular "Tup va xaab" deb atalgan. Oxirgisi 18 oydan har biri 20 va 5 sutkadan iborat bo'lgan, har to'rt yilda yangi yilning birinchi kuni oyning o'sha kuniga to'g'ri kelgan, lekin 13 kunlik haftaning har xil kunida to'g'ri keladi.
Ular raqamlarni chapdan o‘ngga qarab emas, balki vuqoridan pastga qarab yozishgan. Eng pastki raqam birlikni, pastdan ikkinchi raqam yigirmalikni, uchinchi raqam to‘rt yuzlikni bildirgan va h.Kalendar Har bir raqam bir pog’ona vuqoriga ko‘tarilishi bilan o‘zining pastdagi qo‘shnisidan yigirma baravar ortiq sonni anglatavergan. Mayyalarning oylari ham yigirma kundan iborat bo‘lgan va quyidagicha nomlangan: 1.Imish. 2.IKalendar 3.Akbal’. 5.Chikchan. 7. ManiKalendar 8.Lamat. 9.MuluKalendar 10.OKalendar 11.Chuen. 12.Eb. 13. Ben. 14.Ish. 15.Men. 16.Kib. 17.Kaban. 18.Esanab. 19.KavaKalendar 20.Axau.11

Hozirgi kundaYukatan yarim orolida, shuningdek, Beliz, Gvatemala va Gondurasda 6,1 million mayya aholisi yashab kelmoqda. Ular hozirgacha o’z urf-odat va an’analarini saqlab qolgan.
4.2.Slavyan xalqlari kalendarlari. Bizgacha slavyanlar kalendarlari haqida aniq ma'iumotlar yetib kelmagan bo'lsa-da, ular qadimdan yilni fasllarga ko'ra hisoblashgani to'g’risida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Slavyanlarda an’anaviy urf-odatlarga ko'ra tuzilgan kalendarlar asosida amalga oshirganlar. Bu bayramlar xristian dinini qabul qilinganidan so'ng ham saqlanib qoldi. Shunday bayramlardan bahorning kirib kelishi bilan «maslennitsa», «kupala» (Quyoshning yozgi tik turishi davrida) «kolyada» (Quyoshning qishki tik turishi davrida)lar nishonlangan.
XVI-XVII asrlarda yil to'rt faslga bo'lib hisoblangan. 25-martdan 24-iyungacha bahor, 25-iyundan 24-sentabrgacha yoz, 25-sentabrdan 24-dekabrgacha kuz, 25-dekabrdan 24-martgacha qish hisoblangan. Slavyanlar yillarni oylarga bo'lganlar va turli hududlarda oylarni turlicha ataganlar. Bu oy nomlari bugungi kungacha zamonaviy ukrain, belorus tillarda saqlanib qolgan. Mart - «berezozol» qayinning gullashi, «sokovik» (qayinning sok qilish vaqti) deb atalgan. Aprei - «sveten» (gullash davri) deb, may - «traven» (o'tlarning ko'm-ko'k bo'lgan davri), iyun - «cherven» (gilosning pishishi). iyul - «lipes» O'o'ka daraxtining gullashi), avgust - «serpen» (o'rim vaqti). sentabr - «veresen» (archagulning gullashi), oktabr - listopad (xazonrezgi), noyabr - «gruden» (yerning muzlashi), dekabr - «studen» (ayoz, sovuq), yanvar - «prosinez» (qishning bulutli kunlaridan so'nggi tiniq osmon), fevral - «lyutiy» (qahraton, sovuq), snejen - (qalin qor) deb nomlangan.
Slavyanlarda kalendar yilini astronomik yilga to'g'rilash maqsadida o'n uchinchi qo'shimcha oydan ham foydalanilgan. Qo'shimcha o'n uchinchi oyni o'n to'qqiz yillik yillik siklga ko'ra hisoblaganlar. Ba'zi vaqtlarda o'n uchinchi oyni hisoblashda chalkashliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun xalq o'n uch soni (hozirgi kungacha)dan bezib qolgan.
X asr oxirlarida Rusga xristian dini bilan birga Yulian kalendari ham kirib keldi. Shuningdek, Rusda birinchi marta Rim kalendari oy nomlari va yetti kunlik haftadan ham foydalanila boshlandi. Rusga xristianlikning kirib kelishi natijasida Qadimgi Rus erasi tushunchasi ham ishlatila boshlandi. Ular Vizantiya variantidagi «dunyoning paydo bo'lishi» erasiniqabul qildi. Bu davrda xristianlarda uchta asosiy era keng tarqalgan edi. Bular Aleksandriya erasi (er.avv. 5443-uil 29-avgustdan boshlangan), Antiox erasi (er.avv. 5969-yil 1-sentabrdan). Vizantiya era (er.av. 5509-yil l-sentabrdan)laridir. Vizantiya erasi greklar tomonidan VII asrda qabul qilingan edi.
X asr oxirlariga kelib, Qadimgi Rusda Vizantiya uslubidagi Yulian kalendari tarqalgan bo’lsa-da, mahalliy an'analar ham saqlanib qoldi. (ma-salan, ukrain, belorus va polyak tillarida bugungi kungacha xristianlikkacha qo'llanilgan oy nomlari saqlanib qolgan). Yulian kalendarining Rim uslubida yilning boshi birinchi yanvardan, Vizantiyada esa birinchi sentabrdan boshlangan. Yangi Rus kalendarida esa xristianlikdan oldin qabul qilingan 1-mart yilning boshi sifatida saqlanib qoldi. Qadimgi Rus yilini Vizantiya yili bilan taqqoslasak, u Vizantiya yilidan olti oy o'tib ketishi yo olti oy qolib ketishi mumkin edi. Agar Rus yili Vizantiya (sentabr) yilidan keyin boshlansa, orqada qolib ketardi. Bu Rus yil hisobi tarixchilar orasida «mart yili» yoki «mart uslubi» nomini oldi. Qadimgi Rus yili Vizantiya yilidan olti oy oldin boshlansa, oldinga o'tib ketardi. Bunday Qadimgi Rus yil hisobi «ultramart yili» yoki «ultramart uslubi» nomini oldi. Mazkur «mart» va «ultramart» yillari shartli ravishda qabul qilingan bo'lib, tarixiy manba va hujjatlarda bunday nom uchramaydi.
Solnomalardan X-XII asr boshlarida mart uslubi ko'proq uchrashini kuzatish mumkin. XII—XIII asrlarda ikki uslub ham mavjud bo'lgan. XIV asrga kelib, mart va sentabr uslublari hukmronlik qilgan. XIV asr oxirlaridan-XVII asrgacha to'liq sentabr uslubiga o'tiladi. Mart uslubi, mart yili yanvar yilidan ikki oy keyin boshlangan. Agar mart yilining dastlabki o'n oyi (martdan dekabrgacha) Dionisiy erasining qaysidir yiliga mos kelsa. u holda o'sha yildagi yanvar va fevral (Qadimgi Rus yilining ikki oyi) Dionisiy erasidagi keyingi yanvar yiliga kiradi. Shunday qilib, «Dunyoning paydo bo'lishi» erasidagi mart yilini Yulian yiliga aylantirishda quyidagi formuladan foydalanamiz:
D=B-5508-a
bunda a - martdan dekabrgacha 0 ga, yanvar, fevralda 1 ga tengdir. D -Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami, V - Vizantiya erasidagi yil.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin