Tarixiy aziziy


“Tarixiy Aziziy” asarida “Turkistonga Ruslarning bosqini” voqeasi



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə3/7
tarix12.01.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#79047
1   2   3   4   5   6   7
2. “Tarixiy Aziziy” asarida “Turkistonga Ruslarning bosqini” voqeasi
Shu o‘rinda qayd etamiz: muallif asarda o‘zi haqida ko‘p ma’lumot bermay, o‘zining ayni damdagi, ya’ni kitob yozilayotgandagi holati va ichki kechinmalarini ko‘proq yoritgan. U zamondosh hukmdorlar hayotidan hikoyalar hamda o‘zi shohid bo‘lgan tarixiy voqealar zamirida o‘zining hayot yo‘liga doir ba’zi ma’lumotlarni keltirgan. Biroq ko‘pincha voqealar tafsiloti to‘la bayon qilinsa-da, yillar qayd etilmagan. Qator sahifalarda sana uchun joy qoldirilgan; sanoqli holatda keyin to‘ldirilgan. Shu tufayli muallif hayotida o‘zgarishlar ro‘y bergan yillarni asardan o‘rin olgan muhim tarixiy voqealar kontekstidan kelib chiqib, taxminan belgilashga majbur bo‘lamiz. Masalan, qipchoq va qirg‘iz jamoalarining Aliquli amirlashkar (vaf.1865-y) boshchiligida Xudoyorxon (1812-1881) qo‘shini bilan Yakkatut mavzesidagi to‘qnashuvini (1862-y.) tasvirlash asnosida muallif shunday yozadi: “Darhaqiqat, bizlar yosh, maktab o‘qub turgan bolalar eduq. Ro‘zi juma kuni edi, O‘qchi degan mavzeg‘a hama maktabbachalar Otunchabibi bilan sayribog‘ qilub chiqib kelub eduq. Bu juma kuni Xo‘ja Hasan mozor mavzedagi sho‘rda urush boshlangan ekan. Otalarimiz Marg‘inonda to‘falang, hashri qiyomat bo‘lub, har qaysiyi o‘z bolalarini izlab, bizlarni topub keturga odam yuborgan ekanlar. Bu kelgan odam Yakkatut tarafidin kelgan to‘plarni ovozasining va osmon tarafig‘a chiqib turg‘an changg‘uborni va odamlarning ovoz g‘ulg‘ulasini bizlarga ko‘rsatub va so‘ngra bolalarni jamlab, shitob aylab, oldig‘a solub olub ketdi. Shuncha hashri qiyomat barpo bo‘lubdur, ammo bizlar o‘yun bilan yurub mutlaqan eshitmabdurmiz!3
Bu voqealardan so‘ng amirlashkar qo‘shini Xo‘qand o‘rdasini talab, yo‘l davomida Chimyondan o‘tganini yozadi: “O‘shal kunlarda padarim ikkalamiz va ham amakim qarindoshlarni ko‘rub – filla vaqti edi – filla olmoq uchun Chimyong‘a borg‘an eduq. Erta kuni namozi bomdodni o‘qub, choy ichub turub eduq, chimyonlig‘ni qaromollari bo‘kirub va otlari kishnab va itlari hovu-vov etub yig‘lab, g‘ingshub chaqirub; va bu qanday hodisag‘a dalolat qiladur, deb hayron bo‘lub turub eduq, bayakboragi baland qirning tefasida behisob tug‘-bayroq va alamlik lashkar ko‘runub qoldi. Fuqaro xalqi ko‘chalarg‘a chif bosib, shovqun soldi. Odamlar mollarini tog‘, bog‘-rog‘u chuqurlarg‘a yashurub ko‘mub va xotunlaru qizlar betlarig‘a qaro surtub, va aksarlari G‘ozibekning eshikini va tomig‘a chiqib yashurun berkinib turdilar4”.


Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin