YUqorida qayd etib o’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday kontseptsiyalar ham paydo bo’lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu kontseptsiyalarning mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Taniqli nemis faylasufi Karl YAspers (1883-1969) yaratgan nazariyaga muvofiq, tarixning mazmuni tarixning chegarasidan tashqarida yotadi. Tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan etiqod bilan belgilanadi. Mazkur etiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi.
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi ham muhim o’rin egallaydi.
Taraqqiyot rivojlanish jarayonining quyidan Yuksakka, noraso holatdan barkamol holatga o’tish bilan tavsiflanuvchi yo’nalishini anglatadi. Taraqqiyot haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutiladi) va uning ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu holda fan-texnika taraqqiyotini, manaviy sohadagi, talim, sog’liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyot nazarda tutiladi) so’z Yuritish mumkin. Taraqqiyotning asosiy kontseptsiyalarini biz Yuqorida ko’rib chiqdik. Bu erda shuni qayd etish muhimki, taraqqiyot o’z mohiyatiga ko’ra ziddiyatlidir, chunki uning teskari tomoni regress, yani oliydan tubanga, barkamol holatdan noraso holatga o’tishdir. Insoniyat biror narsani qo’lga kiritar ekan, muqarrar tarzda nimanidir yo’qotadi. Shu sababli insoniyatning taraqqiyot yoki regress yo’lidagi harakati haqida faqat umumiy manoda so’z Yuritish mumkin.