Tarixiy aziziy


“Tarixi Aziziy” asariga XXI asr tarixshunos olimlarining qarashlari



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə5/7
tarix12.01.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#79047
1   2   3   4   5   6   7
4. “Tarixi Aziziy” asariga XXI asr tarixshunos olimlarining qarashlari.
Professor Sh. Vohidov “Tarixi Aziziy”ni doimiy (dinamik) va muttasil mavzuga bag‘ishlangan tarixiy asarlar sirasiga qo‘shgan. Bunday asarlarda, odatda, olam yaralishidan muallif zamonasigacha bo‘lgan tarix mufassal bayon qilingan.
B. Bobojonov Mulla Aziz mohir tarixnavis bo‘lmasa-da, “mumtoz janrlar”da bitilgan asarlarga taqlidan ish tutganini qayd etadi. Shuningdek, u muallif qoralamasini tugatib, muqovalagach, o‘ziga ma’qul ko‘ringan ma’lumotlarni qo‘shib, kitob strukturasini o‘zi buzgan, deb yozadi. Ushbu kitobda ham an’anaviy debochadan so‘ng birinchi va ikkinchi boblarda, asosan, Chingizxon (vaf.1127) va Chingiziylar tarixiga oid ma’lumotlar, Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon (1336-1405) va Temuriylar davri xususida, shuningdek, Ismoiliylar sulolasi hamda Faxriddin Roziy (vaf.1209), Ibn Sino (980-1037) kabi tarixiy shaxslarga taalluqli rivoyatlar berilgan.
Umuman olganda, fasllar tarkibida vaqt va mohiyat jihatdan umumiylik kasb etmagan mavzular joylashtirilgan. Masalan, 11-faslda 1862-yilda Samarqandda tarqalgan vabo, 35-faslda Umaviylardan Abdulmalik ibn Marvon (vaf.705), 36-faslda Abbosiylardan Vosiq ibn Mu’tasim (vaf.847) hayotidan lavhalar beriladi. Shunga ko‘ra mavzularni bu holda turkumlashimiz nisbiydir. Yuqorida izohlab o‘tganimizdek, fasllar maxsus tartibga solinmagan. Masalan, matn ichidagi sarlavhaga ko‘ra 2-bob “Amir Temur Ko‘ragonning qilgan g‘azotlarini va iqbolu saodatlarini va tariqai shukuhi saltanatlarini va xurujini va kuch-quvvati va hukumatini miqdorining va ham valiahd bo‘lgan avlodlaridan bayon” bo‘lsa-da, 25-31-42, 42-44, 49-56 fasllar yana Chingiziylarga bag‘ishlanadi. Navbatdagi ikki faslda “Tuzuki Temuriy”dan olingan parcha va “Zafarnoma”dan Amir Temurning Bag‘dod hukmdori Sulton Ahmad Jaloyir ustiga yurishi to‘g‘risidagi xabar havola etiladi. Shuning bilan Chingiziylar va Temuriylar tarixidan intixob tugaydi va Marv, Samarqand va Sayram shaharlarining tarixi, bu maskanlarda o‘tgan aziz-avliyolar va ularning turbatlari haqida tarixiy kitoblardan va risolalardan olib bayon etiladi (59-67 fasllar). Kitobning to‘rtinchi va beshinchi boblarini o‘rganish jarayonida o‘zga manzarani ko‘ramiz: endi tilga olinadigan tarixiy voqea-hodisalar yaxlit bir mavzu halqasiga qamrab olingan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda namoyon bo‘ladi. Qo‘qon hukmdorlari tarixidan boshlanib mustamlakachilarning istilosi bilan davom etadigan voqealar tafsiloti, Marg‘ilon Farg‘ona harbiy gubernatorligi tarkibida bo‘lgan davrdagi siyosiy-ijtimoiy va xo‘jalik hayotidan lavhalar bir-birini to‘ldirib, o‘quvchini tarix girdobiga tortib ketadi. Mazkur boblardagi ma’lumotlarning ko‘pi jonli guvohlar yoki muallifning shohidligi asosida bayonini topgan.
Kitobning 114-138-fasllarni o‘z ichiga olgan to‘rtinchi bobiga “Farg‘ona mamoliki, ya’ni Xo‘qand sohib taxti Hazrat xonlarini bergan yorlig‘lari” deb berilgan nom aslida shartlidir: sarlavha bobning 127-fasligacha (112a-118b) taalluqli. Bu yerda Umarxon (1810-1822), Muhammadalixon/Madalixon (1822-1842), Shohmurodxon, Xudoyorxon, Mallaxon, Xudoyqulixon, Amir al-umaro Mulla Aliquli ibn Hasanbiy Po‘latxon (1875-1876), Amir Muzaffar (1865-1885) va Skobelevning (1843-1882; 1876-1880 yy.da harbiy gubernator) yorliqlaridan namunalar berilgan. Yorliqlar haqida haqqoniy tasavvur hosil bo‘lishi uchun muallif matnning muhr bosiladigan yeriga Xudoyorxon, Amir Muzaffar, Mulla Aliquli, Shohmurodxon va Skobelev muhrlarini qo‘l bilan chizib bo‘lsa-da, ifodalashga uringan (116a, 117b-118b).
To‘rtinchi bobning 128-138 fasllari Oltin Beshik jamoasi: Chamachbiydan tortib, Xudoyorxon o‘g‘li Nasriddinxonning (tug‘.y.1850) hukmronlik davri voqealari bayonidir. Aziz Marg‘inoniy Qo‘qon xonlari tarixini “asli nasabi Bobirmirzoning avlodidan bo‘lgan” Chamachbiydan boshlaydi va undan keyingi hukmdorlar “shul urug‘dan bo‘lub o‘turub va ham bu jamoani Oltun Beshik ham deb ayturlar”, degan ikki og‘iz jumla bilan cheklanadi. Adabiyotlarga ko‘ra, Oltin Beshik – Minglar sulolasi hukmronligining legitimasiyasida muhim o‘rin tutgan afsonaviy shaxsdir. Shunga monand Xudoyorxonning to‘ng‘ich farzandi tug‘ilganda unga ramziy ma’noda oltin beshik yasatilgan.

Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin