Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə15/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Savol va topshiriqlar

  1. Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari to'g'risida ma'lumot berib o'ting?

  2. Qadimgi Rim kalendarlari to'g'risidagi rimlik mutafakkirlar qanday fikrlar bildirgan?

  3. Qadimgi Rim kalendarlarida qaysi guruh kalendarlarining xususiyati ko'proq seziladi?

  4. Arman kalendarlari haqida ma’lumot bering?

  5. Qadimgi arman kalendari (tomar) qachon va qaysi xalqlar kalendari asosida yaratilgan?


7-mavzu: О‘rta Оsiyoda qо‘llanilgan kalendarlar
REJA:

  1. Qadimgi So`g`dliklar taqvimi.

  2. Avesto taqvimi.

  3. Xorazm Kalendari.



TAYANCH SO’ZLAR:
So`g`dliklar, So’g’diyona, Qashqadaryo, Avesto, Zardushtiylik, Abu Rayhon Beruniy, Xorazm, Qashqadaryo, otashparastlar, Quruqsoy, Zarautsoy, Siypantosh rasmlari, Navsard, Jarjin, Naysanj, Basokanj, Ashnxanda, Majnda, Farkon, Obonj, Fug, Masfug, Jamdanj, Xashvim.


7.1.Qadimgi so`g`dliklar taqvimi. Qadimgi So’g’diyona-Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzalaridagi tarixiy viloyat bo’lib dastlab Avestoda, Doro qabri yozuvlarida, qadimgi Grek, Rim, Xitoy manbalarida eslatilgan. Shuningdek Xitoy manbalarida so’g’diylar bolalarini 5 yoshdan o’qish – yozish va hisobga o’rgatganliklari, madaniyati to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
Qadimgi So’g’diyona xalqi ham uzoq o’tmishda o’zining vaqt hisobi (Kalendariga ega bo’lgan. Zardushtiylik diniga sig’ingan ajdodlarimiz di­niy ryasm-rusumlarni o’z vaqtida bajarishlari uchun vaqt hisobini bilishlari kerak edi. Bu esa So’g’diyona Kalendariga asos solininshiga xiz­mat qildi13. Kalendar arablarning yurtimizga bostirib kirishi, islom dini hukmron dinga aylanguniga qadar amal qilgan. Bu haqda buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o’zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ba’zi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Beruniy yunonlar, rimliklar, eroniylar, So’g’diylar, xorazmliklar, xristianlar, yahudiylar, musulmonlarning yil hisoblari, hayit kunlari va mashhur kunlarni batafsil tasvirlab beradi. Xorazm va So’g’d aholisining ishlatadigan oylari sonda va necha bo’lishda eronliklarning oylari kabidir. Faqat otashparastlar oylaridan ba’zilarining boshlanishi bilan eronliklar oylarining boshlanishi orasida tafovut bor. Chunki otashparastlar ortiqcha besh kunni yilning oxiriga qo’shib, yil boshini Eron farvardin mohining (qadimgi Eron oylarining nomi oltinchi kuni, ya’ni xurdod ro’zdan hisob qilganlar", deb yozadi alloma.
Bir oy 30 kundan iborat bo’lib, har bir kun ma’lum nom bilan atalgan. Uch yuz oltmish kundan ortiqcha besh kunning ham o’z nomi bo’lgan. So’g’diylar shu ortiqchya besh kunni yil oxiriga qo’shganlar. Shu o’rinda Zardusht Eron Kalendarini isloh etganligini aytib o’tish joiz. Eron va So’g’diylarda yillarning boshi Zardusht yuzaga chiqqunicha bir xil bo’lgan.
So’g‘diylarning oylarida eronliklarniki singari ko’p xayitlar va ma’lum ulug’ kunlar bo’lib, Beruniy ular haqida ham yozib qoldirgan. Masalan, Navsard oyning birinchi kuni so’g‘diylarning katta navro’zi bo’lgan. To’rtinchi oy Basokanjning o’n beshinchi kuni xamirli ovqat va meva, sabzavotlar yeyilgan. Xuddi shuningdek, boshqa oylarda ham turli xil irim-sirimlar, odatlar bajarshn'an. Oxirgi oyda so’g‘d ahli olamdan o’tganlarga aza tutib, yod etishgan.14
Shuningdek Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududiga qarashli Quruqsoy vodiysidan qizil boyoq bilan boyalgan tasvirlar tushurilgan qoyalar topilgan. Bu yerda hozirgi aholi Siypantosh deb ataydigan, tosh asrining so’ngi davriga oid nodir ibodatxona joylashgan.
Asosiy qoya va bir nechta yon qoyalarning silliq yuzasi to’q jigarrang va to’q qizil, pushti va sariq oxrada rasm chizish texnikasi asosida chizilgan xilma-xil ramziy belgilar guruhlari bilan qoplangan. Rasmlar sujeti geometrik xususiyatiga ega. Bu quyoshning xoch shaklidagi yoki o’rtasida nuqta yoki xoch bo’lgan doira shaklidagi tasviri, yoki chiziqchalar qatoridan iborat edi. Shunday qatorlarning birida 28 yoki 29 ta chiziqcha bo’lib, qamariy oy kunlari soniga muvofiq keladi.
Siypantoshdagi tasvirlari ibodatxonaning bosh qoyasidagi asosiy tasvir ”polotnosi” yoki galeriyasi markazidagi buqa yohud boshqa hayvonning yagona shaklini hisobga olmasa, shartli ramzlar san’ati rivojlanishini namoyish etadi. Bu tasvirlar o’q-yoy bilan qurollangan va it yetaklagan ovchilar jamoasining ovlash obekti bo’lgan Zarautsoy buqalari tasviriga usluban yaqin. Buqaning boshidan 28 yoki 29 qisqa chiziq tortilgan, bu qamariy Kalendar oyi hisobiga muvofiq keladi (uchta chiziq yaxshi saqlanmagan . Ma’lumki, eng arxaik mifalogik turkumlarda buqa moy ramzi bilan bog’langan. Ayni mahalda buqa – momaqaldiroq va yomg’ir mabudi. Yangi oyning tug’ilishi esa doimo yog’ingarchilik bilan kechadi. Qamariy Kalendarning 28 – 30 nuqta tarzida tasvirlanishi paleolit san’ati uchun xosdir.
Ramziy belgilar orasida dumaloq halqalar yoki ichiga xoch chizilgan doira markazidagi quyosh (shams ramzlari uchraydi. Nuqtalar bilan to’ldirilgan doira tasviri ham bor. Doira va xoch shaklidagi quyosh ramzi butun jahonda tarqalgan, barcha davrlar va sivilizatsiyasi uchun xosdir.
Siypantosh rasmlari mavzui g’oyib va samoviy ramzlar bilan to’la - to’qis bog’liq. Qamariy Kalendar tasviri ayniqsa diqqatga sazovar. Bu – vaqt o’lchovi, azaliy kosmik tartibsizlikni tartibga solish natijalari Kalendaridir. Ushbu holatda vaqt mavzui butkul anglangan va u qamariy oy kunlari soni bilan qayd etilgan. Shamsiy belgilarni, balki yillik davr hisobining boshlanishi, deb talqin qilish mumkindir.
Siypantosh bu Markaziy Osiyodagi tosh asri odamlarining koinot tarkibi va vaqt to’g’risidagi tassavurlari aks etgan eng qo’hna ibodatxonadir. Bu o’xshashliklardan kelib chiqib, ushbu nodir obida - Siypantosh ibodatxonasining yoshi 10 – 5 ming yil oralig’ida, deb taxmin qilish mumkin. Lekin undan kechroq yaratilgan bo’lishi ham ehtimol. Ibodatxona belgilari murakkab dunyoning asosiy xodisalari va hususiyatlari to’g’risida olis ajdodlarimiz tomonidan anglangan hamda qayd etilgan ramziy yozuvlar. Siypantoshdagi tasviriy syujetlar ijodkorlarining fikru xayolini ko’proq Koinot tuzilishi to’g’risidagi adabiy masalalar band etgan ko’rinadi. 15
Sug‘d yil hisobi - Markaziy Osiyoda yashagan sug‘diylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobi. So‘g‘d taqvimi qadimgi eron (avesto) va xorazmiy taqvimlariga juda yaqin bo‘lgan. Bir yil 12 oy va xar bir oy 30 kundan tashkil topgan. Ortiqcha besh kun yilning 12-oyi oxiriga qo‘shilgan. Bu besh kun alohida nom bilan aytilgan. Har yili qoldiq sifatida yig‘ilib boradigan chorak kunning to‘rt yilda to‘la bir kun bo‘lishiga e’tibor qilinmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlagan.
Sug‘d oylarining tartibi va nomlari quyidagicha:
1.Navsard.
2.Jarjin.
3.Z.Naysanj.
4.Basokanj.
5.Ashnxanda.
6.Majnda.
7.Farkon.
8.Obonj.
9.Fug‘.
10.Masfug‘.
11.Jamdanj.
12. Xashvim.
Oylar nomlarining o‘qilishi va aytilishida ayrim tafovutlar bor.
Chunki qo‘lyozma manbalarda (Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham) sug‘d oylarining nomi faqat undosh tovushlar bilan yozilgan. Undoshlar orasidagi unlilar yozilmagan. Sug‘diylar ham qadimgi eronliklar kabi oyning har bir kuniga (30 kunga) alohida-alohida nom berganlar. Sug‘d yil hisobi qachondan boshlanganligi va qaysi voqea asos qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha sug‘d taqvimi ancha qadimdan mavjud bo‘lsa-da rasmiy yil hisobi milodiy 413 yildan boshlangan. Sug‘d taqvimiga oid atamalar va yil hisobi sanalari IV-X asrlarga oid tangalar, bitiklar, maktublar va rasmiy davlat hujjatlarida tez-tez uchrab turadi. Sug‘d tili va yozuvining muomaladan qolishi bilan sug‘d taqvimi ham asta-sekin unutila boshladi.
Sug‘d taqvimi Xorazmiy taqvimiga juda yaqin bo‘lgan. sug‘d taqvimining vujudga kelishida xorazmiy taqvimi asos bo‘lgan bo‘lsa ajab emas, chunki xorazmiy tili bilan sug‘d tili ko‘p jihatdan bir-biriga yaqin turadi.Shuni ham aytib o‘tish kerakki xorazmiy oylarining nomlari ham, sug‘d oylarining nomlari ham lug‘aviy jihatdan qanday ma’no berishi noma’lum.Bu haqda Abu Rayhon Beruniy ham to‘xtalmaydi. Xorazmiy tilidagi va sug‘d tilidagi hujjatlarda ham oylarning qanday ma’no anglatishi xususida ma’lumotlar yo‘q.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin