Bobil kalendarining aks ettirilishi:
4.3 Qadimgi yahudiylar kalendari ham oy hisobida yuritilgan kalendardir. Unda bir yil 354 kun bo’lib, juft oylari 29, toq kunlari 30 kundan iborat bo’lgan 12 oyga bo’lingan. Sutka kechqurun soat 6 dan boshlangan. Er.avv IV asrda Qadimgi yahudiylar oy kalendarlarini oy-quyosh kalendariga almashtirgan. Bunga ular har 19 yilda 7 marta 13-chi (30 kunlik) qo’shimcha oy kiritishgan. 13-oy qo’shilgan yil vsokostniy, ya'ni kabisa yili deb atalgan. Kabisa yillari 19 yillik siklning 3-,6-,8-,11-,14-,17-,19- chi yillari kabisa yillari hisoblangan, demak o’sha yillariga 13-chi oy qo’shilgan.
Qadimgi yahudiylarning 19 yillik oy-quyosh kalendari 6936 sutkani tashkil etgan. Astronomik yil hisobi bilan hisoblanganda mazkur 19 yilda 6939 3G'4 sutka bor. Demak, har 19 yilda 3, 3g'4 sutkaga oldin ketadi yoki tezroq aylanadi. (Kad. yahudiy oy-quyosh kalendari astronomik hisobidan). Oradagi farqni yetkazib olish uchun ular qo’shimcha 1 sutka qo’shgan. qo’shadigan sutkani shunday yillarda qo’shganlarki, agar yilning boshlanishi yaqsnanba, chorshanba va juma kunlari boshlanmasligi kerak emish.
Yahudiylar erasiga, ya'ni Adam erasi yoki iudey erasi deb ataluvchi eraga ham afsonaviy dunyoning yaratilishi asos qilib olingan. Bu eraning boshlanishi er.avv. 3761-yil 7oktabrdan hisoblangan. Bu era bizning eramizdan 3760 yil qadimiyroqdir.
Eramizdan avvalgi II asrning oxirlarigacha Qadimgi yahudiylar yil bahorida er.avv.II asr oxirlaridan esa kuzda boshlangan.
Qadimgi Xitoyda ham oy kalendarlaridan foydalanganlar. Dastlab xitoylik dehqonlar bahor yaqinlashganligini Gidra yulduzlari turkumining ko’rinishiga qarab bilgan. Xo’jalik yili 4 faslga: bahor, yoz, kuz, qishga bo’lingan. So’ngroq er.avv. 3 ming yillikda vaqt hisobini oy fazalariga qarab hisoblay boshlagan. Yil 12 oydan iborat bo’lgan. Xitoy kalendariga ham 13-chi oy qo’shishgan. Ular ham har 19 yilda 7 marta qo’shimcha 13-chi oyni yilga kiritishgan. Xitoy astronomlari bizning eramizdan 6 asr avval birinchi bo’lib, har emas, har 19 yilda yangi oy ko’rinishi yozgi quyosh turish kuniga to’g’ri kelishini ya'ni har 235 oyda bu hodisa takrorlanishini aniqlashgan.
“Shutszin” (tarix kitobi) nomli tarixiy kitobda ma’lumot berilishicha, Xitoy kohinlari quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta olgan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi.
Mil.avv 360-yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi. Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendarlaridir. Bir qancha Xitoy yilnomalari, arxeologik ma’lumotlarga ko`ra, Shan in sulolasi davri (mil.avv XVIII-XII asrlar) da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat, 12 oydan tashkil topgan. Vaqti-vaqti bilan qo`shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatish natijasida 29,5 quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar.
Xitoy mavsumiy qishloq xo`jaligi kalendari
№
|
Xitoycha oy nomlari
|
Oylarning tarjimasi
|
Grigorian kalendari bo`yicha mavsumning boshlanish sanasi
|
|
Lichun
|
Bahorning boshlanishi
|
4-5-fevral
|
|
Yuyshuy
|
Yomg`ir suvi
|
19-20-fevral
|
|
Dzinchje
|
Hashoratlarning uyg`onishi
|
5-6-mart
|
|
Chun’fen
|
Bahorgi teng kunlik
|
20-21-mart
|
|
Sinmin
|
Yorug`
|
5-6-aprel
|
|
Guyuy
|
Boshoqlar uchun yomg`ir
|
20-21-aprel
|
|
Lisya
|
Yozning boshlanishi
|
6-7-may
|
|
Syaoman
|
To`kinlik
|
21-22-may
|
|
Manchjun
|
Bug`doy boshoqlari
|
7-7-iyun
|
|
Syachji
|
Yozgi teng kunlik
|
21-22-iyun
|
|
Syaoshu
|
Issiq
|
7-8-iyul
|
|
Dashu
|
Jazirama
|
23-24-iyul
|
|
Litsiyu
|
Kuzning boshlanishi
|
8-9-avgust
|
|
Chushu
|
Issiqlikning tugashi
|
23-24-avgust
|
|
Baylu
|
Oq shudring
|
8-9-sentabr
|
|
Tsyufen
|
Kuzgi teng kunlik
|
23-24-sentabr
|
|
Xan’lu
|
Sovuq shudring
|
8-9-oktabr
|
|
Shuantszyan
|
Qirovning tugashi
|
23-24-oktabr
|
|
Lidun
|
Qishning boshlanishi
|
7-8-noyabr
|
|
Syaosyue
|
Oz qor
|
22-23-noyabr
|
|
Dasyue
|
Ko`p qor
|
7-8-dekabr
|
|
Dunchji
|
Qishki teng kunlik
|
21-22-dekabr
|
|
Syaoxan
|
Sovuq
|
6-7-yanvar
|
|
Daxan
|
Qahraton
|
20-21-yanvar
|
60 yillik davriylik kalendarda 12 ta yer tarmoqlari ham bo`lgan. Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan: sichqon (szi), sigir (chou), yo`lbars (in’), quyon (mao), ilon (chen’), ot (u), qo`y (vey), maymun (shep), tovuq (yu), it (syuy), to`ng`iz (xay). Kalendarda 60 yil davomida “yer tarmoqlar”i 5 marta takrorlanadi, ammo 60 yil davomida “fazoviy” va “yer” tarmoqlaridagi uyg`unlik hech takrorlanmaydi.
Shunday qilib Qadimgi xitoyliklar o’z kalendarlarini oy-quyosh kalendariga aylantirishgan. Keyinroq er.avv. III asrda Xitoy qishloq aholisi yilni 24 faslga bo’lishga o’tganlar. Bundan tashqari hisob-kitob 60 yillik sikl bilan olib borilgan, bu hisobdagi har bir yilning o’z nomi bo’lib, ular hayvonlar nomi bilan atalgan.
Shuninshdek, Qadimgi Xitoyda Oy-quyosh kalendari bo’lib, u er.avv. 3 ming yillikda paydo bo’lgan. U taqvim sistemasi murakkab bo`lib, yil 12 oydan iborat yoki 29 kunni birlashtirgan sikllardan iborat bo’lgan va har yangi oylar qo’shib borgan. Har oy 2 qismga: Gszi (aniq emas), Ki (aniq) oylarga bo’lingan. Yil 24 qismga bo’ligna. Er.avv. 595-yildan 19 yillik sikl mavjud bo’lgan, ushbu davr mobaynida 7 qo’shimcha oylar kiritilgan. (Ko’proq 3,6,8,11,14,16,19-yil sikllariga qo’shilgan) Shartli ravishda er. avv. 2397-yildan boshlab solnomalar boshlanishi bilan 60 yillik sikl harakatda bo’lgan. Er.avv. 226696-2397-yillar bu taqvimga Xitoy ham o’tgan.
Har bir sikl bir hayvonning nomini olgan. Har 2 yil esa o’sha davrdagi 5 falokatning nomini olgan, ular: daraxt, yong'in, yer, temir, suv. 1-yil o`simlik sifatida daraxtga, 2-yil ko’rilish materiali sifatida daraxtga, 3-yil tabiat yong'iniga, 4-yil xo’jalik o`chog'idagi yong'inga, 5-yil temirga, 6-yil temir buyumga, 7-yil tabiat suviga, 8-yil turg'un suvga, 9-yil Yerga, 10-yil ishlangan yerga bag'ishlangan.
Dostları ilə paylaş: |