Savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Misr kalendari va Yulian kalendari o'rtasidagi qanday o'xshashliklar va farqlar mavjud?
2. Kleostat, Meton, Kalipp va Gipparx sikllaridan qaysi guruh kalendarlarida foydalaniladi?
3. Dastlabki tuzilgan kalendarlar to'g'risida ma'lumot bering?
4. Turk va arab davriyliklari to'g'risidagi ma'lumotlar qaysi mualliflarning asarlarida uchraydi?
5. Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas'udiy» asarida qadimgi arab kalendaridagi qaysi oy nomlarini keltirib o'tgan?
5-mavzu: Qadimgi Rim va Yunon kalendarlari
Reja:
Qadimgi grek kalendarlari.
Qadimgi Rimda kalendarlar.
Yulian kalendari.
Tayanch so’zlar:
Rim kalendari, yunon kalendarlari, sezar kalendari, uy nomlari, Gekatombeon, Grek kalendari, Avgustos.
5.1 Qadimgi grek kalendarlari. Qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida Oy-quyosh kalendari tuzildi. Bu davrda liar bir polis o'z kalendarini ishlab chiqadi. Ular bir-biriga mos kelsa-da, har bir kalendarning o‘z afzallik tomonlari bor edi. Ular bir yilni har bir Yangi Oy chiqishi bilan boshlanadigan o‘n ikki oyga bo‘lib chiqdi. Kalendarni fasllarga moslashtirish uchun qo'shimcha o'n uchinchi oy ham joriy qilingan.
Gretsiyaning turli shaharlarida oylarning o‘z nomlari bo‘lsa-da, Afina kalendaridagi oy nomlari bir muncha keng tarqaldi. Ular:
1. Gekatombeon (iyul)
2. Metageytnion (avgust)
3. Boedromion (sentabr)
4. Pianepsion (oktabr)
5. Memakterion (noyabr)
6. Poseydeon (dekabr)
7. Gamelion (yanvar)
8. Antesterion (fevral)
9. Elafebolion (mart)
10. Munixion (aprel)
11. Fargelion (may)
12. Skiroforion (iyun).
Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon - iyul) boshlangan. Embolistik oylar ikkinchi poseydonga, ba'zida ikkinchi skiroforionga qo’shilgan. Embolistik yillarning tartibini oktaetarida egallagan, ya’ni har sakkiz yilning uchinchi. beshinchi, sakkizinchi yillari kabisa yili hisoblangan. Eramizdan avvalgi 432-yilda olimpiada o'yinlarining 86 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv kalendar ma’nosini beradi) o‘rnatiladi. Unda oylarning kunlari ko‘rsatib turilgan. Grek kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparx katta rol o'ynagan. Qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi birinclii ming yillikning o‘rtalarigacha voqealarni yozishda hukmron shaxslarning nomidan foydalanilgan. Afinada yil hisobi kalendar uchun ma'lum bo'lgan eponimlar- ijroiya hokimiyat (arxontlar)ning rahbarlari ismi bilan belgilangan. Eramizdan avvalgi IV asrda olimpiada asosidagi umumellin yil hisobi keng tarqaldi.
Eramizdan avvalgi 776-yildan boshlab to'rt yilda bir marta bo’lib o'tadigan sport o'yinlari xalq tantanalaridan biriga aylandi. Olimpiya o‘yinlari yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan. chunki calendar sistemasidagi xatolar tufayli olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi. Olimpiya o'yinlarining vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilgan. Olimpiya yil hisobi qadimgi greklar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldiki, ular o'z erasining boshlanishini eramizdan avvalgi 766-yil birinchi iyul qilib belgiladi, chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tgan edi. Olimpiya yil hisobi birinchi bo'lib, eramizdan avvalgi 264-yilda qadimgi grek tarixchisi Time tomonidan qo'llanildi va bu hisob yetti asrcha davom etdi. 394-yili imperator Feodosiy I Olimpiya o'yinlarini bekor qiladi. Shunday boisa-da, Olimpiya yil hisobi darhol yo‘q bo'lib ketmadi. Olimpiya yil hisobida olimpiadaning tartib raqami va to'rt yilning tartib raqamidan foydalanilgan, masalan, greklar va forslar o'rtasida bo'lib o'tgan Salamin jangi 75,1 (ya’ni 75-olimpiadaning birinchi yili) yilda bo'lib o'tgan. Grek kalendari yil hisobini zamonaviy yil hisobiga aylantirish juda qiyin, chunki turli grek shaharlarida turli xildagi yangi yil har xil vaqtda boshlangan kalepdarlardan foydalanilgan. Olimpiya erasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
A = 776 - [(D - 1) -4 + (t- 1)],
bunda: OL - olimpiadaning tartib raqami;
t — olimpiadadagi yilning tartib raqami;
A — aniqlanayotgan sana;
Agar.4 <776 bolsa, u holda 776-/4 = eramizgacha bo'lgan yil;
Agar A >—776 bo'lsa, u holda A - 775 = eramizdagi yil hisoblanadi.
Salamin jangi 75 olimpiadaning birinchi yilida bo'lib o'tgan, uni zamonaviy yil hisobiga o‘giramiz. Bunda OL = 75 va t — 1:
A = 776 - [(75 - 1) · 4 + (1 - 1)] = 480.
Demak Kalendar Salamin jangi zamonaviy yil hisobiga ko'ra er.avv. 480-yilda bo'lib o'tgan.
Varronning ma'lumotiga ko'ra Rimga olimpiada erasining 6,3-yilida asos solingan:
OL = 6 t = 3; A = 776 - [(6 - 1) • 4 + (3 - 1)] = 753.
Demak Kalendar Rim shahriga eramizdan avvalgi 753 - yilda asos solingan.
5.2 Qadimgi Rim kalendari. Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi, sanasi to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega emasmiz. Bizga ma'lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (eramizdan avvalgi VIII asrning o'rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanganlar. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bo'lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, ..., o'ninchi) bilan nomlangan. To'rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8-oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo'lgan. Yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. «Romul yili»ni astronomic vilga tenglashtirish maqsadida o'ninchi oyning oxiriga qo'shimcha kunlarni qo'shganlar. Eramizdan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to'rtta kalendar oylariga nom berildi. Yilning birinchi ovi «Martius», ikkinchi oy «aprilis», uchinchi oy «mayus», to'rtinchi oy «yunius» deb ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari ham emasdi. Eramizdan avvalgi VII asrda kalendar islohoti o'tkaziladi. Bu islohotni yarim afsonaviy shaxs Rim podshosi Numa Pompiliy boshladi. U bir yilda kunlarning sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi.
Numa Pompiliy islohoti natijasida qo'shimcha yangi ikki oy paydo bo'lib, yanuarus va februaris nomini oldi. Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy «februarius» 23 sutkadan iborat bo'ldi. «Februarius» oyiga har yili 5 kun qo'shiladigan bo'ldi. Islohotlar natijasida «Numa yili» astronomik bir oy \ il ¡dan bir sutka ortiq, tropik yildan esa 10,5 sutka qisqa edi. Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Kalendarda yil bahorgi tengkunlik davridan boshlanardi.
Rim kalendaridagi birinchi oy Martius - ilgari cborvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo'yilgan Ikkinchi oy - aprilis - lotincha «aperire» - «namoyon bo'lmoq» «ochmoq» ma’nolarini bildiradi. Bu oyda harama daraxt va o'simliklar ochilib gullay boshlagan. Uchinchi oy May us - xudo Merkuriyning onasi Yer ma'budasi Maya nomi sharafiga. To'rtinchi oy Yunius - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan.
Rim kalendaridagi birinchi oy Martius - ilgari cborvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo'yilgan. Ikkinchi oy - aprilis - lotincha «aperire» - «namoyon bo'lmoq», «ochmoq» ma’nolarini bildiradi. Bu oyda harama daraxt va o'simliklar ochilib gullay boshlagan.
Uchinchi oy May us - xudo Merkuriyning onasi Yer mabudasi Maya nomi sharafiga.
To'rtinchi oy Yunius - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan. yilga yigirma ikki sutka qo’shildi. Natijada hir yil 366,25 sutkaga teng bo'lib qoldi.
Yulian kalendari. Rim imperatori Yuliy Sezar (er.avv. 100-44) erainizdan avvalgi 46-yilda kalendar islohotini o‘tkazdi. Yuliy Sezar ungacha Misrda bo‘lganida mahalliy kalendar uni qiziqtirib qo‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda Aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr «daydi kalendari»ni tuzatib, so‘ngra uni qabul qilish vazifasi qo‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yulian kalendari (Yuliy Sezar sharafiga) nonii bilan tarixga kiradi. Yulian kalendarida vilning boshi, yilning davomiyligi va qo'shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi. Yulian kalendarida yilning birinchi oyi sifatida yanvar qabul qilindi. Eramizdan avvalgi 153-yildan boshlab Rim konsullari yanvarda o‘z xizmat vazifasini boshlardi. Yangi kalendarda eski Rim kalendaridagi ovlar nomi saqlanib qoldi. Bular: yanuaris. februaris, martius, aprilis, mayus, yunius, kvintilis, sekstilis, September, Oktober, november. desemberdir. Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan (yanuaris, martius, mayus, kvintilis, September, november), juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan (aprilis, yunius, sekstilis, Oktober, desember), fevral 29 (30) kundan qilib belgilandi. Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda o‘tgan sutkalar sonini toppish ham ancha oson edi. Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo'lib, to'rt yillik sikl joriy qilindi. To‘rt yildan uch yili 365 kun (oddiy yil), to‘rtinchi yili esa 366 kun(kabisa yili)dan iborat edi. To’rtga qoldiqsiz bo'linadigan va yuz yilning oxirgi yillari (masalan, 100. 200, 300-yiIlar) kabisa yili hisoblangan.
Qadimgi Rimda yangi sutka kechki soat 6 dan hisoblangan. Sutkalar ikki qismga: haqiqiy kechasi. haqiqiy kunduzi (har biri 12 soatdan)ga bo'lingan. Rim kalendarida kunlarni ham o‘ziga xos hisoblaganlar. Oylardagi kunlarning zamonaviy kalendarlardagidek tartib raqami bo‘lmagan. Oylar asosiy 3 «tayanch kunga» bo’lingan bo‘lib, kalendalar, nonelar, idlar deb atalgan.
Har bir oyning birinchi «tayanch kuni» kalenda (calendar) deb atalib, u lotincha «e’lon qilmoq», «bildirmoq» degan ma’nolarni bildiradi. Har oyning boshida pontifiklar xalq yig’inini e'lon qilgan. Shuningdek, bu davrda xalqqa yangi Oy ko‘ringan vaqt e’lon qilinib turilgan. Ikkinchi «tayanch kun» none. Martius, mayus, kvintilis, Oktober oylarining yettinchi kuni va qolgan bosbqa oylarning beshinchi kuni none deb atalgan. None — taxminan oyning birinchi choragi ko’ringan kundan boshlangan. lichinchi «kun» - idus martius, mayus, kvintilis, oktober oylarining o‘n
beshinchi kuni va boshqa oylarning o‘n uchinchi kuni hisoblangan. Idning boshlanishi to’linoyning kohinish davriga to‘g‘ri keladi. Kalenda, none va iddan oldingi kunlar «arafa» (Pridie) deb atalgan. Rimliklar kunlarni oldinga qarab emas, balki teskari tomondan hisoblaganlar. Masalan. 2-yanvar - bu «yanvar nonesidan oldingi to‘rtinchi kim», 13-yanvar csa «XVII Kalendas Februarias», ya'ni fevral kalendidan oldingi o’n yctlinchi kun kabi. Rimda aniq qat’iy hisoblangan eralar ancha vaqtgacha bo'lmagan. Yil hisobi konsullarga ko‘ra olib borilgan. Har yili ikkita konsul savlangan. Yil ularning ismlari bilan nomlangan. Masalan, «...konsulning yilida» kabi. Bu hisob oxirgi konsul Flavius Bazalius Yunion savlangan davrgacha (eramizning 541-yili) saqlanib qolgan. Keyinchalik «Rimga asos solinishi» erasi paydo boidi. Mazkur eraning tuzilishi Rim olimi Mark Terensiy Varron (er.avv. 116—27)ning faoliyati bilan bog’liq. U «Rimga asos solinishi»ni hisoblab chiqdi. Eramizdan avvalgi 753-yil 21-aprel mazkur eraning boshlanishi deb e'lon qilindi. «Rimga asos solinishi» erasi G‘arbiy Yevropa tarixchilari orasida keng tarqaldi va ular tomonidan XVIII asrning oxirigacha qo‘llanib kelindi.
5.3 Yulian kalendari. Rim imperatori Yuliy Sezar (er.avv. 100-44) eramizdan avvalgi 46-yilda kalendar islohotini o‘tkazdi. Yuliy Sezar ungacha Misrda bo‘lganida mahalliy kalendar uni qiziqtirib qo‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda Aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr «daydi kalendari»ni lug’atib, so‘ngra uni qabul qilish vazifasi qo‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yulian kalendari (Yuliy Sezar sharafiga) nonii bilan tarixga kiradi. Yulian kalendarida vilning boshi, yilning davomiyligi va qo'shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi. Yulian kalendarida yilning birinchi oyi sifatida yanvar qabul qilindi. Eramizdan avvalgi 153-yildan boshlab Rim konsullari yanvarda o‘z xizmat vazifasini boshlardi. Yangi kalendarda eski Rim kalendaridagi ovlar nomi saqlanib qoldi. Bular: yanuaris. februaris, martius, aprilis, mayus, yunius, kvintilis, sekstilis, September, Oktober, november. desemberdir. Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan (yanuaris, martius, mayus, kvintilis, September, november), juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan (aprilis, yunius, sekstilis, Oktober, desember), fevral 29 (30) kundan qilib belgilandi. Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda o‘tgan sutkalar sonini toppish ham ancha oson edi. Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo'lib, to'rt yillik sikl joriy qilindi. To‘rt yildan uch yili 365 kun (oddiy yil), to‘rtinchi yili esa 366 kun(kabisa yili)dan iborat edi. To’rtga qoldiqsiz bo'linadigan va yuz yilning oxirgi yillari (masalan, 100. 200, 300-yiIlar) kabisa yili hisoblangan.
Eramizdan avvalgi 44-yilda senat Yuliy Sezarning xotirasiga (vafot etgan yili) Kvintilis oyi (Yuliy Sezar shu oyda tug‘ilgan) ning nomini Yulius oyi deb o‘zgartirdi. Imperator Avgust ham kalendar islohotini o‘tkazadi. Chunki bu davrda (Sezarning vafotidan keyin) Rimdagi kalendar bo‘yicha mas’ul kohinlar kollegiyasi yilni hisoblashda xatolikka yo'l qo’yib kelmoqda edi. Ular ham to‘rtinchi yilni emas. balki uchinchi yilni kabisa yili qilib hisoblaydilar. Natijada kalendar yili tropik yildan ancha orqada qolib ketdi (Yulian kalendarining o‘zi tropik yildan 11
minut 14 sekund uzun). Rim senati tomonidan imperator Avgustning g‘alabalari va kalendarni tuzatishdagi xizmatlari uchun «sekstilus» oyiga «Augustus» nomini beradilar.9 Sekstilus oyi 30 kundan iborat edi. Rimda juft son baxtsiz raqam sanalgani va imperator nomi berilgan oy boshqalardan qisqa bo’lmasligi kerak deb hisoblab u oyga yana bir kun qo'shdilar (fevral oyidan bir kun olindi). Natijada uchta oy (yulius, augustus, September) ketma-ket 31 kundan bo‘lib qoldi. Shuning uchun yilning oxiridagi to‘rtta ttyiii o'zgartirdilar. September va november 30 (ilgari 31) kundan, Oktober, ilesember oylari 31 (ilgari 30) kundan boiadigan boldi. Bu o'zgarish Yulian kalendarining belgilangan tashqi strukturasini (toq oylar 31, juft oylar 30 kundan bo'ladi degan) o‘zgartirib yubordi. Bu davrda Rimda yetti kunlik hafta qabul qilindi. Rimga hafta lusliunchasi Sharqdan I asrda kirib kelgan bo‘lsa, faqatgina IV asrga kelibgina qabul qilindi. Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasida ham Yulian kalendaridan foydalanilgan. Yulian kalendari keyinchalik zamonaviy
kalendarni tuzishda asos boldi.
Bir yil uch yuz oltmish besh kundan iborat. Ular 12 oy: yanvar, fevral, mart, aprel, may. iyun, iyul, avgust. sentabr, oktabr, noyabr va dekabrga bo'linadi. Yanvar 31 kunni. fevral - 29, mart - 31, aprel - 30, may - 31,ivun - 30, iyul - 31, avgust - 31, sentabr - 30, oktabr - 31, noyabr - 30, dekabr - 31 kunni o'z ichiga oladi. Fevral 28 kundan iborat, biroq har to’rt yilda bir kunga ko'payadi. Bu to'rtinchi yilni kabisa yili deb ataymiz.
Kabisa yilda fevral 29 kundan tashkil topadi. Nega bir yil 365 kundan iborat? Bunga sabab Yer bir yilda Quyosh atrofini to'liq aylanib chiqadi. Bu vaqt qariyb 365 kunni o'z ichiga oladi. Biz, «qariyb» 365 kun dedik, nega endi aniq 365 kun emas? Vaholanki, Yer sayvorasi Quyosh atrofini 365 kunda (uchyuz oltmish besh kun olti
soatda aylanib chiqadi. B ir oy davomida Oy sayyorasi Yerni bir marta aylanib chiqadi. Oy aslini olganda 29— (yigirma to'qqiz va yarim) kunda Yerni aylanib chiqadi. Shu tariqa Oy aylanishi bizning taqvimlardagi oylarimizga mos kelmaydi. Oy aylanishini hisobga olmasdan, yiln i 12 qismga bo'lishgan. Qizig'i shundaki, 365 kunni ham aniq qoldiqsiz 12 qismga bo'lishning ilo ji yo'q. Butting uchun kabisa yilla ri o'ylab topilgan bo'lib, old oyni 30 кип, yana old oyni esa 31 kunga bo'lish murnkin. Maskur tardb dastlab amalda bo'lgan. Nega endi bu tardbning hozirga qadar amalda emasligining sababi - oddiv ahmoqona harakatdan iborat bir tarixiy voqea. Oylarning inglizcha nomlanishi Rim liklar nomlaridan kirib kelgan. Rim imperatori Yuliy Sezar yilning old oyini 31 kunga, yana qolgan old oyini esa 30 kunga qat’iy bo'lgan. Har ikki oy 30 kundan iborat edb belgilangan. Yuliy Sezar bitta oyni o'z nomini abadiylashtirish sharafiga qo'ygan bo'lib, и hozirgacha iyul, ya’ni Yuliy (Julius) oyi deb atab kelinadi.
Keyingi Rim imperatori Avgustos bo'lgan. U bir oyning Yuliy sharafiga atalishini aytib, yana bir oyga o'z nomini abadiylashdrishga farmon beradi. Shu tariqa iyuldan keyingi oy Avgust deb nomlana boshladi. So'ngra Rim imperatori Avgustos iyul oyi 31 kun, o'zining nomiga qo'yilgan avgust esa 30 kundan iborat ekanligini bilgach, fevral oyidan bir kunni olib, o'z oyi(avgust)ga qo'shib qo'yadi. Shundan fevral 28- 29 kundan, avgust esa 31 kundan iborat bo'lib qolgan. Kevin Avgustos sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylaridagi kunlarni ham o'zgardrdi. Rim imperatori Avgustos shu tariqa Yuliy Sezarning oson va oddiy taqvim tardbini buzgan».
776>
Dostları ilə paylaş: |