I
bob.
TARIX FAN I
NIM ANI
0 ‘RGANADI?
l-§ . TARIXIY MAN В ALAR
Tarix fani haqida.
Tarix o‘tmish haqidagi fandir.
Yodda tuting!
«Tarix» arabcha so‘z b o ‘lib, «o‘tmish», «o‘tgan voqealar haqida hikoya»
degan m a ’nolarni anglatadi.
Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to
hozirgacha bosib
o‘tgan hayot yo‘li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida m a’lu-
m ot beradi. Tarixni o ‘rganish orqali odamlarning uzoq va yaqin
o‘tmishda nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini,
qanday yashaganlik-
lari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olasiz.
Tarixiy manba.
Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi.
Xo‘sh, tarixiy manba nima o ‘zi?
Diqqat bilan o ‘qing!
Tarixiy m anba tarixdan m a ’lum ot beruvchi barcha tarixiy narsalar va
yozib qoldirilgan turli xil hujjatlar ham da kitoblardir.
Manbashunos olimlar ularni sinchiklab o‘rganadilar va
tarix fani
uchun zarur m a’lumotlar to ‘playdilar.
Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma man-
balarga bo‘linadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: