X bob.
JAHONDA
TINCHLIK VA
НАМ КО R LI К
UCHUN
KURASH
44-§. BIRLASIIGAN MILLATLAR
TASHKILOTI (BMT)
BMTning tuzilishi sabablari.
1945-yilning avgust oyi...
Ikkinchi jah o n urushi ham on davom etm oqda edi. AQSH
dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va
9-avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga
eng dahshatli qurol — atom bombasi tashladi. 0 ‘zining bu harakatini
Yaponiyani tezroq taslim b o ‘lishga majbur etish bahonasi bilan
oqlashga urindi. Atom bombasi — eng dahshatli qirg‘in quroli. Bu
bombaning portlashi to ‘lqini imoratlarni ag‘darib tashlaydi.
U ndan
tarqaladigan nur esa havoni, suvni va yerni zaharlaydi. Ming-minglab
odamlar halok bo‘ladi. Buning ustiga, atom bombasi tarqatadigan
nur (radiatsiya) uzoq vaqtgacha o ‘zining halokatli ta ’sirini ko‘rsatib
turadi.
1945-yilda Yaponiyada aynan shunday bo‘ldi.
Yaponiyaning Xirosima shahridan uncha uzoq bo ‘lmagan joyda
Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi. Bomba portlagan paytda Sadako
bor-yo‘g‘i ikki yoshda edi. Sadakoning
yuzi yoki tanasi kuymagan
b o ‘lsa ham, 9 yil o ‘tgach, Xirosima shahri tiklanganidan so‘ng, 11
yoshida Sadako kasallanadi. Shifokorlar uning qon saratoni kasali
bilan kasallanganligini aniqlab, uning bir yillik umri qolganini aytadilar.
Bu kasallik 1945-yilda Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi
nurlarining asorati edi. Sadako o ‘zini o ‘lim kutayotganini bilar edi.
Sadakodan Tidzuko ismli do‘sti doimo xabar olib turardi. Bir kuni
Tidzuko Sadakoga Yaponiyada muqaddas
hisoblanuvchi turna qushi
tarixi haqida so‘zlab beradi. Yaponlar turna
1000 yil yashaydi, agar kasal odam qog‘ozdan
1000 dona turna yasasa u tuzalib ketadi, deb
ishonar edilar.
Sadako shu kundan boshlab 1000 dona turna
yasashga kirishadi.
Biroq, u 644 dona turna yasashga ulguradi.
Sadako vafot etadi, uning sinfdoshlari qolgan
356 ta turnani yasab, 1000 dona turnani Sadako
bilan birga dafn etadilar.
Sadako atom
bombasining yagona qurboni emas edi.
Yaponiya bolalari Sadako xotirasiga yod-
gorlik o‘matish uchun uch yil davomida zarur
pulni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar.
Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik «Bolalar tinchlik haykali» deb
ataladi. U Xirosimadagi Tinchlik xiyoboniga o‘rnatilgan.
Yodgorlik toshiga quyidagi so‘zlar o ‘yib yozilib qo‘yilgan:
Bu bizning k o ‘z yoshimiz,
Bu bizning dunyomiz,
Dunyoga — tinchlik.
Ha, shunday. Dunyoga tinchlik kerak.
Shundagina Sadakolar
taqdiri takrorlanmaydi. Shundagina odamlar boshpanasiz, farzandlar
ota-onasiz yetim b o ‘lib qolmaydi. O ta-onalar o ‘z farzandlaridan
ayrilib qolmaydi.
Yer yuzi bolalari ochlikdan, kasallikdan nobud
bo‘lmaydi.
Agar yangi urush bo ‘ladigan bo ‘lsa, avvalgisidan ham dahshatli
qirg‘in va vayronagarchilik ro‘y beradi.
Binobarin, davlatlar va davlat arboblari kelajak haqida qayg‘urishlari,
urush bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Shuning uchun ham davlat arboblari bundan keyin jahon urushi
boMishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida
mustahkam tinchlik
o ‘rnatishda xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: