15-§. QADIMGI DUNYONING YETTI MO‘JIZASI
Yetti mo‘jiza haqida.
Qadimgi manbalarda 0 ‘rtayer dengizi
atrofidagi mamlakatlarda bunyod etilgan va o‘z salobati, go‘zalli-
gi bilan o ‘sha zamon odamlarini hayratga
solgan inshootlardan
yettitasi «Qadimgi dunyoning yetti m o‘jizasi» deb yozib qoldirilgan.
Misr ehromlari.
Qadimgi Misrda vafot etgan
fir’avnlar uchun avval maxsus «uy» —
tobut
yasalgan. Bunday «uy» (tobut) sarkofag deb
atalgan. Fir’avnning mumiyolangan jasadi unga
solingan. Keyin bu
sarkofag doimiy turarjoy-
ga — toshdan qurilgan maqbaraga qo‘yilgan.
Bu maqbaralar ehrom lar deb atalgan. Misr
fir’avnlari hayotligi paytidayoq o ‘zlariga katta toshlardan piramida
shaklida ehromlar qurdirib qo‘yganlar.
Kitoblarda yozilishicha, ehrom-
larning eng ulkanini fir’avn Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan)
qurdirgan. Xufu ehromini qurish uchun 2 million 500
mingta tosh
sarflangan. Eng kichik toshning og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan.
Ehrom toshlariga shunday ishlov berilganki,
birining ustiga
ikkinchisi qo‘yilganda ular judayam zich yopishib turgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: