Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari


Hafta kunlari nomlanishining astronomik ifodasi



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə5/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Hafta kunlari nomlanishining astronomik ifodasi


Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bo'lgan. Shanbaning birinchi soatini (shuningdek 8, 15, 22-soatlarini) 23-soatini Yupiter, 24-soatini Mars boshqargan.


Yetti kunlik hafta G'arbda imperator Avgust davrida keng tarqaldi. Eramizdan avvalgi 321-yilda Konstantin «Hamma fuqarolar Quyosh kuni dam olsin», - deb farmon berdi. Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta bo'lib yakshanba «nedeley», ya'ni «hech narsa qilma», «ishlamaydigan kun»-deyilgan. Dushanba - «ponedelnik» - «nedeley»dan keyingi kun, vtornik (seshanba) - «nedeli»dan so'nggi ikkinchi, sreda (chorshanba) - «nedeli» (haftaning o'rtasi), «chetverg», «pyatnitsa» - to'rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. «Subbota» - sabbat» (shabat) - ya'ni dam olish so'zidan olingan. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha «nedeli» deb atalgan. Hafta so'zining o'rnida esa «sedmisa» ishlatilgan. Slavyan xalqlarida haftalarning nomlanishi quyidagicha bo'lgan:



Ruscha

Ukraincha

Bolgarcha

Polyakcha

Chexcha

Ponedelnik

Ponedilok

Ponedelnik

Poniedrialek

Pondelek

Btornik

Vivtorok

Btornik

Wtorek

Uterek

Sreda

Sereda

Sryada

Sroda

Streda

Chetverg

Chetverg

Chetv’rt’k

Crnartek

Ctvrtek

Pyatnitsa

Pyatnitsa

Pet’k

Piatek

Patek

Subbota

Subbota

S’bota

Sobota

Sobota

Voskresene

Nedilya

Nedelya

Niedriela

Nedele

Ba’zi xalqlarda haftalarning tartib raqami biroz boshqacharoq qoyilgan. Masalan, gruzin tilida beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba – ’’shabati’’dan tashqari yana, ikkinchi shanba (orshabati) - ya’ni dushanba,


uchinchi shanba (samshabati) - seshanba, to'rtinchi shanba (otxshabati) -chorshanba, beshinchi shanba (xutshabati) payshanba, juma - paraskevi va yakshanba - kriva deb ataladi. Forschada ham hafta nomlarida «shanba» so'zi olti marta takrorlanadi. Yakshanba - birinchi shanba, dushanba ikkinchi shanba, seshanba - uchinchi shanba, chorshanba - to'rtinchi shanba va payshanba - beshinchi shanba tarzida. Juma - muqaddas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz va O'rta Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida «bozor» - yakshanba, turkchada ham yakshanba - «pazar», dushanba «pazartesi» - bozordan keyingi kun deb ataladi. Angliyada bir vaqtlar shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid Monmutskiy6 (XII asr) asarlaridan bunga bir talay misol topishimiz mumkin.
Xulosa sifatida, shuni aytish mumkinki, turli xalqlarda turli nomlarda va shakllardagi haftalardan foydalanilgan.
Ekliptika va ekvator. Kundalik hayotimizda asosan o'rtacha quyosh vaqtidan foydalanamiz. O'rtacha Quyosh vaqti - ekvator bo'ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuqtadir. O'rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o'rtacha tush payti deyiladi. O'rtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O'rtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun o'zgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush paytida o'zgarar, ya'ni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.
Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt o'lchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig'i va vaqtni o’lchash uchun ishlatiladigan asbobdir. Grekcha «horo», inglizcha «hour» soat so'zi dastlab «vaqt oralig'i, davr» kabi ma'nolarni bildirgan. Eramizdan avvalgi IV asrlarda grekchada soat atamasi paydo bo'lgan. Odamlar vaqtni o'lchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlari va boshqa tabiat hodisalarining muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o'lchashda foydalanganlar.
Yunon olimi Ptolemey (mil. aw. II asr) sutkani soat, minut va sekundga bo'lgan. Vaqtni juda aniq o'lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o'tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o'laroq dastlab quyosh soati, keyinchalik suv va qum soatlari paydo bo'ldi. Ksenofontning ta'kidlashicha, soat kunduzi Quyoshga, kechasi yulduzlarga hamdaodam soyasining uzunligiga qarab aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1800-yilda Misr kohinlari kechasi bo'ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bo'lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi. Misrda eramizdan avvalgi 1600-yillarda suv soatlari, eramizdan avvalgi 1450-yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, ya'ni skafis bobillik Beros tomonidan eramizdan avvalgi III asrda quriladi. Dastlabki grek Quyosh soatlari eramizdan avvalgi 550-yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda eramizdan avvalgi 293-yildan boshlab Quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uncha uzun bo'lmagan vaqt oralig'ini hisoblashga mo'ljallangan edi. Hozirda ham tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi.
Mazkur soatlar, albatta, aniq va qulay bo'lmasa-da, ma'lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. O'rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug'bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyatdagi taraqqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik soatlar bu davrga yangilik bo'lib kirdi. 578-yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g'ildirakli) soatlar tilga olinadi. XI-XV asrlarga kelib Yevropada mexanik (g'ildirakli) soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar odatda ratusha minoralariga o'rnatilgan. G'ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404-yilda Kremlga o'rnatiladi.
1706-yilda Pyotr I buyrug'i bilan bu soat o'rnini Golland kuranti egallaydi. XVI asrda g'ildirakli soatlar o'rnini yangi soatlar egallaydi. 1640-yilda Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675-yilda Xristian Gyuygens tomonidan yasaladi. Xristian Gyuygens cho'ntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I. R Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U har soatda zang urardi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404-yilda Moskvada Blagoveshensk sobori yaqinida o'rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrga kelib qo'l soatlari paydo bo'ldi. Bunday soatlar cho'ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo'shimcha qismlar, kalendar ko'rsatgichi, sekundomer,o'z-o’zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840-yilda yaratildi. XX asrda elektr-mexanik, elektron-kvars, molekular, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947-yilda qurilgun Toshkent kuranti minorasiga to'rt siferblatli zangli elektr soat o'rnatilgan. Energiya manbayiga ko'ra soatlar atom, kvars, mexanik, molekular va elektr tebranish tizimi bo'yicha mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bo'linadi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt - sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushi bilan ham ish ko'riladi.
Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan XX asrning o'rtalarida astronomik kuzatuvlarga bog'liq bo'lmagan butunlay yangicha vaqtni o'lchash tizimi paydo bo'ldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanishga asoslanadi. Vaqtni o'lchashning bu tizimi atom vaqti nomini oldi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq vaqt radiosignallarini berib turadi. Vaqtni o'lchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari Parijda joylashgan Xalqaro Vaqt byurosi «Axborotlari»da e'lon qilib boriladi. O'zbekiston FA Astronomiya institutida ham vaqt xizmati bilan shug'ullaniladi.




Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin