Page 974
qo’llanilish darajasi ham har xil bo’ladi. Masalan: muxr ( imzo ) hamda cherik ( armiya ) so’zlarini oladigon bo’lsak, cherik so’ziga nisbatan muxr so’zi xalq
tomonidan keng qo’llaniladi hamda ko’proq tushunarli bo’ladi. Bundan tashqari,
ba’zi manbalarda keltirilishicha, ayrim so’zlar hozirgi davr kishilari uchun
mutlaqo tushunarsiz bo’lishi, iste’moldan butunlay chiqib ketishi mumkin, bunday
so’zlar ,, O’lik so’zlar’’ deb yuritiladi. Misol uchun: budun ( xalq), bitik ( kitob).
Tarixiy leksemalar hamda arxaik leksemalar haqida aytilganlardan ma’lum
bo’ladiki, bu ikki tur leksikaning bir qatlami ( eski qatlam)ga oid bo’lsa, ular
boshqa boshqa hodisalardir. Quyida ular o’rtasidagi turli tafovutlar to’laroq
ko’rsatiladi:
1. Arxaizmlar hozirda bor narsa- hodisalarning, tarixiy leksemalar esa, o’tmish
narsa- hodisalarining atamasidir.
2. Arxizmning zamonaviy qatlamga oid sinonimi bo’ladi, tarixiy
leksemalarning bunday sinonimi bo’lmaydi.
3. Arxaizm tildagi narsa- hodisani atovchi birdan ortiq so’zni bor ekanligi
sababli paydo bo’ladi. Tarixiy leksemalar esa narsa- hodisalarning hozirgi
hayotdan yo’qolishi sababli paydo bo’ladi.
4. Arxaizm o’z sinonimi bo’lgan zamonaviy so’zga nisbatan belgilanadi, tarixiy
so’zlar esa so’z ataydigon narsa - hodisaning o’tmishga oidligi bilan
belgilanadi.
5. Arxaizm nominativ va sitilistik funksiya bajaradi, tarixiy leksema esa faqat
nominativ funksiya bajaradi. Shu xususiyatlariga ko'ra, tarixiy leksemalar
o'tmishga oid narsa hodisalarni ifodalash talabi bilangina qo'llanadi,
arxaizmlar esa boshqa maqsadlarda, ya'ni asar qahramonlari tilini
individuallashtrish maqsadida qo'llanadi.
Shunday qilib, eski qatlamga oid bo’lgan so’zlarning semantik tasniflanishi,
hozirgi davr kishisi uchun yot, tushunarsiz bo’lgan so’zlarga yanada oydinlik
kiritishga asos boladi.
Yangi leksika. Yangi qatlamga oid bo’lgan so’zlar, tilda yangi paydo bo’lgan va
yangilik bo’yog’i sezilib turgan leksemalardir. Bunday so’zlar ilmiy termin bilan ,
ya’ni neologizm deb yuritiladi. Neologizmlar umuman yangi davrda paydo
bo’lgan so’zlar sifatida tushunilmasligi kerak. Biror so’zni neologizm deb
hisoblashda uning yangilik bo’yog’iga egaligi asosga olinadi. Misol uchun: Fazogir, kitobsevarlar, oltintoparlar va sh.k.
Yangi leksika semalarning tasnifiga ikkiga bo’linadi:
a)Sof yangi leksemalar tilimiz uchun, aslida, mutlaqo begona, lekin unga
endigina kirib kelib, iste’molga joylashgan boshqa tilga xos leksik birliklar ( lizing,
test, internet va b.). Bu qatlamga oid so’zlarni, asosan, turli sohalarga tegishli
bo’lgan terminlarda ko’p uchratamiz. Yangi leksemalar davrlar o’tib neytral(