Sfmks odamlarda qattiq qo‘rquv uyg‘otgan. Shuning uchun u «dah-
shat otasi» deb atalgan. Piramida va sfinks misrliklarga «fir’avnlar
qudratli xudolardir», degan fikrni singdirishi lozim edi.
Shaharda
mahobatli ibodatxonalar ham qurilgan. Odamlarni xudo va fir’avnlar
qudratiga ishontirish maqsadida ibodatxona oldida yoki ichkarisida
fir’avnlarning odam bo ‘yidan 5—6 marta
katta keladigan haykallari
qurilgan. Devor va ustunlarga esa ularning ulkan tasvirlari oy‘ib
ishlangan.
Bobil shahri.
Bobil ham qadimgi shaharlardan biri. U bunyod
etilgan hudud hozirgi Iroq davlati tarkibiga kiradi.
Yodda tuting!
«Bobil» so‘zi «Xudoning darvozasi» degan m a ’noni anglatadi.
Shahar qadimgi Bobil davlatining poytaxti bo‘lgan. Davlat ham o‘z
nom ini shu shahar nom idan olgan. Shahar, ayniqsa,
podsho
Xammurapi davrida Osiyoning eng mashhur shahriga aylandi. Biroq,
keyinchalik shahar tashqi hujumlar natijasida bir necha marta vay-
ron etildi.
Navuxodonosor II hukmronligi
davrida Bobil Osiyoning eng
qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shahar markazida 7 qavatli,
balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi quril-
di. Bobilliklar tasawuricha,
bu minora yerni
osmon bilan tutashtirib turardi. Shaharning
keyingi asrlardagi taqdiri fojiali kechdi. U
dastlab Eron, keyinchalik
esa makedoniyalik
Aleksandr tomonidan bosib olingan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: