1.2. O‘rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari turlari va tarqalishi. Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Mil. avv. I ming yillik yunonlar bosqini va ularning keng hududlar bo’ylab tarqalishlari bilan bog’liqdir. Yunon manzilgohlari turli joylarda barpo etilib, metropoliyalarida bo’lgan antik jamiyat uchun xos bo’lgan quldorlik tuzumini olib kelishdi. Bu davrda Yunonistonda muhim ijtimoiy jarayon – quldorlik jamiyatining shakllanishi va mustahkamlanishi yuz bergan edi. Quldorlik tuzumining rivojlanishi natijasida ozod dehqonlar xizmatidan ko’ra qullar mehnatidan foydalanish kuchaydi. Bu esa ozod dehqonlar sonini tobora kamaytirib, ularni yerdan mahrum qilib qulga aylanishlariga olib keldi. Yunonistondagi qullarning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi natijasida ular orasida o’limni kuchaytirdi, bu esa mazkur davlatni qullar mehnatiga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Yunon bosqini mil. avv. VIII asrdayoq O’rta Yer dengizi bo’ylaridagi yerlarni bosib olinishi bilan boshlangan bo’lib, mil. avv. VII asrga kelib yanada kuchaydi. Bu hududda vujudga kelgan yunon shaharlari – koloniyalar metropoliyalardan mustaqil holda boshqarilar edi. Ular O’rta Yer dengizi bo’ylarida yashovchi qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sezilarli ta‘sir o’tkazishdi. Vaqt o’tishi bilan yunonlar o’z hududlarini tobora kengaytirib Shimoliy Qora dengiz bo’ylarini ham bosib ola boshlaydilar. Bu yerdagi eng qadimiy yunon koloniyalaridan biri Dnepropetrovsk-Bugskiy rayoni bo’lgan. Bu yerda Berezan orolida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari jarayonida aholisi asosan baliqchilik bilan shug’ullangan ilk yunon manzilgohlaridan biri ochib o’rganilgan. Koloniya ioniy qabilalariga tegishli bo’lib, bu yerdan topilgan sopol buyumlari ioniy uslubda – kulolchilik charxida yasalgan va juda sifatli qilib pishirilgan va turli afsonaviy manzaralar, o’simliksimon va geometrik naqshlar solingan. Keyinchalik Janubiy Bug daryosining o’ng qirg’og’ida Olviya deb nomlangan koloniya vujudga keladi (yunonchadan tarjimasi “Baxtli”). Bu yunon koloniyalariga berilgan odatiy nomlardan biridir. Olviya 50 ga maydonga ega bo’lib arxeologlarning taxminiga ko’ra 15 mingga yaqin kishi yashagan. Uning paydo bo’lishi haqidagi ilk ma‘lumotlar Gerodot asarlarida berilgan. Olviya shahriga mil. avv. VII- VI asrlarda Milet shahridan kelgan Kichik osiyoliklar asos solishgan. Olviyaning gullab-yashnagan davri mil. avv. IV asrga to’g’ri keladi. Mil. avv. 331-330 yillarda Aleksandr Makedonskiy sarkardalaridan biri bo’lgan Zopirion qo’shinlari tomonidan qamal qilinadi. Mil. avv. III asrga kelib skif-sarmat qabilalarining bosqini natijasida boshqa yunon koloniyalari singari Olviya ham tushkunlikka yuz tutadi. Mil. avv. II asrda Olviya butunlay skiflar tomonidan bo’ysundiriladi. Mil. avv. I asrda shahar frakiy qabilalar bo’lgan getlar bosqinini boshdan o’tkazadi. Keyinchalik shaharning avvalgi maydonining uchdan bir qismida hayot yangidan boshlanadi. Ayrim mahallalar qabriston tagiga qolib ketadi. Milodiy III aasrda Olviya shahridagi hayot gotlarning bosqini natijasida butunlay vayronaga aylanadi. Olviya shahri atroflari yunonlarga qarashli bepoyon g’alla maydonlaridan iborat bo’lib, aholisi asosan don yetishtirish va eksporti bilan mashg’ul bo’lgan. Olviya uzoq shimoliy hududlargacha savdo aloqalarini olib borganligini tarixiy manbalar va ashyoviy topilmalar tasdiqlaydi. Olviyada ishlangan buyumlar Kiev va Poltava hududlaridan topilgan bo’lsa, shuningdek bu yerdan Volga bo’yi hududlariga olib boruvchi karvon yo’li boshlangan. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida turar-joy, xo’jalik binolari bilan birga savdo markazi qoldiqlari ham ochib o’rganilgan. Bu yerdan 700 ga yaqin tanga-chaqalar topilgan. Tangalarning paydo bo’lish tarixiga nazar tashlasak, ularning paydo bo’lishi mil. avv. VII asrda lidiyaliklar tomonidan muomalaga kiritilgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham tarqalgan. Ilk Olviya tangalari mil. avv. VI-V asrlarda paydo bo’lgan. Ularda asosan delfinga tashlanayotgan burgut tasvirlangan. Qal‘aning shimoliy qismida Zevs va Apollonga sig’iniladigan ibodatxona bunyod etilgan bo’lgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o’z navbatida jahon sivilizatsiya tarixida katta o’ringa ega. Sharq sivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg’ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Mil. avv. 330 yilda Makedoniyalik Aleksandr Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor qiladi. Mil. avv. 329-327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Xorazm, Farg’ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo’lib qoladi. Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo - antik davrni vujudga keltiradi. Mil.avv. III asrning o’rtalarida Baqtriya va Parfiya Salavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya yerlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo hududlarining Ahamoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo mil. avv. 330-327 yillarda Aleksandrning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi. Lekin ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat salavkiylar davridan boshlanadi. Mil. avv. III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari – So’g’d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi. O’sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So’g’dda Afrosiyob, Erqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi. Miloddan avvalgi II asrning 2-yarmida O’rta Osiyoning shimoli-sharqidan ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalari Qadimgi Farg’ona, Usrushona, So’g’d orqali Qadimgi Baqtriya yerlariga kirib keladi. Milodiy I asrning boshlarida yuechjilarning guyshan qabilasi boshchiligida Kushonlar davlati tashkil topadi. Uning hududiy chegarasi Hindistonda Hind va Ganga daryolarining havzalarigacha borib yetadi. Qadimgi Farg’onada Davon davlati, O’rta Osiyoning qolgan hududlari (Xorazm va So’g’d) esa Sirdaryoning o’rta havzasida qadimgi davrda qad ko’targan Qang’ davlati tarkibida rivojlanishda davom etadi. Mil. avv. III asridan boshlab Kushonlar saltanati inqirozga uchraydi. Shu tariqa O’rta Osiyoning davlatlari quldorlik munosabatlari tushkunligi bilan bog’liq holda tanazzulga yuz tutadi. Yunon-Baqtriya Sharqning yirik davlati sifatida 120 yildan ortiq (mil.av. 250-128 yillar) vaqt yashadi. Yunon-Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona yerlari tashkil etgan bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan to’q, shaharlari ko’p, tabiiy boyliklari mo’l hududlar edi. Yunon-Baqtriyaning ko’plab yodgorliklari qadimgi davrga mansub bo’lib, ularning asosiy qismi arxeologlar tomonidan o’rganilgan. Baqtriyada – (Afg’oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi; Qabadshoh, Qayqabod, Ko’hnaqal’a (Tojikiston qismida), Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko’plab qadimgi shahar xarobalari (O’zbekiston qismida) ochib o’rganilgan. So’g’diyonada Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Talli Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari, Marg’iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan. Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachili-kdan tashqari kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lib, bu davrda yasalgan kulolchilik buyumlarining tengi yo’q edi. Uy-joylarshohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning
asarlarida turli xil musiqa asbobi chalayotgan musiqachilar tasvirlangan. Termiz yaqinida arxeologlar Qoratepa yodgorligini topib o’rganganlar. Qoratepa buddaviylik dinining ibodatxonasi bo’lgan. Qoratepa tabiiy tepalik bo’lib, uning atrofidan ko’plab haykallar topilgan. Fayoztepa esa Qoratepa yaqinida joylashgan yodgorlik bo’lib, u buddaviylarning ibodatxonasi va maktabi vazifasini o’tagan. Kushonlar davriga oid yodgorliklarning yana biri Dalvarzintepa bo’lib, u Surxondaryo viloyatida joylashgan. 1972 yilda Dalvarzintepani qazish vaqtida 34 kg og’irlikda tilladan ishlangan 115 dona buyum topilgan. Ular bilaguzuklar, uzuk, to’g’nag’ichlar bo’lib, yuksak mahorat bilan yasalgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida 60 ta turli xil metal buyumlar topilgan. Metall bilan bog’liq hunarmandchilikning rivoji haqida gap ketganda Dalvarzintepadan topilgan tosh qoliplarni ham ko’rsatish mumkin. bu qoliplarda oyna, o’roq, pichoq, bigiz va boshqa shunga o’xshash ho’jalik buyumlari quyilgan. Metall esa sopol idishlarda tigellarda eritilganligi olimlar tomonidan aniqlanib, o’rganilgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida ot uzangilari va suvlig’i, oyna, bilaguzuk, halqa va qarmoqlar, ikki parrakli bronza paykonlari topildi. Chust madaniyati yodgorliklarida toshdan mehnat qurollari yasash davom etadi. Masalan, birgina Dalvarzintepani qazish vaqtida 1500 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Tosh qurollar orasida qum-toshdan yasalgan o’roqsimon pichoqlar yasash alohida diqqatga sazovordir. Bu yerdan 400 yaqin ana shunday tosh pichoqlar topilgan. Topilmalarga qaraganda o’sha davrda suyakdan qurol yasash ham keng yo’l qo’yilgan. Suyakdan yasalgan-taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ham Davlvarzintepada ko’plab uchraydi. Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o’rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri –Qo’yqirilganqal’adir. Qo’yqirilganqal’ada 1951-57 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning mil. avv. IV – milodning I asriga mansub bo’lgan shaharlaridan biri bo’lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat bo’lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o’rab olingan. Arxeologlar 3 qatordan iborat bo’lgan mudofaa devori bo’lganligini, tashqi