Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvalxd SHpengler (1880-1936) rivojlantirgan.
U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o’ziga o’xshash boshqa ‘organizmlar’dan ajralib turadigan alohida ‘organizm’ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo’q va bo’lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. Shu sababli SHpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda ‘o’zgarmas va umumiy’ jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, YUnon-rim, SHarq, G’arbiy Evropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. SHpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm malum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u tsivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. SHpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.
Lokal tsivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnolxd Toynbi (1889-1975)dir. U Danilevskiy va SHpenglerning tarixning tsiklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o’ziga xos va nisbatan berk tsivilizatsiyalar tarixlarining yig’indisi sifatida tushungan (dastlab u 23 tsivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi tsivilizatsiyalarga ‘evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar’ sifatida yondashib, har bir tsivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, tsivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa tsivilizatsiya egallaydi.

Toynbi bu tsivilizatsiyalarda oldinma-ketin Yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o’xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida Yuz beradigan voqealarni bashorat qilish imkonini beruvchi ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolYutsiya hamda insoniyatning manaviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.