Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə35/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Nineviya shahri. 
Nineviya shahri ham 
dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. 
Unga Dajla daryosi bo ‘yida asos solindi. Bu 
shaharning ham o ‘rni hozirgi Iroq davlati tar- 
kibidadir. Shaharning savdo yoMlari kesishgan 
joyda o‘rnashganligi uning gullab-yashnashiga 
sharoit yaratdi. Keyinchalik shahar qadimgi 
Ossuriya davlatining poytaxtiga aylantirildi. 
Navuxodonosor II. 
Ossuriya kuch-qudratga to ‘lgan davrlarda
46


«Jahonning poytaxti» deb ulug‘landi. Biroq, 
podsholarning tinimsiz olib borgan urushlari 
Ossuriyani holdan toydirdi. Nihoyat, miloddan 
avvalgi 612-yilda Bobil davlati uni tor-mor etdi.
Nineviya esa yakson etildi.
Afina shahri. 
Yunonistonda bunyod etilgan 
Afina shahri bilim va donolik m a’budasi Afina 
nomiga qo‘yilgan. Shahar aholisi Afinani 
o ‘zlarining homiysi deb hisoblaganlar. Vaqtlar 
o‘tishi bilan Afina Yevropaning eng rivojlangan 
shahriga aylandi. Shaharda ilm -fan yuksak 
qadrlandi.
Afinalildar dunyo xalqlari havas qilsa arzigulik 
madaniyat yaratdilar.
Yodda tuting!
Afina shahri hozirgi G retsiya (Y unoniston) davlatining poytaxtidir.
Sparta shahri. 
Qadimgi Yunonistonning hududida qurilgan Sparta 
shahri ham o‘z davrining yirik shaharlaridan biri edi. Spartani oqso- 
qollar kengashi boshqargan. Bu kengash a ’zolari spartaliklarning 
yig‘ilishida saylangan. Sparta lashkari qo‘mondonlari ham kengash 
a ’zoligiga kiritilgan. Kengash eng muhim ishlarni hal etgan. Aybdor 
kishilarni ham kengash sud qilgan.
Rim shahri. 
M anbalarda qayd etilishicha, 
hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahriga 
m iloddan avvalgi 753-yilda asos solindi.
Keyinchalik shahar Rim davlatining poytaxtiga 
aylandi.
Davlat ham shaharning nom i bilan ataldi.
Vaqtlar o ‘tishi bilan qadimgi Rim shahri dun- 
yoning eng taraqqiy etgan shaharlaridan biriga 
aylandi.
Hatto shaharga quvurlar orqali tog‘lardan buloq suvlari olib ke- 
lindi. Ibodatxonalar, saroylar va haykallar bunyod etildi. Rim shahri 
hozirgi kunda Italiya Respublikasining poytaxtidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin