Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə20/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

I l l
bob.
KISHILIK
MADANIYATINING
SHAKLLANISHI
8-§. QOYATOSH SURATLARI
Ilk san’at namunasi. 
Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga 
chizib qoldirgan rasmlar ibtidoiy san’at namunalaridir. Ular tarix 
uchun ju d a qim m atli tarixiy yodgorliklar 
hisoblanadi. Qoyatosh suratlarining o‘ziga xos 
tomoni shundaki, ular insoniyat tomonidan hali 
yozuv paydo bo ‘lmasidan oldin yaratilgan. Bu 
san’at nam unalari olimlarning qadimgi davr 
tarixini yoritishlarida muhim manba hisoblanadi. 
Ularda qadimgi odamlarning kundalik hayoti
turmush tarzi, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotlari va 
odatlari ifodalangan. Ayniqsa, ajdodlarimizning 
eng qadimgi mashg‘uloti — hayvonlarni ovlash 
manzarasi ko‘p uchraydi. Bu suratlar tarix uchun 
o‘sha davrda odamlar ko‘proq qanday hayvon- 
Rassom ish ustida. 
larni ovlaganligi va ular buni qay tarzda ba-
jarganligi haqida qiziqarli m a’lumotlar 
beradi.
Altamira, Kapovaya va Lasko g‘orlari.
Mil.aw. 15—8-ming yilliklarda qoyatosh 
suratlarini dastlab kromanyon odamlari 
yaratganlar.1
Bu davrda qadimgi rassomlar surat - 
larni, asosan, qoyalarga o‘yib ishlaganlar. 
Altamira g oridagi suratlar. 
Ularning bir qismi Ispaniyadagi dunyoga
1 0 ‘zME. - Т.: «УзМЭ». 2003. 5-jild. 376-bet.
28


Lasko g ‘oridagi suratlar.
m ashhur Altam ira va Fransiyadagi Lasko g‘orlaridan ham da 
Boshqirdistondagi Kapovaya g‘oridan topilgan. 0 ‘sha zamon tasviriy 
san’at ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan 
tayyorlangan rangli bo‘yoqlardan, tosh devorlardagi rasmlami bo‘yashda 
esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan m o‘yqalamdan 
foydalanishgan.
Bu esa suratlarning hozirgi davrgacha deyarli hech bir o‘zgarishsiz 
saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Ularni o ‘rganish qadimiy hayvonot 
dunyosini yanada yaxshiroq tasavvur qilishga imkon beradi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin