Tarix fanlari kafedrasi ummatov mirzohid zokirjonovich


Mavzuning o`rganilishi darajasi



Yüklə 351,5 Kb.
səhifə3/10
tarix16.12.2023
ölçüsü351,5 Kb.
#183439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarix fanlari kafedrasi ummatov mirzohid zokirjonovich

Mavzuning o`rganilishi darajasi. ‘O’zbekiston shaharlari toponomikasi masalasi alohida tadqiqot ob`yekti sifatida hozirga qadar o`rganilmagan bo`lsada, O`zbekiston shaharlari va ularning nomlanishi xaqida ayrim adabiyotlarda ma`lumotlar berilgan. O`zbekiston shaharlari toponomikasi yoritilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Eng qadimgi davr va o`rta asrlarda O`rta Osiyo tarixi va geografiyasi yoritilgan asarlar.
2. Rossiya imperiyasi hukmronligi davriga oid asarlar.
3. Sovet davri adabiyotlari.
4. Mustaqillik davrida nashr etilgan asarlar.
Birinchi guruhga mansub adabiyotlarning mualliflari asosan yunon, rim, arab, fors, xitoy va mahalliy olimlar, sayyohlar hisoblanib, ular o`z asarlarida O`rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari, davlatlari, geografiyasi, tarixi bilan bir qatorda o’lkamizning qadimgi shaharlari va ularning toponomiyasiga oid qimmatli ma`lumotlar berganlar. Xususan, O'rta Osiyo va uning geografik nomlari to'g'risidagi eng qadimgi ma'lumotlar yunon va rim olimlari asarlarida uchraydi. “Tarix fani otasi” deb nom olgan Gerodot (miloddan avvalgi 485 – 425 yillar), qadimgi yunon geografi va tarixchisi, 17 jildlik “Geografiya” asarining muallifi Strabon (miloddan avvalgi 64/63 – 23/24 yillar), tarixchi va yozuvchi, 7 jildlik Aleksandr Makedonskiy yurishlari tarixi muallifi Flavly Arrian (95 – 175 yillar), “Aleksandr Makedonskiy tarixi”ni yozgan Ruf Kursiy (I asr), Astronom Havdiy Ptolemey (tahminan 90 – 160 yillar) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
O’rta asrlarda O’rta Osiyo tarixi va gografiyasi to’g’risida ma’lumotlar asosan arab, fors va mahalliy muarrixlarning asarlarida uchraydi. Xususan, X – XI asrlar arab geograflari Istahriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy, X – XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshimiz “At-taf-xim”, “Hindiston tarixi”, “Al-osorul boqiya”, “Qonuni Ma'sudi” asarlari muallifi Abu Rayxon Beruniy va “Buxoro tarixi’ asari muallifi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy, XI asrda yashagan “Devonu lug'otit turk” asari muallifi Mahmud Qoshg'ariy, XIII asrda ijod qilgan Yoqut (Yoqut ibn Abdulloh ar-Rumi al-Hamaviy) va “Boburnoma” asarining muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarni ko’rsatishimiz mumkin.

Yüklə 351,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin