Qo‘yqirilganqal’a–To’rtko’l shahridan 12 km shimoli-sharqda joylashgan. S.P.Tolstov tomonidan 1938 yilda aniqlangan bo’lib, 1951 yildan keng miqiyosda tadqiq ishlari o’tkazildi, mil.avv. IV-III mil. I asrlariga oid Qo’yqirilganqal‘a Kaltaminor kanali yaqinida joylashgan.34 O’nsakkiz qirraligi, doira shaklga egaligi bilan boshqa qal‘alardan ajralib turadi.
Qo’yqirilganqal‘a burjga o’xshash katta silindrsimon shaklda bo’lib, ichki diametri 42 m, tashqaridan qalin qo’shdevor uni xalqa kabi o’rab turgan diametri 87,5 m, va balandligi 8 m3. Qo’shdevor va markaziy imorat devorning tashqi qatorida nayzasimon qator shinaklar joylashtirilgan. Tashqi devor bo’ylab bir- biridan 18-20 m masofada to’qqizta burj joylashgan. Tashqi xalqa devori bilan ark o’rtasidagi masofa 15 m. ni tashkil qiladi. Markaziy minorasimon ikki qavatli monumental bino ma‘lum reja asosida qurilgan bo’lib, u diniy ibodat marosimlari va astronomik kuzatuvlar olib borish uchun mo‗ljallangan bir necha xonalardan iborat1. Markaziy bino bilan tashqi devor orasi ibodatxona xizmatchilari uchun mo’ljallangan juda ko’p turli o’lchamdagi xonalardan iborat. Darvozada to’g’ri burchak bir tirsakli ― labirint mavjud bo’lib, uning old tomonga o’sib chiqishi 18 m, ikki yon tomoni yarim aylanali burjlar bilan kuchaytirilib, uning umumi hajmi 0,3 ga. Qal‘a qadimda xandak bilan o’rab olinib, uning kengligi 15 m, chuqurligi 3m. Markaziy inshootning birinchi qavati 8 xonadan iborat bo’lib, uning balandligi 8,5 m. Tashqi devor avval paxsadan, keyin kvadrat xomg’ishtdan tiklangan, qalinligi 7,2 m. Uy xonalarini ajratgan devor 0,6 – 1,9 m. paxsa, keyin xomg’ishtdan qurilgan. Uy xonalari balandligi 3,6 m. Ikkinchi qavat yopiq yo’lak orqali davom etib, devorlari nayza o’qi shinaklariga ega. Sharqiy tomondan padnus orqali ikkinchi qavatda joylashgan markaziy inshootga kirilgan. Ikkinchi qavat devori nayza o’qi shinaklariga ega bo’lib, ular o’rtasidagi oraliq 1,16-1,19sm, kengligi 17-18 sm, tashqi tomonidan balandligi 55-70 sm. Burjlar yon tomonga emas, balki inshoot devoridan birmuncha yuqoriga o’sib chiqqan. Yodgorlikning qayta ishlangan rasmidan kelib chiqib, tashqi devordan yon tomonga o’sib chiqqan yarim aylana burjlar o’rtasidagi oraliq 8,2 m, kengligi 9 m. Burjlarning devorlaridan yon tomonga o’sib chiqishi 6 m2, tashqi devor qalinligi 2,5 m, ichki esa 1,70 m. Umumiy mudofaa devori qalinligi 6,20 m. Darvoza tashqi devorining sharqiy tomonida joylashgan. Olingan ashyolarga qarab, birinchi qavatning mil.avv. IV asrga oidligi aniqlangan. Devor yaqinidan kengligi 10 metr keladigan xandak o’tgan. Shaharda madaniy hayot milodiy IV asrda barham topgan.35 Qo’yqirilganqal‘a qadimgi Xorazm podsholigining sulolaviy va muhim siyosiy markazidir. U keng dehqonchilik vohasining markazi bo’lishi bilan birga astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxona va dafn marosimlari hamda afsonaviy qaxramon Siyovush va suv, hosildorlik ilohasi Anaxitaga bag’ishlangan diniy marosimlar o’tkaziladigan ibodatxona vazifasini ham bajargan deb hisoblanadi. Qo’yqirilganqal‘a eramiz boshlarida yuz bergan o’zaro sulolaviy urushlar jarayonida vayron etilgan.