Tuproqqal’a–Tuproqqal‘a kompleksi baland platforma ustida qurilgan saroy, unga janub va sharqdan tutashib ketgan olov ibodatxonasi va undan janubda joylashgan ibodatxona kvartallaridan tashkil topgan.38 To’g’ri burchak shaklda bo’lib, cho’zilgan 500x350 metr, qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, ularning saqlanib qolgan balandligi 2-8 m. Devor burchaklarida to’rt tomoni teng va devor bo’ylab to’g’ri burchakli burjlar kuchaytirilgan va burjlar dastlab paxsadan, keyinchalik, ochiq yo’lakli devor bilan kvadrat shakldagi xomg’ishtdan tiklangan. Mudofaa devori va burj devorlarida nayza o’qi uchli shinaklar mavjud bo’lib, ular o’rtasidagi maydon hajmi 1,10-1,30 sm. Tashqi devor qalinligi 2,20 sm, ichki esa 1,20 sm, umumiy devor qalinligi 6m. Janubiy devor o’rtasida darvoza joylashgan, u murakab inshoot bilan kuchaytirilgan. Shaharning shimoli-g’arbiy burchagida Ark (saroy) joylashgan, uning poydevori paxsa bloklaridan iborat bo’lib, balandligi 14 m, maydoni 180x180 m (tomonlari 90 m) ni tashkil etuvchi platforma ustida joylashgan bo’lib, mustahkam devor bilan o’rab olingan. Shaharning butun shimoliy g’arbiy burchagini hokimning ulkan qasr egallab, bu qasr murakkab rejali sahnadan va uch burjli ulug’vor qal‘adan tashkil topgan bo’lib, 25 metr baland joyiga qadar butun saqlanib qolgan. Saroyga tutashgan o’ziga xos monumental binoni S.P.Tolstov olov ibodatxonasi deb ataydi. Uning markazida 40x30 m hajmdagi inshoot bo’lib, u ham ikki qator devor bilan o’rab olingan.
Darvozadan to’g’riga kengligi 9 metrli ko’cha o’tgan bo’lib, u shahar ichki qismini ikki mahallaga ajratgan. Shimoli-g’arbiy tomonda yuzga yaqin uy xonalari, 8 ta saroy zali tekshirilgan. Milodiy II-III asrlarga oid madaniy qatlam o’rganilgan. Milodiy IV-V asrlarga kelib iqtisodiy madaniy hayot inqirozga yuz tutgach, faqat uning ark-a‘lo qismida madaniy hayot davom etgan.39 Shahar o’sha zamon harbiy g’oyasining o’ziga xos bir jihati e‘tiborga loyiq, qo’shimcha to’siq sifatida qal‘a devorlari oldida handaq qazilgan.