3.2 Quyosh kalendari. Quyosh kalendarida tropik yilrfing uzunligi asos qilib olinadi. Quyosh kalendarining uzunligi tropik yilning uzunligiga mumkin qadar yaqin bo'lishi keraKalendar Agar kalendar yili tropik yildan qisqaroq bo'lsa, biz o’lchayotgan vaqt oralig'ida ortiqcha vaqt qoladi.Masalan, kalendar yili qadimgi Misrdagidek 365 sutka deb olinsa, u tropik yildan deyarli 6 soat qisqa bo'lganligidan, 4 yildan so'ng Quyosh bilan bahorgi tengkunlik nuqtasining birlashishi 21-martga emas. balki 22-martga, yana 4-yildan so'ng 23-martga to'g'ri kelar edi. Shunday qilib, kalendar yili tropik yildan qisqa bo'lsa, yil fasllari kalendar yilining keyingi kunlariga surila boradi. Bunday surilish bir necha avlod hayoti davomida sezilarli xatoga olib kelardi, ya'ni 60 yilda fasllar 15 sutkaga, 120 yilda bir oyga kech qolgan bo'lardi, 720 yilda esa xato olti oyga yetib, martda kuz, sentabrda bahor bo'lardi.
Agar kalendar yilini 366 sutka deb olsak, u holda har 4 yilda bir sutka emas, balki uch sutka xatoga yo'l qo'yilardi va bahorgi tengkunlik nuqtasi Quyosh bilan 21-martda emas, 18-martda, yana to'rt yildan so'ng 15-martda to'g'ri kelgan bo’lar edi. Bu hisobda yil fasllari ertaroq kela boshlardi va bu surilish kech qolishdan uch marta tezroq yuz berib, bahor va kuz boshlanishining o'rin almashishi 720 yilda emas, balki 240 yildayoq namoyon bo'lar edi. Tropik yil 365 sutka 6 soat bo'lganda edi, uch yilni 365 sutka va bir yilni 366 sutka qilib olsak, xatoni butunlay bartaraf qilgan bo'lardiKalendar Ammo, tropik yil 365 sutka 6 soatdan iborat emas, balki bundan 11 minut 14 sekund qisqa. Shunga qaramay dunyoda xuddi shunday kalendar bo'lgan. Bu eramizdan avvalgi 46-yilda Yuliy Sezar buyrug'iga ko'ra qabul qilingan Yulian kalendaridir.
Yuliy Sezar Misr Quyosh kalendarini o'rganib chiqadi va Rim Oy-quyosh kalendarini yangi Quyosh kalendari bilan o'zgartiradi. Dastlabki Misr quyosh kalendari eramizdan avvalgi 3 ming yillikda yaratiladi.Misr astronomlari eng yorqin yulduz bo'lgan Siriusning geliakik ko'rinishi Nil daryosidagi toshqin vaqtiga to'g'ri kelishini aniqlagan. Bu ikki hodisa esa bahorgi tengkunlik davriga to'g'ri kelgan. Misr kalendarida bir yilning uzunligi 365 sutkaga teng bo'lgan. Bir yil esa o'n ikkita 30 kunlik oylarga va qo'shimcha yana besh kundan iborat bo'lgan. Har to'rt yilda bir sutka xatolik vujudga kelardi. Mazkur Misr kalendari bir necha asrlar davomida. ishlatib kelingan. Mazkur kalendarni isloh qilishga bir necha bor urinib ko'rishgan.
Eramizdan avvalgi 238-yilda Ptolemeylar sulolasidan bo'lgan Everget kalendar islohotini o'tkazadi. U har to'rt yilda yilning oxirgi kunidan so'ng xudolar kunini nishonlanadigan yana bir sutka qo'shishga farmon beradi.Bu hozirgi kun atamasi bilan aytadigan bo'lsak, kabisa yilidir. Lekin bu islohot amalga oshmay qoladi. Faqatgina Yuliy Sezarningtashabbusi bilangina amalga oshadi. Quyosh kalendari Misrning yerli xalqi - koptlarda yaxshi saqlanib qolgan. Koptlar Misrdan tashqari, Sudan, Iordaniya, Turkiya, Iroq, Isroil va Efiopiyada ham yashashadi.
Yulian kalendarining asoschisi Aleksandriyalik astronom Sozigendir. Mazkur kalendarda yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo'ladi. Unda har to'rt yilning 3 yili 365, to'rtinchi yili esa 366 kunga teng va u kabisa yili qilib qabul qilinadi. Lekin Yulian kalendari tropik yildan 0,0078 sutka (11 minut 23,9 sekund) uzun edi. Natijada, har 128 yilda bu xatolik bir sutkani tashkil qilardi. XVI asrga kelib Yulian kalendari bo'yicha bahorgi teng kunlik 21-martga emas, balka 11-martga to'g'ri kelib qoldi. Yulian kalendaridagi xatoliklarni ko'pgina olimlar, jumladan, Mirzo Ulug'bek ham ta'kidlagan7.
Yulian kalendaridagi xatolikni tuzatish maqsadida 1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII boshchiligida kalendar islohoti o'tkaziladi. Natijada. yangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan Grigoriy kalendari tuziladi. Grigoriy kalendarining uzunligi 365,242500 sutkaga tengdir. Grigoriy kalendari tropik yildan 0,000304 sutkaga farq qiladi. Bu 3300 yilda bir sutkani tashkil qiladi.Tarixda Grigoriy kalendaridan ham aniqroq kalendarlar mavjud bo'lgan. Shunday kalendarlardan biri 1079-yilda shoir va astronom olim Umar Xayyom tomonidan tuzilgan. Umar Xayyom kalendari, Malikshoh tomonidan 1079-yilning 16-martida (bu davrda Yulian kalendari bo'yicha bahorgi tengkunlik shu kunga to'g'ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo'yicha 471-yilning 10-ramazonida qabul qilindi. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga, ko'pincha Malikshoh sharafiga Jaloliy kalendari deb ham yuritilgan.
Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi Yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida Yulian kalendaridagidek har to'rtinchi yili, keyingisi o'ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil o'tkazib o'ttiz uchinchi yilda qo'shiladi. Demak, Yulian kalendari bo'yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bo'lsa, Umar Hayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bo'ladi, ya'ni
365·25 + 366·8=12053 sutka; 12053:33 = 365,2424 sutka.
Bu esa tropik yildan 0,0002 sutka ortiq, xolos. Demak, Umar Xayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chiqadi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asr o'rtalarigacha qo'llanilgan.
1864-yilda nemis astronomi Derpt universiteti professori I. Medler (1794-1874) tomonidan har 128 yilda 31 ta kabisa yildan iborat bo'lgan kalendar tuziladi. Lekin mazkur kalendar loyihasi qabul qilinmagan. Milutin Milankovich (1879-1956) tomonidan Yangi Yulian kalendari ham tuziladi. Bu kalendarda har 900 yilda 218 kabisa yili mavjud edi. Kalendarda 40000 yilda bir sutka farq vujudga keladi.
Quyosh kalendarlari jadvali
Muallif-lar
|
Har necha yilda kabisa yillarining qabul qilinganligi
|
Yilning uzunligi sutka hisobida
|
Tropik yildan farqi
|
Bir sutkani tashkil
qiladigan yillik
miqdori
|
Kalendar nomi
|
Sozigen
|
¼
|
365,25000
|
+0,00780
|
128
|
Yulian
|
L.Lilia
|
97/400
|
365,24250
|
+0,00030
|
3300
|
Grigoriy
|
Umar Hayyom
|
8/3
|
365,24242
|
+0,00022
|
4500
|
Jaloliy
|
M. Milanko-vich
|
218/900
|
365,24222
|
+0,00002
|
40000
|
Yangi Yulian
|
I. Medler
|
31/128
|
365,24219
|
-0,00001
|
80000
|
-
|
Oy kalendari. Quyosh harakatini kuzatishdan ko'ra, Oy harakatini kuzatish osonroq. Shuning uchun Oy harakatiga asoslangan vaqt o'lchovi Quyosh harakatiga asoslangan vaqt o'lchovi yilidan avvalroq qo'llana boshlagan. Oyning ko'rinish shakllari kun sayin o'zgarib turadi. Qadimdan insonlar Oyning ko'rinishi shakllarining o'zgarib turishiga nazar solganlar.
Oyning Yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari Oy fazalari deyiladi. Oy o'zidan nur chiqarmaydi, uni Quyosh nuri yoki Quyosh nurining Yerdan qaytayotgan qismi yoritishi mumkin, shu tufayli Oyning fazoda Quyoshga va Yerga nisbatan qanday holatda turishiga ko'ra, u Yerdan qaralganda turli shaklda ko'rinadi. Har oyda Oy taxminan Yer bilan Quyosh orasidan o'tadi va Yerga o'zining qorong'i tomoni bilan turadi. Bunga astronomik yangi oy deyiladi. Bir-ikki kundan so'ng Quyosh botgach, osmonning g'arbiy qismida Oy ingichka o'roq shaklida ko'rinadi, bu xalq tilida hilol yoki yangi oy(vizual yangioy) deyiladi. Bunda Oyning qolgan qismini Yer o'zining kunduzgi yarim sharidan qaytgan Quyosh nurlari bilan xira kulrang ravishda yoritib turadi. Yetti kundan keyin Yerdan Oyga va Quyoshga tomon yo'nalishlari orasidagi burchak 90° ga teng bo'ladi, bunda u yarim «kulcha» shaklida ko'rinib, Oyning bu fazasi birinchi chorak deyiladi. Taxminan 14-15 kunlik Oy Quyoshga qarama-qarshi turib, uning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasi to'laligicha Yerga qaraydi. Oyning bu fazasi to'linoydeb ataladi. Bunda Oyni to'la yorug' doira shaklida ko'rish mumkin. Keyingi kunlarda Oyning g'arbiy tomoni «yemirila borib», 22-sutkada faqat qabariq tomoni sharqqa qaragan yarim doira shaklida ko’rinadi. Buni oyning oxirgi chorak fazasi deyiladi.
Oy fazalari
29,5 sutkadan so'ng Oy yana astronomik yangioy fazasida bo'ladi. Ikki ketma-ket kelgan yangioy orasida o'tgan vaqt Oyning sinodik davri deyilib, 29 sutka 12 soat 44 minut 2,28 sekundga yoki 29,530588 sutkaga teng. Siderik oy- Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati orasida o'tgan vaqt bolib, u 27 sutka 7 soat 43 minut 11,51 sekundga teng.
Oy atamasini biz ikki ma'noda ishlatamiz. Bosh harf bilan yoziladigan Oy - bu Yer sayyorasining tabiiy yo’ldoshi, samoviy jismdir. Kichik harf bilan yoziladigan vaqt oralig'i o'lchovi, yuqorida aytganimiz sinodik8 oydir. Oy kalendari to'liq va to’liq bo'lmagan oylarga bo’linadi. To'liq oylar 30 kundan, to'liq bo'lmagan oylar 29 kundan iborat bo'lgan. Toq oylar 30, juft oylar 29 sutka qilib belgilangan.
Oy kalendarida yilning davomiyligi 354,36706 sutkaga teng (29,530588818·12 = 3354,3670516 yoki taxminan 354,36706 ga tengdir).
Oy kalendarida bir yil 354 sutkaga teng qilib (29,5·12 = 354) olingan. Unda oddiy yil 354 kun, kabisa (arabcha nasiy oyi) 355 kun bo'ladi. Oy kalendari musulmon olamining hijriy yil hisobiga asos qilib olingan. U milodiy 622-yilning 16-iyul juma kunidan boshlabhisoblanadi. Hijriy yil hisobi o'z navbatida hijriy-qamariy (Oy) va hijriy-shamsiy (Quyosh) yiliga bo'linadi:
Oy kalendarida ham Quyosh kalendaridagi kabi kabisa yillarini hisoblashda ba'zi muammolarga duch kelinadi. Qadimdan astronomlar kabisa yillarini belgilashda sakkiz yillik va o'ttiz yillik davriyliklardan foydalanganlar.
354,36706 x 8=2834,93648 taxminan 2835 sutka (xato +0,0631 sutka);
354,36706x30=10631,01180 taxminan 10631 sutka (xato -0,0118).
Xronologiya fanida 8 yillik davriylik «turk davriyligi», 30 yillik davriylik «arab davriyligi» nomini olgan.
Arab davriyligi. Oy kalendarida har bir oyning birinchi kuni oy boshiga, ya'ni yangi Oyning ko'rinish paytiga to'g'ri kelishi keraKalendar Buning natijasida sinodik oyning o'rtacha uzunligi 29,53059 kunni (aniqrog'i, 29,53058812 kunni) tashkil qiladi. Ammo kalendarda oylar faqat butun sonli kunlardan tashkil topadi, ya'ni 29 yoki 30 kundan iborat bo'ladi.
Oy kalendaridagi hamma yillarni 354 kundan iborat deb qabul qilinsa, har yili 0,3671 kunga teng xatoga yo'l qo'yiladi.Shuning uchun bunday kalendarda, yangi Oy 10 yil o'tgandan keyin 4 kun oldin ko'rina boshlaydi (oxirgi oyning boshlanishidan)1. Shu sababli har uch yildan so'ng 354 kun o'rniga 355 kunlik kabisa yili kiritiladi. Shunday qilib. bu yerda ko'rinayotgan masala kabisa yillar tizimini aniqlashdan iborat. O'ttiz yil ichida necha kabisa yili borligini aniqlash uchun 354,3671·30=10631,013 ni olamiz. Lekin 350·30=10620. Shunday ekan, 30 yil ichida 11 kabisa yili bo'lar ekan, chunki 354·19+355·11 = 10631 (xato:0,013 kun). Agar bir yil 354 kundan iborat deyilsa, xato 0,367 kunga to'g'ri keladi, 355 kun hisoblansa. xato 0,633 kunga teng bo'ladi. Shunday qilib, birinchi holda Oy boshi birinchi yil boshidagiga qaraganda 0,367 kun oldinga suriladi, ikkinchi holda esa 0,633 kun orqaga siljiydi. Buni e'tiborga olib (shuningdek, davriylik boshida xato nolga teng deb qabul qilinib), 30 yillik davriylikdagi kabisa yillarining o'rnini Mirzo Ulug'bek aniqlab chiqadi. Bular: 2, 5, 7, 10, 13, 15, 18, 21, 24, 26, 29-yillardir. Qabul qilingan kabisalar sistemasida 15 yil oxirida xato 0,495 kunga etadi. Agar bu kasrni nol deb olinsa davriylikning o’n beshinchi yili, albatta oddiy bo'ladi, bir deb olinsa, Mirzo Ulug'bekning yozishicha, o'n oltinchi yili kabisa yili bo'ladi. Tekshirilayotgan sistemada davrning aniqligi katta: davriylik oxiriga kelib, Oy boshi faqat 0,01 kunga siljiydi. 100 davriylikda, ya'ni 3000 yil oxiriga kelib, xato faqat bir kunga yetadi, xolos.
Turk davriyligi. Sakkiz yillik astronomik oy sikli salkam 2835 kunni tashkil qiladi. Lekin sakkiz oy kalendari yili esa (354 kundan) 2832 kundan iborat. Agarda sakkiz yilning uch yilini kabisa yili qilib belgilasak, mazkur davriylik 2835 kunni (354-5 + 355-3=2835) tashkil qiladi.
Turk davriyligida ikkinchi, beshinchi, yettinchi yillar kabisa yillari bo'lardi. Shuni ta'kidlash lozimki, 2835 kun haftaning soniga to'liq mos (2835:7=405). Davriylik oxirida hilolning ko'rinishi haftaning har doim bir xil kuniga to'g'ri keladi.
Oy kalendarlarining hammasi «turk» yoki «arab» davriyliklariga asoslangan. Agar arab va turk davriyliklaridagi kabisa yillariga qarasak, ularda kabisa yillari bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Oy kalendarining o'ziga xos jihati uning juda aniqligidadir. Lekin Oy kalendarining «kamchiligi» fasllarga mos tushmaydi. Oy kalendarida yangi oyning qaysi kuni chiqishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Buni quyidagicha aniqlash mumkin.
Oy-quyosh kalendari. Dehqonchilik xo'jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig'ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o'zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog'liq edi. Shuning uchun ham oy-quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Oy-quyosh kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina murakkabdir. Ularda eng muhim bo'lgan ikki shartga amal qilinadi:
1) har bir kalendar oyining boshlanishi yangi oy (hilol) chiqishiga yaqin vaqtda boshlanishi kerak;
2) Oy oylari tropik yilning uzunligiga ham mos tushishi keraKalendar Oy-quyosh kalendari oy yiliga qo'shimcha o'n uchinchi oyningqo'shilishi natijasida yuzaga kelgan. O'n uchinchi oy «embolistik» oy nomini oldi (embolismos - grekcha «qo'shimcha» degan ma'noni bildiradi). Embolistik oyning uzunligi 30 kunni tashkil qilgan.
Qadimgi Rim va o'rta asrlarda Yevropada qo'shimcha kunlar «interkalatsiya» (lotincha intercalation - qo'shimcha), qo'shimcha oy esa «interkalyari» deb atalgan. Oy-quyosh kalendarlari dastlab Bobil, Qadimgi Xitoy, qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda ishlatilgan. Bugungi kunda undan Sharqiy Osiyodagi bir qator mamlakatlarda foydalaniladi. Oy-quyosh kalendari taraqqiyoti natijasi o'laroq bir necha sikllar yuzaga kelgan. Bular Kleostat, Meton, Kalipp va Gipparx sikllaridir.
Kleostat sikli. Eramizdan avvalgi VI asrda yashagan grek astronomi Kleostat nomiga qo'yilgan. Bu siklning yana bir boshqa nomi «oktaeterida» (sakkizlik)dir. Kleostat uni quyidagicha tuzadi. Oy yili Quyosh yilidan har yili 11,25 sutka oldinga o'tib ketadi (chunki oy yili 354, quyosh yili 365,25 sutkaga teng). Bu farq esa 8 yilda 90 kunga (11,25·8 = 90) yetadi. Demak, 8 oy yiliga uchta 30 kunlik embolistik oy qo'shish zarur.
Darhaqiqat, 8 Quyosh yili 2922 (365,25·8 = 2922) sutkani tashkil qiladi. Agar, 8 oy yilidan beshtasini oddiy uch yilini embolistik oy qiladigan bo'lsak, 354·5+384·3 = 2922 kunga teng bo'ladi. 8 Oy yili 99 Oy oyiga teng bo'lishi lozim: 48 ta «to'liq bo'lrnagan» va 51 ta «to’liq»oyga. Demak, 8 yilning 2, 5, 8-yillariga embolistik oy qo'shish mumkin. Lekin, Kleostat siklida xatolar yil sayin to'planib boradi. 8 Yulian yili 2922 sutka, 99 sinodik oy 2922 kunga emas, balki 2923,53 kungatengdir. Kleostat siklida kalendar bilan yangi Oyning ko'rinishi orasidagi farq 1,53 sutkaga (2923,52841-2922 = 1,52841) tengdir. Shunday qilib, Kleostat siklida Oy kalendari orqada qolib ketadi. U yangi Oy chiqmasdan tugaydi. Bu sakkiz yilda 1,53 sutka, o'n olti yilda esa uch sutkani tashkil qiladi.
Meton sikli. Kleostat siklidagi xatoni eramizdan avvalgi V asrda qadimgi grek olimi Meton aniqlagan. Meton bu xatoni yo'qotish maqsadida 19 yildan tashkil topgan yangi siklni ishlab chiqadi. U 19 yilda 7 embolistik yil (235 Oy oyi, uning 110 oyi «to'liq bo'lmagan», 125 tasi «to'liq»)dan tashkil topgan. 19 Quyosh yili 6939,75 (365,25· 19=6939,75) taxminan 6940 sutkadan iborat. 19 Quyosh yilini oy kalendariga moslashtirish maqsadida oxirgi yetti yilni embolistik, to'rt yilni kabisa yili qilish keraKalendar (354 kun x12 yil+384 kun x 7 yil+4 kun=6940 kun).
Meton siklida 3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-yillar embolistik, 3. 8, 11, 19-yillar kabisa yili qilib belgilanadi. Lekin Meton sikli ham juda aniq va mukammal chiqmadi. Unda 19 Yulian yili 6940 kun qilib olingan. Aslida esa u 6935,75 kunga tengdir. Siklda 19 yilda 0,25 sutka, ya'ni 4 siklda bir sutka farq yuzaga keladi.
235 Oy oyi 6940 sutkaga emas, balki 6939,7 (29,53050-235= 6939,68865) sutkaga tengdir (6940-6939,68865=0,31135). Bu esa 4 siklda bir (0,3·4=1,2) kunni tashkil qiladi.
Kalipp sikli. Eramizdan avvalgi IV asrda grek olimi Kalipp Meton siklini isloh qildi. U oy-quyosh kalendarining yangi variantini taklif qildi. Kalipp 4 ta Meton siklida, ya'ni 76 Quyosh yilidan bir kun qisqartirib, yangi siklni tuzdi. Unda 76 Quyosh yili 27760 (6940· 4=27760) kunni 27759 kun qilib olinadi.
Gipparx sikli.U eramizdan avvalgi II asrda yashagan grek olimi Gipparx tomonidan tuzilgan. U 4 ta Kalipp siklidan, ya'ni 304 (76·4=304) yildan bir sutkani qisqartirishni taklif qiladi.
Gipparx sikli biror-bir kalendarda qo'llanilmagan. Kalipp sikli faqatgina grek astronomlari tomonidan ishlatilgan. Oy-quyosh kalendarida 8 yillik Kleostat va 19 yillik Meton sikllari keng tarqalgan.
Ko’pgina mamlakatlarda qadimda oy -quyosh kalendarlari mavjud bo’lgan. Ularda oy fazalari almashinuvi ham, quyoshning yillik harakati ham hisoinga olingan. Buning uchun hisob sistemasiga vaqti-vaqti bilan qo’shimcha (o’n uchinchi) oy kiritilgan. Murakkab oy-quyosh kalendari qadimdan Xitoy, Bobil, Isroil, Qadimgi Gretsiya va Rimda qo’llanilgan. Hozirgi kunga qadar u Isroilda saqlangan.
Demak, kalendar katta vaqt oraliqlarining hisoblash sistemasi ekan. Kalendarlarning hamma xili ham osmon jismlarining ko’rinmas harakati davriyligiga asoslangan. Hozirgi zamon kalendari Grigorian kalendari deb ataladai. Bu solnoma Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan 1582-yili joriy qilingan.
Kalendar deganda odatda yozma manbani tushunamiz. Biroq toshdan ham kalendar bo’lar ekan. Masalan, Qadimgi inklar davlatida ulkan tosh qurilma “quyosh darvozasi”, Angliyada ko’hna zamonlarda barpo etilgan, baxaybat toshlardan iborat ulkan stounxej inshooti o’ziga xos kalendar va rasadxona vazifasini o’tagan degan fikrlar mavjud. Shunaqangi g'aroyib inshoot O’zbekistonda ham bor, deb taxmin qilinmoqda. Bu “Shaxidtepa” deb atalgan qadimiy qo’rg'onlar majmuasidir. Shaxidtepa majmuasi Jizzax viloyatining G'allaorol tumanidagi “G'allaorol” jamoa xo’jaligining g'allazorlari chegarasida, temir yo’l yonida joylashgan. Uni birinchi bo’lib san'atshunos olim L.Rempel 1966-68-yillari samolyotda Samarqanddan Toshkentga uchib o’tishda ko’rib qolgan, keyin maxsus ekspedisiya bilan tadqiq etgan. Hozirgi kunda bu majmuadan olimlar bosh rasadxona deb taxmin qilayotgan markaziy tepalikning o’zi saqlanib qolgan xolos. Olimlarning tahlillariga binoan dashtdagi kalendar majmuasida bir metr balandlikdan iborat 120 qo’rg'oncha bo’lib, olti qator doira shaklida joylashgan bu tepaliklar 2000 yil oldin bunyod etilgan, uning kengligi 100 metr. Uning markazida diametri 81 metr va balandligi 12 metr bo’lgan eng yirik qo’rg'on joylashgan. Ikkita qo’rg'oncha ochib ko’rilganda na biron san'at na biron qadimiy dafn, na biron yodgorlikni ko’rsatuvchi narsa uchragan. Olimlarning hisob-kitobi shuni ko’rsatadiki, birinchi qatorda 60 ta qo’rg'on bo’lgan ekan. Bu raqam Shaxidtepa sirini ochishga kalit bo’lib xizmat qildi. 2000 yil muqaddam O’rta Osiyoda o`troq aholi sug'dlar va ko’chmanchi saklar o’rtasida zardushtiy (otashparastlik) dini keng tarqalgan edi. Zardushtiylar vaqtni oy bilan emas, balki kun hisobida, ya'ni quyoshning chiqishi va botishiga qarab hisoblashardi.
Ularning kalendari boyicha bir yil 365 kun bo’lgan. Shunday qilib aylana shaklida joylashgan 60 ta qo’rg'oncha 6 raqamiga ko’paytirilsa, 360 raqami kelib chiqadi. Bundan tashqari 5 ta qo’rg'oncha 6-qatorda qo’shimcha ravishda joylashgan va umumiy raqamga qo’shilib yil oxirida 365 kunni hosil qilganligi ham olimlar tomonidan aniqlandi, inshoot majmuasi o’rtasida joylashgan katta qo’rg'on rasadxona vazifasini o’tab, u yerda qo’rg'onlar boyicha yil kunlarini hisoblovchi maxsus xizmatchilar ish olib borgan. Unchalik qiyin bo’lmagan bu kuzatish bahorgi teng kunlikdan boshlanib, quyoshning bu qo’rg'ondan u qo’rg'onga o’tishi davomida hisoblab borilgan.
Shaxidtepa majmuasi olimlar tomonidan o’rganilmoqda. Sug'dlar, saklar tosh kalendarining tadqiqi O’rta Osiyo xalqlari fani va madaniyati tarixining ochilmagan saxifalarini to’ldiradi hamda ajdodlarimizning kundalik turmushida kalendar-solnomaning katta ijtimoiy-amaliy ahamiyat kasb etganidan guvohlik beradi.
Dostları ilə paylaş: |