Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki tsivilizatsiyalar ‘asosi’ - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (tsivilizatsiyalar) haqidagi kontseptsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Jahon tarixining mazmunini Danilevskiy o’zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o’z-o’zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini tariflagan: 1) bir tilda yoki o’xshash tillarda so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) tsivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog’liq bo’ladi; 4) tsivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) tsivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga tasir ko’rsatmaydi, degan manoni anglatmaydi.