Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

Qadrli Aziz (agar Sizni shunday atashim 
mumkin bo'lsa)! 
Sizning oilamdagi ro'y bergan krizisni yengib 
o'tishimga yordam bergan iliq, chin yurakdan 
yo'llagan nomangiz uchun rahmat. Siz 
aytganingizday, biz qizim bilan oramizdagi 
tushunmovchilikni yengib o'tdik. 
Siz men haqimda to'g'ri aytgansiz. Men 
chindan ham hamisha ikki qarama-qarshi 
holat: agressivlik va nofaollik orasida azob 
chekaman. Goho uzim yaxshi qo'rgan 
odamlarim hayotiga haddan ziyod aralashib 
ketaman, goho ular oldida o'zimni juda ojiz his 
etaman. 
Taqdirga tan berishga kelganida, men o'zimni 


bunga qobilligimni hech qachon his 
etmaganman. To'grisini aytsam, menda insonni 
so'fiy qiladigan hech nima yo'q. Shunga 
qaramay, men aynan qizimning ishlariga 
(taqdiriga) aralashmay qo’yganimdan 
keyingina u bilan yarashganim nihoyat 
hayratlanarli hol. Sizga katta rahmat. Men 
ham Siz uchun duo qilishni istayman, lekin men 
oxirgi marta Xudoning eshigini qachon 
qoqqanimni ham eslay olmayman, shundan 
buyon Uning qayerga ko'chgan bo'lishi 
mumkinligini ham tasavvur eta olmayman. 
Men sizning romaningizdagi karvonsaroy 
ho'jayiniga o'xsharmikanman? Ammo xavotir 
olmang, men unchalik qahrli emasman. 
Hozircha unday emasdirman. 
Sizga do'stona tuygular ila Nortgemptondan 
Ella.
Maktub 
1243 yil, 19 sentyabrь, Bag'doddan Qaysariga


Bismillohir rohmanir rahim! 
Birodarim Said Burxoniddin! Sizga tinch-
omonlik va Xudoning marhamati va barakotlari 
bo'lsin! 
Xatingizni olib va Ishq yo'lida avvalgiday 
sobitligingizni bilib juda hursand bo'ldim. Ayni 
paytda maktubingiz meni qiyin vaziyatga ham 
qo'ydi. Rumiyga hamsuhbat izlayotganingiz 
ma'lum bo'lishi bilanoq, men qanday odamni 
nazarda tutayotganingizni tushun- gan edim. 
Lekin nima qilarni bila olmay qoldim. 
Biz bilan bir maskanda Sizning ta'rifingizga 
juda muvofiq keladigan Shams Tabriziy nomli 
darbadar darvish istiqomat qilmoqda. Shams 
bu dunyoda o'ziga yuklatilgan maxsus vazifasi 
borligiga ishonadi, shu tufayli nurlangan 
insonga ziyo baxsh etmoqni istaydi. 
U Xudodan o'ziga shogird emas, hamsuhbat 
tilab kelgan. Bir kuni menga uni oddiy odamlar 
qiziqtirmasligi haqida gapirgan edi. U 
insoniyatni Haqqa boshlab boradiganlar bilan 
yaqinlashmoq uchun kelganini aytgan edi. 


Sizning xatingizni o'qib, Shamsga Rumiy bilan 
uchrashish taqdir qilinganini angladim. Shunga 
qaramay, adolat barqaror bo'lmog'i uchun men 
barcha darvishlarga bir xil imkon bermog'im 
kerak edi. Da'vogarlar bir nechto edi, lekin yo'l 
naqadar xatarli ekani ma'lum bo'lgach, ulardan 
faqat Shamsning o'zi qoldi. Bu qishda bo'lgan 
edi. Bahor va kuzda ham bu holat avvalgicha 
qoldi. 
Siz nega bunchauzoq kutganimdan hayron 
bo'layotgandirsiz. Men bu borada ko'p o'yladim 
va to'g'risini aytsam, bunga faqat bir 
tushuntirish bor. Shams mening qalbimga juda 
yaqin bo'lib qolgan edi. Uni bunday xatarli 
safarga jo'natishdan jonim ogridi. 
Shams oddiy inson emas, buni e'tiborga oling. 
Darbadar kezish uning uchun uncha qiyin 
bo'lmagan, lekin shaharda qo'nim topib, 
shaharliklar bilan birga yashaydigan bo'lsa, u, 
albatta, kimningdir qitiq patiga tegishi tayin. 
Ayni shuning uchun men uning bizdan ketar 
vaqtini ortga surib keldim. 


Xayrlashuvdan oldin oqshomda biz Shams 
bilan, barglari ipak qurtlariga ozuqa sifatida 
beriladigan tut daraxtlari ostida uzoq kezdik. 
Ulardan to'qilgan juda nafis yengil ipakmato 
menga Ishq tuygusini eslatadi. Men pillakorlar 
ipak yirtilmasligi uchun ipak qurtlarini pilla 
ichidan teshib chiqishlariga yo'l 
qo'ymasliklarini, natijada ular ichkarida qolib 
halok bo'lishlarini Shamsga hikoya qildim. Bir 
gaz shunday mato uchun ko'plab qurtlar halok 
bo'lishlarini gapirdim. 
Kech kira boshlagan edi. Sovuq shamol esa 
boshladi va meni titroq bosa boshladi. 
Qarilik yaqinlashgan sari men tez sovuq 
yeydigan bo'lib qolganman, lekin bu safar 
boshqacha holat edi. Bunda gap bizning Shams 
bilan so'nggi bor bog’da birga sayr 
qilayotganimizda edi. Biz bir-birimizni boshqa 
ko’ra olmas edik. Har holda bu dunyoda 
ko'risha olmaymiz. Nazarimda, u ham buni his 
etardi, buni men uning nigohidagi anduhdan 
payqadim. 


Bugun tong otar-otmas Shams mening qo’limni 
o'pgani va ketmoq uchun oq fotiha so'ragani 
qoshimga keldi. Men uning qora sochlarini 
kesgani va soqolini qirganini ko'rib hayron 
bo'ldim, lekin u hech nima tushuntirmadi, men 
ham so'ramadim. Ketishidan oldin ipak 
qurtlariga oid o'z tarixidan gapirdi. U Rumiy 
bilan ikkisi Muqaddas Ishq pillasi ichiga 
yashirishar va faqat pishib yetilganlaridan va 
ajoyib ipak to'qiydigan bo'lganlaridan 
keyingina u yerdan chiqishar ekan. Unga qadar 
esa, ipak hosil bo'lishiuchun qurtlar o'lmog'i 
kerak ekan. 
Shundan keyinu Konyaga jo'nab ketdi. Ilohim, 
Tangri taolo uni o'z panohida asrasin. Men 
to'g'ri ish qilganimni bilaman va Siz ham to'g'ri 
qildingiz. Lekin yuragim zilday og'ir va 
bizning maskanda hech qachon uchramagan bu 
eng g'ayrioddiy va mard darvishni allaqachon 
sog'ina boshladim. 
Oxir-oqibat, hammamiz ham Xudoning 
bandalarimiz va hammamiz ham Unga 


qayturmiz. 
Sizga hamisha Xudo yor bo'lsin! 
Bobo Zamon.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin