Davlatning ichki hayoti o ‘zaro
urushlarsiz kechmagan. U zoq da-
vom etgan bu urushlar Misrni zaif-
lashtirdi. Oqibatda, Misrni dastlab
Eron davlati, keyinchalik make-
doniyalik Aleksandr, undan keyin
esa Rim davlati bosib oldi.
Osiyo qit’asining Misrdan uncha
uzoq bo ‘lmagan qismida Frot va
Dajla daryolari mavjud. Shu ikki
daryo oralig‘i Mesopotamiya deb
atalgan. Mesopotamiya yerlari nihoyatda unumdor bo‘lganligi uchun
odamlar bu joylarni o‘z manzilgohlariga aylantirdilar.
Mesopotamiyada miloddan avvalgi 2-ming yillikda Bobil davlati
tashkil topdi. Podsho Xam m urapi hukm ronligi davrida Bobil eng
qudratli davlatga aylandi. U M esopotam iyaning barcha qismini
Bobilga bo‘ysundirdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: