2.2. Antik davrining tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagitutgan o’rni. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi. Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib oliiishidan ancha ilgari bu o`lkani o`rganishbo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi. XIX asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan
Xulosa. Xulosa qilib shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antik davrda shahar madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu yerda Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi. Me’morchiligida mudofaa inshootlari, diniy va dunyoviy monumental inshootlarning paydo bo’lishi shahar madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi. Moddiy madaniyatning barcha jabhalarida originallik, amaliy va tasviriy asarlarida yuksak did va mahorat ruhi antik madaniyatni mazmun va mohiyatini belgilab beradi, XIX asrning birinchi yarmida mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar mamlakatning xo`jaligi, iqtisodiy munosabatlar, sinfiy kurash, xalq xarakatlari va siyosiy voqealarning ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini ochib bera olmagan bo`lsa ham, tarixchilarimiz o`lkani o`rganishda, solnomalar tuzishda, etnografik va toponimik materiallar to`plashda bu nodir asarlardan, tanqidiy nuqtai nazardan qarab foydalanishlari mumkin. Bu asarlar shuning uchun ham 1917 yilga qadar o`lka tarixini o`rganishda juda qo`l keladi. runki ularning mualliflari bevosita o`sha davrda yashatan, ro`y berayotgan voqea va xodisalarpi o`z ko`zlari bilan ko`rgan, shuningdek ularni oldingi davr voqealari bilan qiyoslagan. SHu nuqtai nazardan bu asarlar muhim ahamiyat kasb etadi.