ular har jihatdan mukammal xaritalardir. Tarix darslarida, asosan,
«Dunyo siyosiy xaritasi»dan, mavzuli (u yo ki bu tarixiy hodisani aks
ettiruvchi xaritalar; u yoki bu davlatning turli asrlarga oid joylashishi,
dunyoning m a’lum bir tarixiy davrdagi siyosiy holatini aks ettiruvchi)
xaritalardan, shuningdek, « 0 ‘zbekiston Respublikasining siyosiy-
m a’muriy xaritasi»dan foydalaniladi. Siyosiy xarita jahondagi
davlatlarning qit’alar bo‘yicha bugungi joylashuvi holatini aks ettiruv
chi xaritadir. Siyosiy xaritada davlatlarning nom i, chegaralari va
davlat poytaxtlari aks ettiriladi.
«Siyosiy-ma’muriy xarita» deyilganda esa davlatning qanday tarki-
biy qismlar (viloyatlar, tumanlar va ularning markazlari)ga bo‘lingan-
ligi aks ettirilgan xaritalar tushuniladi. Masalan, 0 ‘zbekiston
Respublikasining siyosiy-ma’muriy xaritasida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va 12 viloyat, ularning markazlari, shuningdek,
tumanlarning markazlari aks etgan. Ayni paytda davlatimiz chegarasi
belgilab qo‘yilgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: