Dunyoda birinchi alifboni, ya’ni harfli yozuvni
m iloddan avvalgi 2-m ing yillik o ‘rtalarida q a
dimgi finikiyaliklar yaratishdi va u finikiy yozuvi
deb ataldi.1 Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat
bo‘lib, u o ‘ngdan chapga qarab yozilgan. Finikiy
tilidagi so‘zlarni shu 22 ta harf bilan yoza olish
ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa m am -
lakatlarda ham tez tarqala boshladi. Ular finikiy
alifbosini o‘z tillariga moslashtirib oldilar. Dunyoda-
gi hozirgi yozuvlaming beshdan to‘rt qismidan ko‘p-
rog‘ining asosida finikiy yozuvi yotadi.
Hatto hozirgi kundagi lotin va kirill yozuvlari
ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
«
0 ‘zingizni sinang
■У.
♦ D unyoda birinchi alifboni ... yaratgan.
Miloddan avvalgi IV—III asrlarda lotin alifbosi
yaratildi.2 U bir necha asrlardan so‘ng G ‘arbiy
Yevropaning ko‘plab xalqlari yozuviga asos bo‘lib
xizmat qildi. Keyinchalik esa arab alifbosi yaratildi. Rus alifbosi
kirillitsa deb atalgan eski slavyan alifbosi asosida vujudga keldi. Eski
slavyan alifbosini qadimgi Vizantiyalik aka-uka Kirill va Mefodiylar
IX asrda qadimgi yunon alifbosi asosida yaratdilar. Yaratilgan yangi
alifbo Kirillning sharafiga
kirillitsa
deb ataldi. X asr oxirlarida qadim
gi Kiyev Rusi davlati ham bu yangi alifboni qabul qildi va u rus tiliga
moslashtirildi. Hozirgi zamon kirill-rus alifbosida 33 ta harf va 2 ta
belgi mavjud.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: