Tarixiy aziziy


“Tarixiy Aziziy” asarining tuzulishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə4/7
tarix12.01.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#79047
1   2   3   4   5   6   7
3. “Tarixiy Aziziy” asarining tuzulishi va uning tarixiy ahamiyati.
Qo‘limizdagi faktlar, harholda, shu xulosani asoslaydi. Asar tuzilishi Asarning debochasida musannif o‘zi belgilaganiga ko‘ra kitob “5 bob, 166 fasl, 436 sahifa”dan iborat bo‘lishi mo‘ljallangan. Ammo asarni o‘rganganimizda muallifning boblar va fasllarga tartib berishda va sahifalar sanog‘ida yanglishganini ko‘ramiz:
a) Asar aslida mundarija uchun ajratilgan 12 varaq hamda kitob uchun ajratilgan 219 varaq yoki 438 sahifadan iborat. Keyin qo‘shilgan uch varaq muallif sanog‘idan tashqarida bo‘lishi tabiiy.
b) Fasllar sanog‘ida ham xato bor. Qo‘lyozmada 89-fasldan keyin 100-fasl boshlangan. Biz oradagi fasllar yo‘qolgan yoxud muallif keyin qo‘shmoqchi bo‘lgan, degan fikrdan yiroqmiz. Chunki bu ikkala fasl mavzusida ham, matn orasida ham uzilish yo‘q. Musannifning o‘zi sanoqda chalg‘igan. Shuningdek, 136b, 171b, 183a varaqlardagi fasllarga raqam qo‘yilmagan. Debocha qismidagi ikki faslni qo‘shib hisoblanganda, asar aslida 163 fasldan iborat.
v) Qo‘lyozmaning 99a-sahifasida alohida bob ajratilgan, ammo raqamlanmagan. Shunga ko‘ra kitob aslida olti bobda tasnif qilingan, deb bilish to‘g‘riroq. O‘ylashimizcha, dastlabki uch bobni yozishda muallif fasllar uchun avvaldan sahifa ajratgan, lekin bu fasllardan ayrimlari yozilmasdan qolib ketgan (68, 75-78 fasllar), ba’zilari tugallanmagan Bo‘sh qolgan sahifalarga keyinchalik muallif o‘zini ta’sirlantirgan xotiralarni bitib qo‘ygan. Shu tariqa 77ab, 86a-varaqlarda 1910-yil voqealari paydo bo‘lgan. 4-5 boblar esa yozib tugatilgach, kontekstga qarab fasllarga bo‘lingan.
Yuqorida bayon etilganlar hamda quyida keltiriladigan mulohazalar mazkur qo‘lyozma muallifning qoralamasi ekanini asoslaydi: Kitobning 02b-1a forzas varaqlari mundarija chiqarish uchun mistar tortib tayyorlangan. Biroq ish oxiriga yetkazilmagan. Mundarija 47-faslda to‘xtagan. Matnda tarixiy sanalar uchun joy tashlab o‘tilgan. Keyinchalik ularning ba’zilari to‘ldirilgan. Matnda shaxs ismlariga oydinlik kiritib, ustidan o‘chirib to‘g‘rilangan yoki ismlar qo‘shib matn to‘g‘rilangan holatlar mavjud. Kitob so‘ngida Farg‘ona viloyatiga qarashli shaharlardagi mashhur kishilar haqidagi faslda muallif aksar shaxs ismlarini yozish uchun ochiq joy qoldirgan. Shunga o‘xshash kamchiliklar kitobni qayta ishlash va ma’lumotlarni to‘ldirishga ehtiyoj bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq muallif sog‘lig‘i pand bergani tufayli bu ishga yo hafsala qilmagan yoki umri yetmagan.
Kitobning 157-faslida Marg‘ilondagi Sayid Ahmadxonxo‘ja madrasasining qurilishi haqida: “Ong‘a qiyos qilib aytadurlar, yana ikki yil, ya’ni 1909-yilida shul madrasai Jome tamoman bitub tayyor bo‘lunur ekan”5, – deyilgan. Madrasa qurilishi 1907-yilda boshlangan. Ayni paytda kitobda birmuncha keyin sodir bo‘lgan voqealar xususida ham qaydlar mavjud. Masalan, so‘nggi sahifada eski marg‘ilonlik Mulla Umrzoq qori ismli saxovatli kishining hijriy 1330-1335-yy, ya’ni 1912-yilda yurtga katta to‘y qilib bergani xabari bor. Bu kitobda uchragan so‘nggi sanadir. Demak, muallif asarning asosiy qismini hijriy 1325-yil, milodiy 1907-1908-yilda tugallagan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra asar muqovalanmagan. Biroz vaqt (taxminan besh yilcha) o‘tib, muallif keyin sodir bo‘lgan bir-ikki hodisa bayonini qo‘shib jamlagach, kitob muqovalangan.


Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin