2.2 Oltin O`rda xonligining madaniy hayoti Oltin O‘rda madaniy muhiti o‘ziga xos tarzda rivojlanib bordi. Bu davlat hududidagi madaniy hayotda, xususan, yashash tarzida, diniy e’tiqodda, arxitekturada o‘troqlashgan turkiy qavmlarning ta’siri katta bo‘ldi. O‘zbekxon davrida Oltin O‘rda jamiyatining yuqori tabaqasi islom dinini rasmiy qabul qildi. YUqori tabaqaning ko‘zga ko‘ringan vakillarini islom diniga jalb qilish ishlariga Oltin O‘rda xonlaridan Berkaxon birinchi bo‘lib asos soldi. Berkaxon tomonidan islom dinining qabul qilinishini XIV asrda yashagan mashhur arab tarixchisi ibn Xaldun quyidagicha tasvirlaydi: “U (Berka) islom dinini SHamsiddin Elbaxarziydan qabul qildi. Elbaxarziy esa Najmiddin Kubroning muxlislaridan bo‘lgan shogird edi...Buxoroda istiqomat qilib turgan Elbaxarziy islom dinini qabul qilish to‘g‘risida Berkaga taklifnoma yubordi. U (Berka) islom dinini qabul qildi va: “Mening qo‘l ostimdagi boshqa erlarda ham diniy targ‘ibot ishlarini bemalol olib borishingizga to‘la huquq beraman”, deb Elbaxarziy nomiga yorliq jo‘natdi. Ammo u (Elbaxarziy) bundan bosh tortdi.22 Berka Elbaxarziy bilan uchrashish uchun yo‘lga chiqadi. Lekin Elbaxarziy o‘zining yaqin odamlari iltimos qilmagunlaricha Berka uning huzuriga kirishiga ruxat etmadi. Elbaxarziyning yaqin odamlari Berka kirishiga ruxsat olib berdilar. U Elbaxarziy huzuriga kirgach, islom diniga kertirgan iymonini yana takrorladi va shundan keyin shayx islom dinini oshkora targ‘ib qilishni unga yukladi. Garchi bu davrdagi adabiyot – turkiy adabiyot, til – turkiy til deb yuritilsa xam, turkiy tilli xalqlar orasida alohida mavqe tutgan har bir o‘zbek kitobxoniga Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan asarlar juda yaqin. Shu o‘rinda o‘zbek mumtoz adabiyotini va o‘zbek adabiy tilini davrlashtirish masalasiga e’tibor qaratish zaruratini aytib o‘tmoqchimiz. Oltin O‘rda o‘zbek adabiyoti rivojida alohida bosqichni paydo qildi. Bu davr adabiyoti o‘zidan oldingi va keyingi davr adabiyotini aslo takrorlamagan, aksincha, o‘z qiyofasiga, mavqeiga ega bo‘lgan adabiyotdir.
Oltin O‘rda davlatidagi ijtimoiy, siyosiy hayot madaniy hayotning tubdan yangilanishiga, o‘ziga xoslik kasb etishiga xizmat qildi. O‘rta Osiyodagi madaniy va adabiy hayot Oltin O‘rdaga ko‘chdi. Bu ko‘chish tarix oqimining tabiiy samarasi bo‘lgan edi. SHu bois “Oltin O‘rda adabiyoti” degan terminni ishlatish, Oltin O‘rdada va Misr mamluklar davlatida yaratilgan adabiy jarayonga nisbatan shu termidan istifoda etish maqsadga muvofiqdir. Oltin O‘rda adabiy muhiti shunisi bilan diqqatga sazovorki, birinchidan, o‘zbek adabiyotiga yangi janr – noma janri kirib keldi; ikkinchidan, musulmon madaniyatini va islom dinini yoyish uchun o‘zbek tilida birinchi marta payg‘ambarlar tarixiga oid asarlar yaratildi.
Nosiruddin Burxoniddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” (710\1310 yil), Mahmud ibn Ali as-Saroyining “Nahjul – farodis” (“Jannatlarga ochiq yo‘l”, 761/1361 yil) asarlari buning yorqin namunasidir. “Qisasi Rabg‘uziy” singari “Qisas ul-anbiyo”larning o‘zbek tilidagi ko‘plab nusxalari bugungi kunda Turkiya muzeylarida, kutubxonalarida saqlanmoqda. Bu asarlarning ko‘p qismi Oltin O‘rda davlati hukm surgan davrda yaratilgan.23 Mazkur “Qisas ul-anbiyo”larning aksariyati forschadan qilingan tarjimalardir. Turk olimi Ismat Jamilo‘g‘li “XIV asrga oid bir “Qisas ul-anbiyo” nusxasi ustida sintaktik tadqiqot” (Anqara, 1994) nomli asarida ana shu kitoblarning qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni bergan. Ikkinchidan, Oltin O‘rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning takomili natijasida o‘zbek adabiyotiga yangi janr – noma janri kirib keldi.
Xorazmiyning birinchi marta o‘zbek tilida yaratilgan “Muhabbatnoma” (1353) asari buning dalilidir. Uchinchidan, Oltin O‘rdadagi adabiy muhitning e’tiborga molik jihatlaridan yana biri tarjimachilikka alohida e’tibor berilganidir. Turli tillardan o‘zbek tiliga nodir asarlarning tarjima qilinishi bevosita va bilvosita CHingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, erli aholiga bo‘lgan ehtirom samarasidir. Chingiziy hukmdorlar farmonlarini turkiy tilda e’lon qilganlari, eski uyg‘ur-turkyozuvi asosida mo‘g‘ul yozuvini yaratib, mo‘g‘ul davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos solganlari buning yana bir dalilidir. Chingizxon avlodlarining muruvvatpeshaligi va erli aholiga xayrixoh munosabatlarini Oltin O‘rda xonlari davom ettirdilar.
Oltin O‘rdada o‘zbek tilida yaratilgan har bir asarning yuzaga kelishida biron hukmdorning ta’siri bor. Qutbning “Husrav va Shirin”i tarjimasi shahzoda Tinibekka bag‘ishlangan. “Muhabbatnoma” aynan o‘zbek tilida Muhammad Xo‘jabekning homiyligi va taklifi bilan, “Qisasi Rabg‘uziy” Xorazm beklaridan To‘qbug‘abekning iltimosi bilan yozilgan va h. Bulardan tashqari, til jihatdan “Qisasi Rabg‘uziy”ga yaqin bo‘lgan “Tafsir” va “Siroj ul-qulub” asarlari ham Oltin O‘rdada yaratildi. Albatta, Oltin O‘rda abadiy davlat bo‘lib qola olmadi.24 Shahzodalar o‘rtasidagi mulkparastlik hukmronlikka intilish Oltin O‘rdani ichdan emira boshladi. Oltin O‘rda, Tovka Temur va Shaybon sulolalari o‘rtasidagi ixtiloflar XIV asrning 60-yillarida kuchaydi. Aslida tanazzul alomatlari Oltin O‘rda ikkiga – Ko‘k O‘rda va Oq O‘rdaga bo‘linib ketgan paytda boshlangan edi. Ayniqsa Jonibek davrida (1340-1357) tanazzul tezlashdi. Oltin O‘rda davlatining tanazzuliga yana bir sabab – Oltin O‘rdadagi iqtisodiy buhronlar, ishlab chiqaruvchi kuchlar izdan chiqib borayotgani, hunmarmandlarning va boshqa tabaqa aholining katta qismi qashshoqlashuvi, faqat mahalliy bozorlar bilan chegaralanib qolingani edi. 25 Shubhasiz, iqtisodiy va siyosiy zaiflashuv Oltin O‘rdaning adabiy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oltin O‘rda adabiy hayoti iqtisodiy va siyosiy buhronlarga aralashib, tanazzulga yuz tutmasligi uchun vaziyatni ham, makonni ham o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Adabiy hayot tamomila o‘zga yurtga – Misrga ko‘chdi. Bu adabiyot ravnaqi uchun Misrda barpo etilgan turkiy qavmlar davlati asos bo‘ldi. Mamluklar davlatining qisqacha tarixi. Bu davlatdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. Tarixda Mamluklar davlati deb nom olgan bu davlat hukmdori Iziddin Oybeg nomi bilan bog‘liq bo‘lib, 1250-yili tashkil topgan. Mamluk – qul deganidir.
Bu davlatning tashkil topishida Misrga sotilgan sobiq qullardan qipchoqlar, cherkaslar, gruzinlar muhim rol o‘ynadi. Misr podshohi as-Solih Ayub vafot etgandan keyin, to uning o‘g‘li Turon shoh taxtga kelgunga qadar podshoh Ayubning askarlari Misrga salib yurishlari qilgan Lyudovik 1Xning askarlarini tor-mor qilib, uni asirga oldilar. Ayubning lashkarlari mamluklardan iborat edi. SHu tariqa mamluklar Misrda mavqeini mustahkamlar oldilar. Oradan to‘rt hafta o‘tgach, Ayubning o‘rniga taxtga o‘tirgan Turon shoh mamluklar tomonidan o‘lririldi. Mamluklar davlatiga Ayubning bevasi Shojar ad-dur o‘tirdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, Mamluklar davlati taxtiga Iziddin Oybeg o‘tirdi.
Mamluklar davlati 1250-yildan XVI asrning boshlarigacha. 1516-1517 yillargacha Misr va Suriyada hukmronlik qildi. Mamluklarning birinchi hukmdori Iziddin Oybeg ham asli qipchoq qavmidan edi. Qipchoqlarning mavqei Misrda baland bo‘lgani uchun hokimiyatni ular boshqardi. Taxminan 1260-yillargacha Mamluklar davlatida parokandalik bo‘lib turdi. 1260-yili Rukniddin Boybars taxtga o‘tirib, o‘zini Misr sultoni deb e’lon qildi. U kelib chiqishi bo‘yicha Xorazmdan. Bu hukmdor taxtga o‘tirgach, Misrning Oltin O‘rda bilan aloqalari jonlandi, tarixiy asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. Turkiy sulolalar va xalqlari haqida tarixiy-geografik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomuslar yaratildi.26 Misrda sulton Boybarsning tarjimai holiga bag‘ishlangan tarixiy asar yozildi. Bu asarni Boybarsning kotibi Abdu Zohir yozdi. Asarda Oltin O‘rda bilan munosabatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi, Qrimdan Volgaga qadar qisqacha yo‘l ko‘rsatkich beriladi, Qrim aholisi haqida etnografik, diniy ma’lumotlar keltiriladi. Bu paytda Dashti Qipchoqdan kelgan ko‘p aholi yashardi. Boybars mamluklar davlatini mustahkamladi, har bir shaharda doimiy armiyasini tashkil qildi. Davlat ichida tartib-qoidani mustahkam qildi. Saroydagi o‘zaro nizolarga tamomila barham berdi. Mamluklar davlati shu qadar gullab-yashnadiki, Boybarsgacha ham. undan keyin ham bu darajada rivojlanmagan edi. Mamluklar davlatiga dunyoning hamma tomonidan savdogarlar keladigan bo‘ldiyu Daryolarga ko‘priklar, har bir shaharda masjidlar barpo qilindi. Boybars Sharqdagi hamma arab erlarining, Saljuqlar va O‘rta Osiyo, Armanistonning o‘lkalarining hukmdori bo‘lib qoldi. Atrofdagi hamma davlatlar mamluklar bilan hisoblashadigan bo‘ldi. Boybars sulton bo‘lganda, qipchoq erlari Oltin O‘rda davlatiga qarar, bu davlatni mo‘g‘ul xonlaridan Berkay (1256-1266) boshqarardi.
Boybars unga maktub yuborib, do‘stona aloqalar o‘rnatishni taklif qildi. 1262 yili har ikkala davlat o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatish maqsadida Boybars o‘z elchisini jo‘natdi. SHundan so‘ng Oltin O‘rda va Mamluklar davlati o‘rtasida harbiy, savdo, diniy, madaniy aloqalar mustahkamlandi. 1277-yili Boybarsni o‘zining vaziri, qipchoqlardan bo‘lgan Qolovun zaharlab o‘ldirdi. U Damashqda dafn etildi. SHunday qilib, Boybars sulton mamluklar davlatini qudratli saltanatga aylantirdi, Misr va Suriyani salib yurishlaridan, mo‘g‘ullar hujumidan himoya qildi. Mamluklar davlati bilan Oltin O‘rda o‘rtasida Rukniddin Boybars o‘rnatgan aloqa keyinchalik har ikkala davlat taqdirida muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa Oltin O‘rda madaniy va adabiy muhitining yashab qolishi uchun zamin yaratildi. Boybars ilk bor Oltin O‘rda xoni Berkayga maktub yuborgan paytda, Oltin O‘rda tanazzulga yuz tutgan edi. Adabiy muhit asta-sekin Misrga ko‘cha boshladi. Misr maluklar davlatidagi adabiyot bilan Oltin O‘rdadagi adabiy jarayonni til birlashtirdi. Misr-turk davlatidagi adabiyotning til xususiyatlari chig‘atoy tili yodgorliklari bilan qiyoslanganda, qipchoq tili elementlari bilan bir qatorda, o‘g‘uz tili elementlari ham ko‘p ekani kuzatiladi.
Bu to‘g‘rida mashhur turkiyshunos Amir Najip alohida tadqiqot yaratgan. Misr turk davlatidagi adabiyotning yirik namunasi sifatida Sayfi Saroyi va uning zamondoshlari adabiy merosini keltirish mumkin. Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari ilm ahliga birinchi marta 1915-yili ma’lum bo‘lgan. Asar Oltin O‘rdadagi tarjima adabiyotlarining Misrdagi an’anaviy davomidir. Sayfi Saroyi va uning ijodkor zamondoshlari ona Vatandan uzoqda bo‘lsalar ham, X1V asrning ikkinchi yarmidagi turkiy adabiyotni yuqori darajaga ko‘tarib, jamiki turkiy xalqlar o‘lkalaridagi aholiga tushunarli tilda ijod qildilar.
XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda Misr madaniy muhitini mamluklar tamomila o‘zgartirib yubordilar. XV asrda yashagan arab muarrixlari qipchoq adabiy tilida va arab tilida ijod qilgan ko‘plab olimlar, yozuvchilar va shoirlarning nomlarini keltiradilar. Ular Misrdagi madrasalarda turli fanlardan dars berdilar. Oltin O‘rdadagi o‘zaro jangu jadallar oqibatida X1V asrning ikkinchi yarmidan ko‘plab madaniyat arboblari Misrga ko‘chib borib, yangi-yangi turkiy madaniy markazlarni paydo qildilar. Bu davrda qipchoq-o‘g‘uz tilida turli mazmundagi va janrdagi adabiyot shakllandi. Arab va fors tillaridan bu tilga tarjima qilingan bar qator asarlar turkiy adabiyotni miqdor va sifat jihatdan boyitdi. Umuman turkiy madaniy muhit, turkiycha an’ana va ruh adabiyotning rivojiga imkoniyat yaratib berdi. “Shohnoma”ning tarjimasi ham ana shu madaniy muhitning mahsulidir.27 Mashhur venger turkiyshunosi Von Lekok shunday yozgan edi: “Misrning madaniyati va san’atining rivoji muttasil ravishda hokimiyat arablardan turkiy hukmdorlar qo‘liga o‘tgan davr bilan bog‘liq”. Misrda nafaqat adabiyot turkiy tilda edi, balki turkiy qavmlarning azaliy udum va qadriyatlari ham saqlanib qolgan edi. Oltin O‘rdada shakllangan turkiy adabiy va ilmiy muhitning Misrda mustahkam qaror topib borganini o‘sha davrda yaratilgan ilmiy asarlar ham ko‘rsatadi. Turkcha-arabcha lug‘atlar (muallifi noma’lum “Tarjumoni turkiy va ajamiy va mo‘g‘uliy va forsiy” lug‘ati, Abu Xayyonning “Kitob al-idrok li-Lison al-Atrok” nomli leksika va grammatikaga oid asari, muallifi noma’lum “At-Tuhfat az-Zakiya fil-lug‘atit-turkiya” nomli leksika va grammatikaga oid asar, Jamoliddin Turkiyning “Bulg‘ot” nomli qipchoq tili lug‘ati va h.) buning bir dalilidir.
Umuman, Oltin O‘rda va Misr mamluklar davlati turkiy xalqlar madaniy va adabiy hayotida katta iz qoldirdi. Oltin O'rda uzoq va ishonchli tarzda tatar-mo'g'ul bo'yinturug'i, ko'chmanchilar bosqini va mamlakat tarixidagi qora chiziq bilan bog'liq. Va bu davlat tuzilishi aslida nima edi? Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda bizga tanish bo'lgan nom, davlat mavjud bo'lganidan ancha keyin paydo bo'lgan. Biz Oltin O'rda deb atagan narsamiz, gullab-yashnagan davrida Ulu Ulus (Buyuk Millat, Buyuk Davlat) yoki (Jochi davlati, Jochi xalqi) Xon Temuchinning to'ng'ich o'g'li Xon Jochi nomi bilan atalgan, tarixda Chingizxon nomi bilan mashhur.Ikkala ism ham Oltin O'rdaning miqyosi va kelib chiqishini aniq ko'rsatib beradi. Bu juda katta erlar, Jochi avlodlariga tegishli edi, shu jumladan Rossiyada Batu Xon nomi bilan mashhur bo'lgan Batu.
1227 yilda Jochi va Chingizxon vafot etishdi (ehtimol bir yil oldin Jochi), o'sha paytga kelib Mo'g'ullar imperiyasi Kavkaz, O'rta Osiyo, Janubiy Sibir, Rossiya va Volga Bolgariyasining katta qismini o'z ichiga olgan. Chingizxon qo'shinlari, uning o'g'illari va qo'mondonlari tomonidan bosib olingan erlar, buyuk bosqinchi vafotidan so'ng, to'rtta ulusga (shtatlarga) bo'lingan va zamonaviy Bashkiriya erlaridan tortib eng katta va eng kuchli bo'lgan. Kaspiy darvozalariga - Derbent. Batu Xon boshchiligidagi g'arbiy kampaniya 1242-yilga qadar uning nazorati ostidagi erlarni g'arbga kengaytirdi va go'zal yaylovlarga, ovchilik va baliqchilik joylariga boy Quyi Volga o'lkasi Batuni turar joy sifatida o'ziga tortdi.
Ulus Jochi poytaxti Saray-Batu (aks holda-Saray-Berke) zamonaviy Astraxandan taxminan 80 km uzoqlikda o'sgan. Batuni meros qilib olgan uning ukasi Berke, ular aytganidek, o'sha paytdagi voqeliklar imkon qadar ma'rifatli hukmdor edi. Berke, yoshligida islomni qabul qilib, uni oddiy aholi orasida o'stirmadi, lekin uning ostida bir qator sharqiy shtatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar sezilarli darajada yaxshilandi. Suv va quruqlik orqali o'tadigan savdo yo'llari faol ishlatilgan, bu iqtisodiyot, hunarmandchilik va san'atning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmagan. Bu erga ilohiyotshunoslar, shoirlar, olimlar, hunarmandlar xonning roziligi bilan kelishgan, bundan tashqari, Berke oliy davlat lavozimlariga zodagon qabilalarni emas, ziyoratchi ziyolilarni tayinlay boshlagan.Batu va Berk xonlari hukmronligi davri Oltin O'rda tarixida juda muhim tashkiliy davrga aylandi-aynan shu yillarda ko'p yillar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan davlat boshqaruv apparati faol shakllandi. Batu davrida ma'muriy-hududiy bo'linish o'rnatilishi bilan bir vaqtda yirik feodallarning mulklari shakllandi, byurokratik tizim yaratildi va juda aniq soliqqa tortish rivojlandi.
Bundan tashqari, xonning shtab-kvartirasi, ota-bobolarining odatiga ko'ra, yarim yildan ko'proq vaqt davomida xon, uning xotinlari va bolalari bilan dashtlarni kezib yurganiga qaramay, hukmdorlarning kuchi hech qachon o'zgarmas edi. oldin Ular, aytganda, siyosatning asosiy yo'nalishini belgilab, eng muhim, asosiy savollarni hal qilishdi. Muntazam va tafsilotlar amaldorlarga va byurokratik apparatga ishonib topshirilgan. Berke vorisi – Mengu – Temur – Chingizxon imperiyasining boshqa ikkita merosxo'ri bilan ittifoq tuzdi va uchalasi ham bir -birini mutlaqo mustaqil, lekin do'stona suverenlar sifatida tan oldilar. U 1282 yilda vafotidan so'ng, voris juda yosh bo'lgani uchun Ulus Jochi shahrida siyosiy inqiroz avj oldi va Mengu-Temurning asosiy maslahatchilaridan biri bo'lgan Nog'ay faol bo'lishga intildi, agar rasmiy bo'lmasa, hech bo'lmaganda haqiqiy hokimiyatni qo'lga kiritdi. Bir muncha vaqt u muvaffaqiyatga erishdi, voyaga etgan Xon To'xta o'z ta'siridan qutulmaguncha, bu harbiy kuchga murojaat qilishni talab qildi.28
Xulosa Oltin O‘rdada vujudga kelgan adabiy an’analar to XX asrning boshlariga qadar davom etgan. Taniqli rus tilshunos olimi Oleg Mudrak bu haqda shunday deb yozadi: “Volgabo‘yi hududida XX asrning 20-yillariga qadar Chig‘atoy lahjasi asosida shakllangan adabiy til – “Volgabo‘yi turkiysi” amalda edi. Chig‘atoy tili - Chig‘atoy ulusi, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyoning tilidir.
Bu turkiy xalqning, uning avlodi bo‘lgan o‘zbek xalqining tilidir”.
Chindan ham asrimiz boshlarida ijod qilgan tatar va boshqird shoirlarining she’rlarini o‘qisangiz, lug‘atsiz tushunasiz. Bir tatar do‘stimiz “Bu she’rlar tatar tilidan ko‘ra o‘zbek tiliga yaqinroq”, deydi. Bu bejiz emas. Chunki Volgabo‘yi aholisining adabiy tili ham, hozirgi o‘zbek tili ham turkiy tilning qarluq guruhiga oid Chig‘atoy lahjasi zaminida shakllangan.
Tilshunos olimlarning fikriga ko‘ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo‘lingan hamda qarluq, qipchoq, o‘g‘uz guruhlari vujudga kelgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan eski o‘zbek tilidir. Qadimdan shu tarzda shakllanib kelgan bu til Chingizxonning farzandi Chig‘atoyga ulus qilib berilgan hududda avvaldan keng muomalada bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, Chig‘atoy hukmronligi davrida Chig‘atoy tili deb nomlangan, xolos. Tarixda eng ko‘p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan.
Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur singari so‘z ustalari ijodi bilan bu til yanada sayqallangan. Taniqli turk adabiyotshunos olimi Ahmad Bijan Erjilasun turkiy tillar tarixi haqida shunday deb yozadi: “Turk tili XIII asrdan keyin ikki yozuv tili sifatida davom etdi. Biri Shimoli-sharqda, bugungi Turkiston va Edil-Ural hududida Chig‘atoy turkchasi sifatida hamda Anatoliya va Ozarbayjonda G‘arb turkchasi sifatida XIX asrgacha keldi. Ammo bizdagi turklar Navoiyni o‘qidilar va tushundilar. Navoiyni to‘laroq tushunish uchun “Abushqa” degan lug‘at tuzdilar. Hatto Navoiyga Chig‘atoy turkchasida naziralar yozdilar. Anadolu shoirlarining asarlarini esa ular o‘qidilar. Bizning katta shaharlarimizda, xususan Istanbulda Navoiyning bir olam qo‘lyozmalari bor”.
Xulosa qilib aytganda, Oltin O‘rdaning rasmiy va adabiy tili turk tilining Chig‘atoy lahjasi, ya’ni o‘zbek mumtoz adabiy tili bo‘lgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo bilan Dashti Qipchoq turkiy xalqlar yashaydigan hudud sifatida asrlar davomida uzviy aloqada bo‘lib kelgan, o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar uzluksiz davom etgan. Va bunda, so‘zsiz, mushtarak tagzaminda shakllanib borgan o‘zbek mumtoz adabiy tilimiz alohida ahamiyat kasb etgan.