Oyning
tartib
raqami
|
Oy nomlari
|
Oydagi
kunlarning
soni
|
Grigoriy kalendari bo‘yicha qaysi
kunga to‘g‘ri kelishi
|
1
|
Chaytra
|
30 (31)
|
22 (21)-mart - 20-aprel
|
2
|
Vaisakxa
|
31
|
21-aprel - 21-may
|
3
|
Jaishtxa
|
31
|
21-may - 21-iyun
|
4
|
Asadxa
|
31
|
22-iyun - 22-iyul
|
5
|
Sravna
|
31
|
23-iyul - 22-avgust
|
6
|
Bxadra
|
30
|
23-avgust - 22-sentabr
|
7
|
Azvina
|
30
|
23-sentabr — 22-oktabr
|
8
|
Kartika
|
30
|
23-oktabr — 21-noyabr
|
9
|
Agraxayana
|
30
|
22-noyabr - 21-dekabr
|
10
|
Pauza
|
30
|
22-dekabr — 20-yanvar
|
11
|
Magxa
|
30
|
21-yanvar - 19-fevral
|
12
|
Pxalguna
|
30
|
20-fevral - 20-mart
|
Arab kalendari. Qadimgi arab kalendari klassik Oy kalendari hisoblanadi. Arabiston yarimorolida Oy taqvimiga asos solingan va takomillashtirgan paytdan qadimgi arab kalendarining tarixi boshlanadi. Bu milodimizgacha bo’lgan I ming yillikka to‘g‘ri keladi. Milodimizning I ming yilligi o'rtaiarida (V asrlar atrofida) Oy kalendaridan Oy-quyosh kalendariga o‘tish boshlanadi. Oy kalendarini Quyosh yili bilan moslashtirish uchun vaqt o’tishi bilan qo‘shimcha o‘n uchinchi oy «nasi» va ba’zan yilning oxirida besh yoki olti kundan iborat qo‘shimcha kunlar qo‘shilgan. Lekin aniq embolistik oy tizimi kiritilmagan. Arab kalendarining keyingi rivojlanishida Oy-quyosh sistemasini rasmiylashtirish islom dini paydo bo'lishi bilan to‘xtab qoldi. Arablar 200 yilga yaqin vaqt davomida Oy quyosh kalendaridan foydalandilar. Islom dinida Oy taqvimi asosini buzish taqiqlandi. VII asrning o'rtalariga kelib arablar yana o'zlarining klassik Oy kalendariga qaytdilar. Qadimgi arab kalendari deyarli o'zgarishlarsiz bizgacha saqlangan. Qadimgi arab Oy yili o‘n ikki oydan iborat bo'lgan. Bir qancha xalqlarda, ayniqsa, musulmon Sharqidagi mamlakatlarda qadimgi arab oy sistemasi hisoblashlari milliy va diniy ruh olgan. Bu tizim natijasida tuzilgan kalendarlar bir qancha Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtgacha qo‘llanilib kelmoqda. Oy kalendari uzoq vaqt O‘rta Osiyo va Kavkazda, shuningdek, tatar va boshqirdlarda keng tarqalgan. Bugungi kungacha arab kalendarida oy nomlari ikki marta o‘zgargan. Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas’udiy» asarida qadimgi arab kalendaridagi oy nomlarini keltirib o'tadi. Bular:
Al-mu’tamir.
Nojir.
Xavvon.
Suvon.
Xatnam.
Zabbo.
Al-asamm.
Odil.
Nofiq.
Vog‘il.
Nodiq.
Burak.
Bugungi kungacha ishlatilib kelinayotgan arab kalendari oy nomlari:
1. Muharram.
2. Safar.
3. Rabi ul-avval.
4. Rabi ul-soniy.
5. Jumodu-l-avval.
6. Jumodu-s-soniy.
7. Rajab.
8. Sha’bon.
9. Ramazón.
10. Shavvol.
11. Zulqa’da.
12. Zulhijja.
Oylar navbat bilan «to‘liq» (30 kun - toq son) va «todiq bo’lmagan» (29 kun - juft son) oylarga b’linadi. Yillar oddiy yil (354 kunlik) va kabisa yili (355 kunlik) joriy qilingan. Kabisa yilida qo'shimcha kun yil oxiriga, ya’ni 12 oyga «zu-l-hijja»ga qo‘shilgan. Islom dini qo'shimcha kunlarni joriy qilishni taqiqlagan. Arab kalendarida oyning o'n beshinchi kunigacha masalan, Muharramning o‘ninchi kuni, Rajabning o‘n to'rtinchi kuni, keyin esa Rajabgacha o‘n to‘rt kun, Rajabgacha besh kun tarzida hisoblanib keladi, ya'ni oyning birinchi o'n besh kuni oyning boshidan, keyingi o'n besh kuni esa uning oxiridan hisoblanadi. Beruniy qadimgi arab haftalari nomlarini ham keltirib o‘tadi:
Yakshanba - Yaum al-ahad.
Dushanba - Yaumal-isnayn.
Seshanba - Yaum as-salasa.
Chorshanba - Yaumal-rabaa.
Payshanba - Yaum al-xamis.
Juma - Yaum al-juma.
Shanba - Yaum as-sabt.
Yakshanbadan payshanbagacha bo'lgan hafta nomlari birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi kun degan ma’nolarni bildirgan.
Hijriy yil hisobi. Dunyoning qator davlatlarida hijriy yil hisobi ham qo'llaniladi. U Arabistonda yaratilgan. Bu yil hisobiga payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning milodiy 622-yilning 16-iyulida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgani, ya'ni ko'chgan vaqti asos qilib olingan. Bu sanadan hijriy birinchi yil boshlandi.
O'zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.
Xronologiya tushunchasi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning vaqtini aniqlash juda muhimdir. Bu siz tarix fanini mukammal yaratib bo'lmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga murojaat qiladilar.
Xronologiya vazifasiga ko'ra tarix faniga yordamchi fandir. Bu fan yordamida olimlar qaysi tarixiy voqea va hodisa qachon ro'y berganligini aniqlaydilar, ularning ro'yxatini tuzadilar.
Muchal yil hisobi.Muchal yil hisobi «xosiyatli» va «muqaddas» deb hisoblangan 12 ta hayvonning nomi (sichqon, sigir, yo'lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo'y, maymun, tovuq, it va to'ng'iz) bilan atalgan 12 yillik davriy yil hisobidir. Bu jarayonlar kishilar hayotida muhim o'rin tutgan. Ajdodlarimiz bu yil hisobidan o'z yoshlarini aniqlashda ham foydalanganlar. Bundan 2300 yilcha oldin qo'llanila boshlagan muchal yil hisobining asosida kishilarning tug'ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash va ularning har 12 yillik yoshini bir muchal yoshi deb hisoblash belgilangan. Siz ham muchal yoshingizni nishonlaysiz.
4.2 Mesopotamiya kalendarlari. Mesopotamiyadan topilgan yozma yodgorliklarda eramizdan avvalgi 2500-yilda shumerlar Oy-quyosh kalendarlaridan foydalanganlari to'g'risida ma’lumotlar saqlangan. Bobil Xammurapi (er.avv. 1792-1750) hukmronligi davrida nafaqat ikki daryo oraligida, balki Old Osivodagi eng yirik siyosiy, madaniy markazga aylandi. Xammurapi bir qancha islohotlar. jumladan. kalendar islohotini ham o‘tkazadi. U ikki daryo oralig'idagi turli xil kalendarlarni bekor qilib, yagona kalendarni joriy etdi. Ur shahri kalendari butun Bobilda rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo'lib, har bir yildagi toq ovlar o‘ttiz. juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n ikkita oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan:
1. Nisanu 30.
2. Ayru 29.
3. Sivanu 30.
4. Duuzu 29.
5. Abu 30.
6. Ululu 29.
7. Tashritu 30.
8. Araxsamna 29.
9. Kislivu 30.
10. Tebetu 29.
11. Shabatu 30.
12. Addaru 29.
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq edi. «Nisanu» - harakat qilmoq, qadam tashlamoq, «Ayru» - yorqin, yorug‘, «Abu» - adovat, «Tashritu» - boshlanish, «Tebetu» - loyqa, «Shabatu» - vayronagarchilik (yomg‘ir natijasida), «Addaru» - bulutli degan ma'nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi «baxtli» va «baxtsiz» kun tushunchasiga katta e’tibor berishgan. Ularda dastlab besh, so'ngra yetti kunlik haftalar bo’lgan. Besh kunlik hafta «xamushtu» deb atalgan. Bobilliklar yarim kechasini kunning boshlanishi hisoblaganlar. Shuning uchun Quyosh botgandan so‘ng yangi Oy ko'rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Musulmon va yahudiylarning ham kalendarlarida shu tamoilga amal qilingan.
Bobilda Xammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan oy- quyosh kalendariga o‘tildi. Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo'shimcha oylarni joriy qildi. Ular ikkinchi ululu oyini qo'shadi. Bobilda bu usul eramizdan avvalgi VI asrgacha qo’llanilgan. Bobilda eramizdan avvalgi VI asrga kelib Kleostat siklidan «oktaeterida»dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Eramizdan avvalgi IV asrga kelib Kleostat siklining
o'rnini Meton sikli egallaydi. Unda har 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-yillar) embolistik oy joriy qilinadi. Bobilda Oy-quyosh yili 22-mart- 20-aprel oralig'ida boshlangan. Mazkur Bobil kalendari keng tarqalgan.
Uni eramizdan avvalgi XIl asrda Ossuriya, keyinroq, Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiyaliklar qabul qilganlar. Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan. Oy jismlari harakatini kuzatish maqsadida minoralar (zikkuratlar) bunyod etildi. Eramizdan avvalgi 700-yillarda Bobilda astronomiya fanidan «Mulapin» deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar eradan foydalanilamagan. Voqealar podsholarning hukmronligi davriga qarab hisoblangani bois noqulayliklar tug‘dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (er.avv. 747-743-yillarda hukmronlik qilgan) aytishimiz mumkin. Nabonassar ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu Yulian kalendari bo'yicha er.avv. 747-yil 26-fevralga to’g‘ri keladi). Nabonassar erasi bir qator davlatlarda qo’llanilib kelingan.
Qadimgi yahudiylar kalendari ham oy hisobida yuritilgan kalendardir. Unda bir yil 354 kun bo’lib, juft oylari 29, toq kunlari 30 kundan iborat bo’lgan 12 oyga bo’lingan. Sutka kechqurun soat 6 dan boshlangan. Er.avv IV asrda Qadimgi yahudiylar oy kalendarlarini oy-quyosh kalendariga almashtirgan. Bunga ular har 19 yilda 7 marta 13-chi (30 kunlik) qo’shimcha oy kiritishgan. 13-oy qo’shilgan yil vsokostniy, ya'ni kabisa yili deb atalgan. Kabisa yillari 19 yillik siklning 3-,6-,8-,11-,14-,17-,19- chi yillari kabisa yillari hisoblangan, demak o’sha yillariga 13-chi oy qo’shilgan.
Dostları ilə paylaş: |