yoki chig‘anoqlardan foydalanilgan. Ajdodla-
rimiz yozuvning «buyumli yozuv» deb ata-
luvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan,
qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, non-
tuz esa do‘stlikni anglatgan. Qadimgi yozuv
ning yana bir turi «rasmli yozuv» edi. Qadimgi
ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini
toshlarga, suyaklarga va g‘orlarning devor-
lariga o ‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina
bo‘lib qolmay, biror holatni anglatuvchi o‘ziga
xos axborot ham edi.
Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar
kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. U lar
ancha m ukam m alroq yozuvga ehtiyoj seza
boshladilar. Natijada yozuvning yangi turi —
«So‘z yozuvi» shakllandi. Qadimgi Misr ham
da Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va
boshqalar buning dastlabki namunalari bo‘ldi.
Biroq, iyerogliflar bilan yozish oson ish
emas, chunki ko‘p miqdordagi iyerogliflarni
yodda saqlab qolish og‘ir edi. Hayot endi «alifboli yozuv» kashf etilishini
talab qila boshladi.
0 ‘zingizni sinang
♦ Yozuv — bu ... .
♦ Quyidagilar yozuvning to ‘rt tu rin i tashkil etadi ... .
Yüklə
Dostları ilə paylaş: