Tadqiqotning maqsad va vazifalari. O`zbekiston shaharlari toponomikasiga mavzusi oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
– O`zbekistonning qadimiy shaharlari toponomikasini o`rganish va tahlil qilish;
– arablar va mo`g’ullar istilosining O`zbekiston shaharlari toponomikasiga ta`sirini ko`rsatib berish;
– Rossiya imperiyasi istilosining O`zbekiston shaharlari toponomikasiga ta`sirini yoritish;
– sho`rolar tuzumi davrida O`zbekiston shaharlari toponomikasidagi o`zgarishlarni ko`rsatib berish;
– mustaqillik yillarida O`zbekiston shaharlari toponomikasidagi o`zgarishlarni yoritish;
– O`zbekiston shaharlari toponomikasining o`ziga xosliklarini hududlar misolida taqqoslash va tahlil qilish.
Tadqiqotning manbalari. Eng qadimgi davrlardan to XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan davrda O`rta Osiyoda bo`lgan yoki uning tarixini o`rgangan yunon, rim, xitoy, arab, fors, ingliz, rus olimlaring ma`lumotlari hamda mahalliy muarrixlarning asarlaridagi toponomik ma`lumotlar tadqiqotning asosiy manbalari bo`lib bo`lib xizmat qiladi. Mahalliy muarrixlardan Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Mirzo Olim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin”, Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Aziz Marg’iloniyning “Tarixi Aziziy”, Ishoqxon Ibratning “Tarixi Farg’ona”, Mulla Olim Mahdumning “Tarixi Turkiston” va boshqa asarlar tadqiqotni yoritishda muhim ahammiyatga ega. Shuningdek, Nodira nomidagi Namangan Markaziy kutubxonasi va Namangan Davlat universiteti asosiy kutubxonasida saqlanayotgan nodir asarlar, gazeta va jurnallar, turli hajmdagi ilmiy to`plamlar Bitiruv Malakaviy Ishining manbaviy asosini boyitishga hizmat qildi.
Tadqiqot ob`yekti. O`zbekiston Respublikasi shaharlari toponomikasini o`rganish tadqiqotning ob`yektini tashkil etadi.
Tadqiqotning davriy chegarasi. Tadqiqot uchun davriy chegara qilib yurtimiz hududida shaharlar paydo bo`la boshlagan qadimiy davrlaridan bugungi kunga qadar bo`lgan davr olindi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Mavzuni yoritish jarayonida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlarida ilgari surilgan Vatan tarixini manbalar asosida haqqoniy o`rganish, xolislik va tarixiylik tamoyillariga asosiy e`tibor qaratishga oid g’oyalari nazariy asos vazifasini bajardi. Tadqiqot jarayonida muammoni yangi tarixiy tafakkurning kontseptual nuqtai-nazaridan idrok etishga, tarixiy voqealar xarakterini ularning real mazmuni asosida, hozirgi zamon tarix fani talablari kontekstida ochib berishga asosiy e`tibor qaratildi.