45-§. BMT VA DUNYO BOLALARI
BMT bolalar huquqi himoyachisi.
BMT doimo dunyo bolalari
haqida ham g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.
U ikkinchi jahon
urushining bolalar boshiga solgan fojiali oqibatlarini bartaraf
etish maqsadida 1946-yilda «Bolalarga yordam ko‘rsatish
xalqaro
jamg‘armasi»ni tuzdi.
YUNISEFning faoliyati.
1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam
ko‘rsatish xalqaro jam g‘armasi» qisqartirilgan
holda Y U N ISEF deb
ataladi. U dastlab urushdan eng ko‘p aziyat chekkan Yevropa bolala-
riga yordam ko‘rsatdi.
Keyinchalik Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika
qit’asi bolalariga yordam ko‘rsatishni boshladi.
Yodda tuting!
Y U N IS E F dunyo bolalariga k o ‘rsatgan yordam i u ch u n 1965-yilda
xalqaro N obel m ukofoti bilan taqdirlandi.
Chunki bu qit’alardagi bolalarning hayoti bilan
bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda.
Chunonchi, bolalar o‘rtasida o‘lim darajasi hamon
yuqori, millionlab bolalar to ‘yib
ovqat yeya
olmaydi.
130 milliondan ortiq bola esa maktabga qatna-
maydi.
Bularni hisobga olgan YUNISEF o‘z faoliyati-
ni quyidagi yo‘nalishlarga qaratdi:
—
o ‘limga sababchi bo‘ladigan kasalliklar bi
lan kasallanishning oldini
olish uchun bolalarni
emlash;
— bolalar va onalarni toza ichimlik suvi bilan ta ’minlash;
— bolalar o‘rtasida ochlikka, to‘yib ovqat yemaslikka va savodsizlik-
ka qarshi kurash;
— bolalarning ko‘r bo ‘lib qolishiga sabab bo‘luvchi «А»
vitamini
yetishmasligining oldini olish;
— «Bola huquqlari to ‘g‘risida»gi xalqaro
Konvensiyaning barcha
davlatlar tomonidan tasdiqlanishiga erishish.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: