Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


BMTning tuzilishi va uning maqsadlari


səhifə114/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

BMTning tuzilishi va uning maqsadlari. 
Tez orada bunday xalqaro 
tashkilot tuzildi. U Birlashgan M illatlar Tashkiloti (BM T) deb 
ataldi.


Yodda tuting!
Birlashgan M illatlar Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagi- 
lar ekanligi belgilab qo‘yildi:
— butun dunyoda tinchlikni ta ’minlash;
— dunyo xalqlari o ‘rtasida d o ‘stlik m unosabatlarini rivojlan- 
tirish;
— dunyoda ocharchilik, kasallik va savod- 
sizlikni tugatish borasida birgalikda harakat 
qilish;
— ekologiya halokatining oldini olish;
— inson huquqlari va erkinliklariga hurmat 
bilan qarashni rag‘batlantirish.
BMT shtab kvartirasi (doimiy ish o ‘rni) 
AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan. 
BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi.
Birlashgan Millatlar 
D unyoning qaysi bir burchagida b o ‘l-
Tashkiloti ramzi. 
m asin, um um iy tin c h lik n i xavf ostiga
qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni 
muhokama qiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralarni 
ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati BMT 
a ’zosidir. M ana, Ikkinchi jah o n urushidan keyin o ‘tgan yillar 
davomida BMT Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib 
kelmoqda.
0 ‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi. 
0 ‘zbekiston 1992-yilning 
2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu voqea 
0 ‘zbekistonning xalqaro miqyosda tan olinganligini to ‘la tasdiqladi. 
Shu kundan e ’tiboran 0 ‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng 
huquqli a ’zosiga aylandi. BMT binosi oldida unga a ’zo davlatlar 
bayroqlari qatorida 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ham 
hilpiray boshladi.
M ustaqillikning dastlabki yillaridayoq T oshkentda BM T 
vakolatxonasi ochildi. 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 
1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasi majlisida ilk bor


qatnashdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy voqea dunyoga mustaqil 0 ‘zbe- 
kiston davlati borligini yana bir bor namoyish qildi.
Eslang!
Birlashgan M illatlar Tashkiloti qachon va qanday maqsadlarda tuzilgan
edi?
Islom K arim ov 2010-yilda BM T Bosh Assambleyasining XXI 
asrning eng dolzarb xalqaro muammolariga bag‘ishlangan sessiya- 
sida ham qatnashdi.
Prezidentim iz o ‘z nutqida Bosh Assambleya sessiyasi ishti- 
rokchilari e ’tiborini 0 ‘zbekistonni tashvishga solayotgan m uam - 
molarga qaratdi.
0 ‘zbekiston BMTning qator xalqaro tashkilotlari faoliyatida ham 
faol qatnashib kelmoqda. Ular ichida Siz YUNESKO va YUNISEF 
haqida m a’lumotga egasiz.
0 ‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi. Avvalgi mavzu- 
larda bu tashkilotning 0 ‘zbekistonda amalga oshirgan ishlari bilan 
tanishgansiz.
YUNESKO ta ’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish sohasida xal­
qaro aloqalarni faollashtirish ishiga katta hissa qo‘shgan kishilarni 
taqdirlash uchun o‘z mukofotlarini ham ta’sis etgan. YUNESKOning 
qarorgohi Parij shahrida joylashgan.
Yodda tuting!
Y U N ESK O bir qator m ukofotlar (oltin medallar) ta ’sis etgan. U lardan 
biri Abu Ali ibn Sino nom idagi oltin medaldir.
1998-yilda Prezidentim iz Islom Karimov Y U N ESK O ning ushbu oltin 
m edali bilan m ukofotlandi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin