Qadimgi Xorazm ijtimoiy – xo’jalik hayoti va madaniyatining rivojlanishi shaharsozlik rivojiga tabiiy ta‘sir ko’rsatadi. Mamlakat ichki dehqonchilik vaholarining ma‘muriy hamda savdo – hunarmandchilik markazi sifatida o’nlab yirik shaharlar (Aqchaxonqa‘a, Ayozqal‘a 3, Guldursinqal‘a, Katta Qirqqizqal‘a va boshqalar), davlat chegaralarida, voha bilan ko’chmanchi dasht aholisi tutashgan mintaqada davlatning chegara qal‘a istehkomlari (Qo’rg’oshinqal‘a, Kichik Qirqqiz, Ayozqal‘a 1, Burliqal‘a,Qizilqal‘a) tizmi bunyod etilgan. Chegara shahar – qal‘alar harbiy – mudofaa maqsadlarida tashqari ko’chmanchi chorvador qabilalar bilan qizg’in savdo – iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish funksiyasini ham bajarganlar.
Mazkur davrda Xorazmda jamoat inshootlari, shu jumladan mahalliy aholining eng qadimgi diniy tasavvurlari va ilmiy dunyoqarashlari bilan bog’liq bo’lgan.
Ma‘lumki, qadimda shaharlar va davlatninglar ma‘muriy boshqaruv tizimi dastlab diniy – harbiy rahnomalar zimmasida bo’lgan. Ular o’z davrining diniy faylasuflari, ilg’or, ma‘rifatli kishilari sifatida samoviy jisimlarni o’rganish, ulardan jamiyatni, iqtisod va xo’jalikni boshqarishda foydalanish yo’llari ustida izlanish olib borganlar. Astronomiya ilmi bilan shug’ullanish Qo’yqirilganqa‘a inshootida o’z aksini topadi.
Qadimgi Xorazm davlatining qo’shni o’lkalar bilan savdo – sotiq aloqalari ham faol bo’lgan. Amudaryoning har ikki sohili bo’ylab Xorazmning janubiy o’lkalar bilan bog’lab turuvchi karvon yo’llari o’tgan bo’lib, bu yo’llar Buyuk ipak yo’lining muhim bo’g’inini tashkil etadi. Amudaryoning sohili bo’ylab antik davrga oid shahar – qal‘a harobalarining ko’plab qayd qilinishi va ular orasidagi masofa bir kunlik yo’lni tashkil etishi shundan dalolat beradi.
Amudaryo kemachiligi ham uzoq o’tmishga dahldor. Uzboy suv yo’li Xorazmni Kapiy dengizi orqali Gurogon, Parfiya, Midiya, Kavkazorti orqali
Ikki daryo oralig’i, Qoradengiz bo’yi va Old Osiyo mamlakatlari bilan bog’langan.
Shunday qilib, mil.avv. V- IV asrlarda tashkil topgan Qadimgi Xorazm davlatida o’ziga xos fortifikatsiya tizimiga ega bo’lgan shaharsozlik madaniyati, ulkan hududni diniy va dunyoviy hokimiyat ostida birlashtirgan davlat boshqaruvi, umumaholi uchun yagona davlat mafkurasi sifatida Zardushtiylik dini har jihatdan mukammallashgan tizimga kirdi. Yagona til va yozuv, mil.avv. I – II asrdan tanga pul muomalasi, Xorzm mahalliy yil hisobi (kalendar) joriy etildi. Xorzm moddiy va ma‘naviy madaniyatidagi o’ziga xoslik va uyg’unlik an‘anasi shaharsozlik madaniyati taraqiyotida muhim bo’g’inini tashkil etdi.
Shaharlarning ko’pchiligini umumlashtirib turuvchi bir qator xususiyatlar mavjud bo’lib, bular: 1) Tashqi xavfdan himoya qilish maqsadida ichki va tashqi mudofaa inshootlari bilan o’ralganligi; 2) Boshqaruvni ta‘minlashga qaratilgan ark tipidagi, alohida mudofaa tizimiga ega bo’lgan mustahkamlangan ichki inshoot majmui; 3) Shaharlarning ijtimoiy tabaqalanishi, mehnat taqsimoti, savdo – tijorat ehtiyojlari bilan bog’liq holda ichki shahar aholisi yashaydigan shahriston qismining bo’lishi; 4) Shahar atrofida devor tashqarisini o’rab turuvchi muhitda yashagan aholi mavzelarining ichki shahar bilan aloqadorligini t‘minlovchi rabod tizimi hamda tashqi dushmandan asrovchi tashqi devor bilan o’rab olinganligi; 5) Mudofaa inshootlarining tarkibiy tuzilishi - paxsa – g’isht, tashqi xandaq tizimi, shaharga kirish yo’llarining tuzilish tamoyillarining umumiyligi va boshqalar. Bu xususiyatlarning barchasi O’rta Osiyoning qadimiy urbanistik jarayonlari kabi Xorazm vohasi shaharsozligiga ham xosdir. Bu xususiyatlar ayniqsa, asosiy poytaxt shaharlarda to’la va yaqqol ko’rinadi. Yozlik mavsumlarda yoki harbiy holatlar xizmat qiladigan rezidensiyalarda ba‘zan barcha belgilarga emas, eng muhim funksional xususiyalarga tuzilmalari alohida e‘tibor berilgan.