Bozorqal’a-Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani xududida u deyarli kvadrat shaklda (600x560 m) qurilgan, uning maydoni 32 ga. Devor pastki qismining qalinligi 8,5-9 m. Devor ikki qatorli bo’lib, ular o’rtasida yo’lak-karidor hosil bo’lgan. Tashqi devor nayza o’qi uchli shinaklarga ega. Devor va uning tashqi burchagida yarim aylanali burjlar joylashgan bo’lib, ular o’rtasidagi masofaa 30-50 m, kengligi 5,5 m, devordan yon o’sib chiqishi 6,5 m. Qal‘a darvozasi shimoliy devor o’rtasida joylashgan, kengligi 5 m, ikki yon tomonida yarim aylanali burjlarga ega. Ark yodgorlikning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan, kvadrat shaklida (120x120 m). Uning maydoni 1,4 ga teng. Ark ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylana burjga ega. Arkning kirish qismi bir tirsakli to’g’ri burchakli ―labirintga ega, hajmi 22x17m. Labirint, o’z navbatida, kengligi 2,1 m yo’lakka ega. Uning shimoli-g’arbiy burchagi ikki tomonga yo’nalgan ―qaldirg’och dumli burjlar bilan mustahkamlangan. Ark devorining saqlanib qolgan qismi 9-10 m. Devor nayza o’qi uchli shinaklarga ega, ular o’rtasidagi oraliq 1,6-2 m. Devor va burj qurilishida 47x47x10-12 sm xomg’isht ishlatilgan. Bozorqal‘ada mil.avv. IV asrda madaniy hayot bo’lib, uning qadimgi davrdagi tarhi saqlanib qolgan, qal‘aning umumiy maydonida o’zgarish yuz bermagan. Antik davrda paxsadevor ustiga xomg’ishtdan qurilgan bo’lib, ular o’rtasidan kengligi 2,30 sm yo’lak o’tgan. Devor yarim aylanali burjlarga ega,ular o’rtasidagi masofa 30- 50 m, kengligi 5,5 m, uzunligi 6,5 m bo’lgan (jami 44). Shaharga kiriladigan yolg’iz darvozasi shimoliy qismidagi devor markazida joylashgan, labirintsiz
ishlangan. Tashqi tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burj bu darvozaga tayanch bo’lib xizmat qiladi.36 Shimoli-sharqiy burchagida ark-a‘lo joylashgan bo’lib, to’g’ri burchak holda uning hajmi 120x120 m, devor balandligi 4 m, pastki qismining qalinligi 8,5-9 m. Ark darvozasi g’arbiy devor o’rtasida bo’lib, murakkab inshoot bilan mustahkamlangan (22-17 m). Murakkab inshoot yarim aylanali burjlar bilan bezatilgan bo’lib, ular o’rtasidagi masofa 1,6-2 m, tashqi tomondagi hajmi 1,2 m, ichki tomonda esa 0,60 sm. Bozorqal‘a tarixi ikki qurilish davridan iborat bo’lib, mil.avv. VI-milodiy IV asrgacha shaharda madaniy hayot davom etgan.
Ismoilov S. fikricha, Qo’yqirilganqal‘a inqirozga uchragandan keyin Xorazm davlati poytaxti Nuzkat (Bozorqal‘a) ga ko’chirilgan, milodning boshlaridan to IV asrgacha poytaxt Tuproqqal‘ada bo’lganini ham bilamiz. Bozorqal‘aning shu davrda vohadagi eng qadimiy va rivojlangan qal‘alardan biri bo’lganiga asoslanib, Qo’yqirilganqal‘adan keyin poytaxat Nuzkatga, yan‘i Bozqal‘aga ko’chirilgan. Demak, Nuzkat – Bozorqala‘a Qo’yqirilganqal‘adan keyin Tuproqqal‘adan oldin qadimgi Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan.37 – deb ta‘kidlaydi. Lekin arxeolog YAgodin V.N. yuqoridagi fikrga qo’shilmagan holda, shunday ta‘kidlaydi: Amudaryoning o’ng sohili Xorazmda yana bir yirik ko’hna shahar – Bozorqal‘a bo’lganki, u maydoniga ko’ra poytax t shaharlikka da‘vo qilishi mumkin. Lekin u Kat shahridan qariyb 80 kilometr olisda, demak, u qadimiy poytaxt sifatida qobul qilina olmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Bozorqal‘ani poytaxt emas, shahar tipidagi qal‘a sifatida ko’ramiz. Chunki oxirgi o’n yillikda arxeologlarimizning tadqiqotlari, Aqchaxonqal‘ani poytaxt sifatida ta‘kidlamoqda. O’tmish albatta, yangi materiallar bilan boyitiladi va qo’shimcha yangiliklar kiritiladi.