Mayya piramidasi. To‘rt tarafdagi zinalar soni yil kunlari
sonlari — 365 ga teng bo‘lgan.
Mayya madaniyati.
Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida,
qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi.
Bu xalq yashagan hudud tabiatan yashash u ch u n ju d a noqulay
b o ‘lgan. Biroq ular m atonatli m ehnatlari bilan bu hududni obod
o‘lkaga aylantira oldilar. Mayya xalqi Amerika qit’asida
eng rivojlan-
gan madaniyat namunalaridan birini yaratdi. Bu ular bunyod etgan
Tikal shahri timsolida o‘z ifodasini topdi. Shaharda uch mingga yaqin
turli imorat (ibodatxona, rasadxona, marosimlar saroyi va uy-joy)lar
qurilgan. Shahar markazida qurilgan piramida
va saroylar esa uning
ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan.
Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar
vujudga keldi. Ularning hukmdorlari «Buyuk inson» deb atalgan.
Hukmdorlik nasldan naslga meros bo‘lib o‘tgan. Mayyalar 300 belgi-
dan iborat iyeroglifli yozuvni yaratganlar. Shuningdek, o‘z davri uchun
eng aniq bo‘lgan kalendar tuzishga ham muvaffaq bo‘lganlar.
Ibodatxonalarda «xudolarga xizmat qiluvchilar» — kohinlar o ‘z
davrining eng o ‘qimishli kishilari edi.
Ular sayyoralarning Quyosh
atrofida aylanishi, Quyosh va Oy tutilishi vaqtini oldindan hisoblab
43
chiqa olganlar. Ming yildan ortiq yashagan bu madaniyat keyinchalik
yevropaliklar bosqini oqibatida barham topdi.
Inklar madaniyati.
Amerikaning inklar deb atalgan xalqi (dastlab
hozirgi Peru davlati hududida yashagan) ham o‘z
davlatlarini tashkil
etganlar. Davlatni oliy hukmdor — Oliy Inka boshqargan. Oliy Inka-
ning yaqin qarindoshi bo‘lgan erkaklar o‘zlarini «Quyosh o ‘g‘illari»
deb atashgan. Bunga inklarning Quyoshni «bosh xudo» deb hisoblash-
lari sabab bo‘lgan. «Quyosh o ‘g‘illari» davlatda
yuqori lavozimlarni
egallaganlar. Inklar qudratli sug‘orish tizimi bunyod etganlar. Xar-
sangtoshlardan mudofaa inshootlari qurganlar. Ayniqsa, ular yaratgan
uch qavatli tosh devorli Quyosh ibodatxonasi mashhur bo ‘lgan.
Ibodatxona devorlari yarmigacha oltin bilan qoplangan.
Inklar Korikancha ibodatxonasida «Oltin
bog‘» barpo etganlar. Bu bog‘ oltin va kumush-
dan yasalgan qush,
turli hayvon va odamlaming
rasmlari bilan bezatilgan. Inklar iplarni turli
ko‘rinishda tugish yo‘li bilan o ‘ziga xos yozuv
Yüklə
Dostları ilə paylaş: