Mavzu yuzasidan savollar:
Dastlabki kalendarlar qayerda paydo bo’lgan?
Quyosh va oy kalendarlari farqlarini tushuntirib bering?
Arab va turk davriyligi haqida nimalar bilasiz?
4-mavzu: Sharq mamlakatlari kalendarlari
Reja:
Qadimgi Hind va Eron kalendari
Qadimgi Mesopatamiya va arab kalendarlari;
Xitoy va boshqa xalqlar kalendarlari;
Tayanch so’zlar;
Qadimgi Hind kalendari, Qadimgi Eron kalendari, Qadimgi Mesopatamiya va arab kalendarlari; oy nomlari, hafta nomlari, ramazon oyi, oy kunlar.
4.1 Qadimgi Hind kalendari. Hindistonda yaqin vaqtlargacha turli xil kalendarlar, ya’ni Quyosh. Oy, Oy-quyosh kalendarlari ishlatilgan. Hindiston qadimgi sivilizatsiyaning o‘chog‘i sifatida kalendarlar tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Hindistonda eng ko‘p tarqalgan kalendarlardan biri samvat kalendaridir. U Hindistonning Shimoliy va Markaziy viloyatlarida ishlatilgan. Bu Oy-quyosh kalendari bolib, tropik yil va Oy oylari asosida tuzilgan. Kalendarda har uch yilda embolistik yil joriy qilingan. Uni hindlar «adikmas» - deb ataganlar. Shuningdek, kalendarda qo‘shimcha kunlar (burjiy kalendar asosida) joriy etilgan va ular «titxi» deb atalgan. Bu kalendar erasi eramizdan avvalgi 57-yildan hisoblangan. Hindistonda tarqalgan yana bir kalendar «Saka kalendari»dir. Saka kalendari Hindistonning janubiy viloyatlarida qo‘llanilgan. Saka kalendari Quvosh kalendari hisoblanadi. Saka kalendarida bir yil dastlab olti fasl va har biri 29, 32 kundan tashkil topgan o‘n ikki oydan iborat bolgan.
Quyosh chiqishidan botishigacha bo'lgan vaqt bir sutka hisoblangan. Yilning boshi bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Bu kalendar erasi Saka erasi hisoblangan (eramizning 78-yil 15-marti uning boshlanishi hisoblanadi). Hindistonda mazkur kalendar va eralardan tashqari Kalyuga erasi (boshlanishi er.avv. 3102-yil 18-fevral), Nirvana erasi (er.vv. 543 vilidan) Maxavira erasi (er.avv. 527-yildan), Graxaparivritti erasi (er. ¡ivv. 24-yildan). Nevar erasi (eramizning 879-vil 20-oktabridan), Fazli (eramizning 1550-yil 10-sentabridan) eralari mavjud bo‘lgan.
XVIII asrga kelib, Hindistonda Grigoriy kalendari qo‘llanilgan. Hozirgingi kungacha Grigoriy kalendari bilan birgalikda mahalliy kalendarlardan ham foydalaniladi. XX asrning elliginchi yillarida Hindistonda kalendar islohoti o'tkaziladi. 1957-yilda Saka erasiga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan. Mazkur kalendar Grigoriy kalendari asoslari asosida tuzilgan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud. Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Ovlar 30-31 kundan, oddiy yilda birinchi olti oy 30 kundan, qolgan oltitasi 31 kundan iborat. Kalendar quyidagi jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |