Tarix fanidan


II.BOB. O‘rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari va ularning tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagi o’rni



Yüklə 122 Kb.
səhifə10/13
tarix04.06.2022
ölçüsü122 Kb.
#60644
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
NOZIM NAZAROV1

II.BOB. O‘rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari va ularning tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagi o’rni.
Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o’z navbatida jahon tsivilizatsiya tarixida katta o’ringa ega. Sharq tsivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg’ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Iskandar Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor qiladi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Xorazm, Farg’ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo’lib qoladi. Makedoniyalik Iskandar Salavka davlatini, Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo-antik davrni vujudga keltiradi. Mil.av. III asrning o’rtalarida Baqtriya va Parfiya Selavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo, miloddan avvalgi 330-327 yillarda Iskandarning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, qismi arxeologlar tomonidan o’rganilgan. Baqtriyada –(Afg’oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi; (Tojikiston qismida) Qabadshoh, Qayqabod, Ko’hnaqal’a, (O’zbekiston qismida) Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko’plab qadimgi shahar xarobalari ochib o’rganilgan. So’g’diyonada Erqo’rg’on, Afrosiyob, Tali Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari, Marg’iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan. Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lib, bu davrda yasalgan kulolchilik buyumlarining olamda tengi yo’q edi. Uy-joylarshohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko’tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So’g’d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi. Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar. Yunon-Baqtriya aholisi zardo’shtiylik diniy e’tiqodida bo’lib, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, erga, quyoshga bo’lgan hurmat va e’tiqod, xudolarga bo’lgan (Mitra, Naxid...) e’tiqod bilan uyg’unlashib ketgan. Ko’chmanchi qabilalarning Yunon-Baqtriya erlariga kirib kelishi uni inqirozga uchratadi. 110 yilda yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya erlariga kirib kelib, o’z hukmronligini o’rnatdi. Guyshan qabilasi yabg’usi Kudzula Kadfiz boshqa qabila yabg’ularini tobe etib, o’zini hukmdor deb e’lon qiladi. Tarix sahnasiga shu tariqa Kushonlar davlati kelib, u uzoq muddat, milodning IV asrigacha hokimiyatga egalik qildi. Uning hududiy chegarasi Amudaryo qirg’oqlaridan janubda Hindistonning janubiy rayonlarigacha tarqaldi. Kushonlar podsholigida shahar qurilishi, me’moriy-monumental, amaliy va tasviriy san’at, haykaltaroshlik rivojlandi.buddaviylik diniy e’tiqodi davlat dini darajasiga ko’tarildi. Budda va uning sanamlari (badisatva) ni haykallari bilan ibldatxonalarni bezash ruhiy va ma’naviy zaruratga aylandi. Dehqonchilik, uning asosi hisoblangan irrigatsiya inshoatlari barpo etish taraqqiy etdi. Bu ishlarning davlat tasarrufiga olinishi ko’plab moddiy boyliklar yaratilishiga imkon berdi. Kushonlar davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Buyuk Ipak yo’li g’arb va sharq xalqlarining hayotida katta rol o’ynadi. Kushonlar davrining katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklaridan biri milodiy I asr

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin