2.1. O‘rta osiyoning antik davri, tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagi o‘rni. Ilk yozma manbalar. Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari o’z tarixini yozma ravishda yoritmaganlar (shu davrlarga oid mahalliy yozma manbalar topilmagan yoki ular zamonamizgacha saqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk yozma manbalar - «Avesto», ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo (Yunon-Rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. Ular Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo’lib, o’lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo’ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir IIning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepon va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshlarda yozilgan (Midiya o’lkasi). Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo’limga kiritib, ularning podshosi bo’ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Midiya, Moniya, Lidiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang’iyona, Ar’yo, Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona, Gandaraxa, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka hammasi bo’lib 23ta davlat.
...Men Bobilda bo’lganimda quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagadiya, Saka». Shoh Doro ayturki: «Marg’iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg’iyonalik Frada ismli bir odam o’zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin men, Baqtriya Satrapi, bo’ysunuvchi odamim fors dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: «menga bo’ysunmaganlarni, top-mor qilish kerak». Dadarshish qo’shinlari bilan otlanib, marg’iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko’rsatdi. Axumarazda irodasi bilan mening qo’shinlarim qo’zg’olonchilarni butunlay mag’lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyning 23 kunida sodir bo’ldi. Shundan so’ng davlat mening qo’limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim».
...Podsho Doro xabar qiladi: «Bundan so’ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib kirdim, ularning o’zlari cho’qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryoda kemalardan ko’prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o’z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so’ng mamlakat mening qo’l ostimga o’tdi». Shoh Doro ayturki: «Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug’layman. Axuramazda irodasi va xohishim bilan men ularni tinchitib qo’ydim». Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: «Men Doro, ulug’ shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o’g’li, «Ahamoniy» Shoh Doro ayturki: «Mana huzurimda bo’lgan podsholik, Sug’diyonaning narigi yog’idagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha - bu podsholikni menga Axuramazda xudolar o’rtasidagi ulug’ xudo, tortiq qilgan». Behistun yozuvlarida Doro birinchi bo’lib Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlarini ko’rsatib bergan bo’lsa, naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro’yxati Midiya va Elamdan so’ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: «Men Doro, ulug’ podsho, shahanshoh, ko’p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayxon yerlarning podshosi, Vishtasp o’g’li, Ahamoniy, fors, forsning o’g’li, ariylar urug’idan kelib chiqqan ariy». Shoh Doro ayturki: «Fors viloyatlardan tashqari quyidagi mamlakatlarni men bo’ysundirganman, menga hiroj to’lovchi bo’lgan, mening so’zimni ijro etgan, mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan Midiya, Elam, Parfiya, Ar’yo, Baqtriya, So’g’diyona Xorazm... Saka Naumavarka, Saka Tigraxauda... dengizidan narigi yerdagi saklar». Qadimgi yunon tarixshunoslari. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI-IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarining asarlarida yoritilgan. Bu borada Markaziy Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «tarix» kitobi qismlari, ayniqsa, qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. Gerodot miloddan avvalgi 484-yilda Kichik Osiyodagi Gelikarnas shahrida tug’ilgan (miloddan avvalgi 431-425 yillar o’rtasida vafot etgan). O’rta Osiyo tarixi haqida ham muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni, Turkiston xonlari (Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo’lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintoj (1017-1032 yy.) bilan Sulton Mahmud Faznaviyning vaziri Ahmad ibn Xasan o’rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Agarda bundan tashqari karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo’zg’oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Alovuddin Otamalik Juvayning Mo’g’uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «tarixi jahonkushoy» nomli shoh asari saqlanmagan. Qo’lyozma 1318 yilda Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan vaqtda yo’qolgan bo’lishi mumkin. Sharofuddin Ali Yazdiy tarixda «Zafarnoma» (boshqa nomlari: «Fatxnomayi sohibqironiy», «Zafarnomayi Temuriy», «tarixi jahonkushoyi Temuriy») nomli kapital asari bilan shuhrat topdi. «Zafarnoma» asosan Nizomuddin Shomiyning yuqorida tilga olingan shu nomli asari asosida zo’r badiiy mahorat bilan yozilgan. Lekin Sharofuddin Ali Yazdiy Nizomuddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba’zilariga yangi tarixiy fakt va dalillar bilan boyitdi. To’g’ri, Sharofuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Temurning shaxsi nihoyatda ideallashtirilgan. Shunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya’ni uning bir tomondan zolim fotih ekanligi, ikkinchidan esa Movarounnahrda feodal tarqoqlikka barham berib, markazlashgan feodal davlatga asos solganligi birmuncha haqqoniy va to’g’ri tasvirlangan. «Tavorix-i guzida, nusratnoma» 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo’lib, ikki mustaqil qismdan - «Tavorih-i guzida» va Nusratnoma»dan iborat. Birinchi qismda O’g’uzxon va qadimgi turklar Chingizxon hamda uning Mo’g’uliston, Dashti Qipchoq, O’rta Osiyo va Eronda hukmronlik qilgan avlodi tarixi; ikkinchi qismda esa Shayboniyxon tavalludidan (1451 y) to uning O’rta Osiyoni istilo qilishigacha (1500-1505 yy) Dashti Qipchoq hamda O’rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan. Asar ayniqsa, uning ikkinchi qismi («Nusratnoma») zo’r ilmiy qimmatga ega. Unda Shayboniylar qo’shinining tuzilishi uning etnik tarkibi, shuningdek ko’chmanchilarning Qorako’l, Xisor, Nog’onyon, O’rta-tepa hamda Ho’jand viloyatlarida qilgan yovuzliklari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Asarning yana bir qimmati shundaki, unda muhim tarixiy voqealarning sodir bo’lgan vaqti aniq ko’rsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniy qo’shinlari tarixidan Farg’ona viloyatini bosib olinishi faqat «Nusratnoma»da to’la va to’g’ri yoritilgan. Muhammad Solih Shayboniyxonning hayoti va u olib bergan qonli urushlar haqida hikoya qiluvchi she’riy asar yozib qoldirgan. U Shayboniyxon tug’ilganidan boshlab, to 1505 yillar orasida Dashti Qipchoq, Movarounnahr ham ijtimoiy-siyosiy tarixidan bahs yuritadi. Asarda Shayboniyxon qo’shinlarining yovuzliklari, mehnatkash xalqining og’ir ahvoli, Qorako’l, Qarshi va Guzarda Shayboniylarga qarshi bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Asar boy geografik va etnografik davri
Turkiston Respublikasi maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishlari Markaziy Bosh boshqarmasi tuzildi va V.N.Kucherboyev boshqarma boshlig’i etib tayinlandi. Davlat arxiv bo’limi 8ta seksiya va 4 bo’limdan iborat edi. Bo’limlar quyidagilardan iborat bo’lgan.
1-bo’lim - ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarini birlashtiradi).
2-bo’lim - harbiy seksiya.
3-bo’lim - maorif va iqtisodiyot.
4-bo’lim - tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalari.
Davlat arxiv jamg’armasiga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigagina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham aytila boshladi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga topshirishi belgilari. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kiradi. Joylarda viloyat arxiv jamg’armalari tashkil qilindi.
Ma’lumki 1924 yilda O’rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy davlati chegaralanishi o’tkaziladi. Natijada RSFSR tarkibida O’zbekiston SSR va Turkmaniston SSR. Tojikiston ASSR (UzSSR tarkibida), Qozog’iston ASSR va Qirg’iziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O’zSSRning o’z arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Arxiy hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda bo’linadigan bo’ldi. O’rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv jamg’armalari O’rta Osiyo Markaziy arxivida - Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikalarga oid arxiv jamg’armalari shu respublikalarga beriladigan bo’ldi. Turkiston Respublikasining yagona davlat arxivi jamg’armasi shu tarzda bo’lindi. 1924 yilda 28 dekabrda maxsus qaror bilan O’zSSR M.I.K. huzurida arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O’zbekiston hududida tashkil qilingan barcha arxivlar, masalan, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarida vujudga kelgan arxiv jamg’armalari O’zSSR arxivi ishlari markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek O’rta Osiyo ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv