2.2. Oltin O`rda xonligining madaniy hayoti......................................................26-33
Xulosa.………………………………….………………………………34-35
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.…………………….….…………36-37
Kirish Mavzuning dolzarbligi: o`quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi, fan- texnika yutuqlarini amalda qo’llashni o’rganish, o’quv dargohida “o`qish, o’rganish va amalda qo’llash, natijalarni tahlil qilib, yanada samaraliroq ishlash” muhitini yaratib, yangi zamonaviy metodlarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari oldidagi katta vazifadir. Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi doim izlanishda, yangiliklar yaratishda, o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun, eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim.
Yurtimiz bugun jadal sur’atlar bilan rivojlanib borar ekan, uni taraqqiyot bosqichiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodning qo’lida. Shunday ekan, o’z qarashlariga ega, mustaqil fikrlay oladigan,fikrlarini ijodiy, erkin bayon qila oladigan yoshlarni tarbiyalash biz o’qituvchilarning vazifasi sanaladi. Bu esa bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Hammamizga ma’lumki, bu ishni amalga oshirish uchun, avvalo, o’qituvchining o’zi ijodiy ishlaydigan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy ishlashga o’rgatishning uslub va usullarini egallagan bo’lishi zarur.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:kurs ishimning yozishimdan maqsad shundan iboratki, mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida “tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib, aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi.
Shundan kelib chiqib shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani o`qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko`ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo`llashyaxshi samara berayotganligi o`tkazilayotgan tajribalardan ham ko`rinib turibdi. Endi biz bo`lajak pedagoglar oldida ustozlarimizdan olgan saboqlarimizni kelajak ish faoliyatimizda keng qo`llashimiz va o`z o`rnida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishimiz hamda tarix darslari samaradorligini yanada oshirishga o`z hissamizni qo`shishdek vazifalar turibdi. Mazkur kurs ishimni ushbu vazifalarni ado etish uchun tashlagan birinchi qadamim deb hisoblayman.
Shunday ekan bugungi tarix darslarining samaradorligini oshirish yosh avlodda unga bo'lgan qiziqish va o'z tarixini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni shakllantirish aynan mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bugungi kunda tarix fani pedagok o'qituvchilari uchun hartomonlama foydali va samarali metod uslublari suv va havodek zarur. Shunday ekan mazkur tadqiqot o'qituvchilarimiz uchun tarix fani darslarini samarali olib borishda va yosh avlod ongini haqqoniy tariximizni o'rganishida yechim bo'lishini nazarda tutdik.