Tarix fanidan


Xulosa. Foydalanilgan adabyotlar ruyxati



Yüklə 122 Kb.
səhifə2/13
tarix04.06.2022
ölçüsü122 Kb.
#60644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
NOZIM NAZAROV1

Xulosa.
Foydalanilgan adabyotlar ruyxati.

KIRISH
Ushbu dastur “Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya tarixi” fanining tarix fani tizimida tutgan o‘rni, fanning maqsadi, vazifalari va predmeti, tadqiqot ob’ektlari, fanining shakllanishi va rivojlanishi, dastlabki ilmiy jamiyatlarining tashkil qilmnishi hamda ularning faoliyati, jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, Tarixiy o‘lkashunoslikning turlari, ilmiy ya’ni davlat o‘lkashunosligi, jamoat o‘lkashunosligi, maktab o‘lkashunosligi. Vatanimizning geografik o‘rni va tabiati, Tarixiy o‘lkashunoslikda arxeologik, me’morchilik, etnologik, antropologik, toponimik, yozma va arxiv manbalarining ahamiyati, muzey manbalaridan foydalanish va ulardan o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. O‘lkamizda shaharsozlik urbanizatsiyasi va davlatchilikning qaror topishi. O‘lkamizda qadimgi davlatlar va shaharlar to‘g‘risida yozma manbalar, Vatanimizning janubiy hududlarida qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘rta asrlar davrida yaratilgan manbalarda “shahar” tushunchasi. X-XII asrlarda shahar madaniyatining ravnaqi, Amir Temur va Temuriylar davrida shaharsozlikning rivojlanishi. So‘nggi o‘rta asrlarda o‘lkamizda urbanizatsiya jarayonlarning taraqqiy etishi kabi jihatlarni o‘rganishga etibor qaratilgan. Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, har bir yosh avlodda o‘z o‘lkasi tarixini o‘rganish va vatanni sevish hisini o‘yg‘otish, Bugungi kunda o‘lkamizda olib borilayotgan barcha xayirli ishlarni yoshlar ongiga singdirish, o‘z tuprog‘i, ona zamin va o‘lkasini qadrlashga undash kabi masalalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

I.BOB. O‘rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari.
O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N.Bernshtam, Pomir-Oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar. O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolar antik davr tarixini yoritishda muhim manba bo’ladi.1 O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlarю O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan. 1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Mil.av. IV – milodiy III asrlarga oid bo’lgan shaharlar ko’chmanchilar bilan chegaralarda, daryo sohillarida, sug’oriladigan vohalarda qurilgan bo’lib, mukammal mudofa tizimlariga ega.2

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin